Bog'liq Mavzu Raqamli va axborot-raqamli datchiklar. Reja Raqam-analog
2.Analog-raqam o’zgartkichlari (ARO’) Аnаlоg-rаqаmli o’zgаrtirgichlаr – bulаr kоdlоvchi o’zgаrtgichlаr bo’lib, ulаrdа signаlni dаrаjа vа vаqt bo’yichа kvаntlаsh аmаli bаjаrilаdi. 14.1а-rаsmdа tеxnоlоgik pаrаmеtrlаr (hаrоrаt, bоsim vа bоshqаlаr) ning vаqt bo’yichа uzluksiz o’zgаrishi ko’rsаtilgаn. 14.1b -rаsmdа аnа shu pаrаmеtrning dаrаjа-sаthi bo’yichа diskrеt o’zgаrishi vа 14.1c -rаsmdа esа, vаqt bo’yichа o’zgаrishi ko’rsаtilgаn.
Avtomatik boshqarish, rostlash va boshqa tizimlarida datchiklarning axbaroti analog ko‘rinishida olinadi. Ushbu axbarotni raqamli boshqarish qurilmalarga yoki EХM larga kiritish uchun ARO’ lar hizmat qiladi.. Ko‘pincha ARO’ lar kuch-lanish yoki tok ko‘rinishidagi kirish signalini parallel yoki ketma-ket ko‘rinishdagi ikkala yoki ikki-o‘nli raqamli kodga o‘zgartiradi.
Uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikni uning ma‘lum vaqt t ichida oniy qiymati bilan almashtirish vaqt bo‘yicha kvat-lash deb ataladi. t vaqt intervali kvantlash qadami deb ataladi, o‘zgartirish chastotasi esa f=1/ t kvatlash chastotasi. Kvantlash qadami ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism davrida analog signali raqam ko‘rinishiga o‘zgartiriladi, ikkinchi davrida esa rezistrga yozilib undan moslamani boshqa qismlariga uzatiladi. Bu yerda bu kirish signali haqidagi qiymat axbarotga aylantiriladi.
Analog signalini raqam signaliga o‘zgartirishi o‘zgartgichining razryadlar maksimal soni bilan aniqlanuvchi darajada erishish mumkin. Bu tamoyil satx bo‘yicha kvantlash ataladi. Ko‘p tarqalgan ARO’ lardan biri integrallash usulida ishlaydigan o‘zgartkich. O‘z navbatda bu usul yana bir necha guruxga ajratsa bo‘ladi: bir qiyalik, ikki qiyalik ARO’ lar (2-rasm). Bu ARO’ chiziqli tavsifnoma va kichik narxga ega. Uning ish sikli 3 davrga ega; birinchi — nolning korreksiyasi ikkinchi — kirish signalning integrallash va uchinchi — tayanch kuchlanishini integrallash.
Birinchi davrda siljish kuchlanishini rostlash yo‘li bilan signalning avtomatik korreksiyasi amalga oshiriladi. Shu davrning o‘zida SA2 kalit yorda-mida o‘zgartgichning kirishi massa bilan tutashadi va hato haqidagi axborot S2 kondensator yordamida xotiraga kiritiladi. Ikkinchi davr mobaynida kirish signali integrallanadi va takt impulslarni bir nechasi hisoblanadi. Bu davrning ohirida DA1 integratorning chiqishida kirish signalning qiymatiga proporsional signal hosil bo‘ladi. Uchinchi davrda DA1 integratorning kirishiga kirish signalning o‘rniga teskari qutbli tayanch kuchlanishi uzatiladi. Buning natijasida integrator-ning chiqish kuchlanishi kamayadi. Shu vaqtning o‘zida takt impulslarining soni hisoblanadi. Kuchlanishning kamayishi DA2 komparator belgilagan kuchlanishi-gacha davom etadi.