6.Belgilangan daromadli QQ – veksel, depozit va omonat sertifikatlarini
baholash
6.1. Veksellarni baholash
Moliya sohasida faoliyat yurituvchi ixtiyoriy mutaxassis moliya
matematikasi asoslariga ega bo‘ladi va muayyan foiz stavkasi yoki talab qilingan
daromadlilikdan kelib chiqib, veksellar qiymatini hisoblash uning uchun katta
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin shu tariqa olingan qandaydir qiymat baholash
faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan ham, veksel bozori
voqeliklaridan kelib chiqib ham bozor qiymati tushunchasi bilan hech qanday
umumiy jihatga ega bo‘lmaydi. Veksellar qiymatini aniqlashning bunday uslubi
hattoki veksellar bozorida talab va taklif narxining yuzaki tahlilida yuzaga kelgan
savollarga ham javob bera olmaydi: “ko‘rsatish bo‘yicha” to‘lash muddatiga ega
yoki to‘lov muddati allaqachon kelgan "X" veksel egasining vekselini nima uchun
veksel summasining 99,5% iga teng narxda sotib olishga tayyor-u, xuddi shunday
to‘lov muddatiga ega "Y" veksel egasining veksellarini – 8,0% narx bo‘yicha sotib
olish taklif qilinadi?
Yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun oddiy veksel yozma shaklda tuzilgan
bo‘lishi va quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim: aynan hujjat
matniga kiritilgan va hujjat tuzilgan tilda ifodalangan "veksel" nomi ("veksel
belgisi"); muayyan pul miqdorini to‘lashning oddiy va hech narsa bilan
shartlanmagan majburiyati; to‘lov muddati ko‘rsatilishi; to‘lov amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan joy ko‘rsatilishi; kimning foydasiga yoki kimning buyrug‘i bo‘yicha
to‘lov amalga oshirilishi ko‘rsatilishi; vekselni tuzish sanasi va joyi ko‘rsatilishi;
hujjatni beruvchi shaxsning o‘z qo‘li bilan chekkan imzosi – veksel egasi imzosi.
Yuqorida keltirilgan rekvizitlarning ixtiyoriysi mavjud bo‘lmagan hujjat
quyidagi holatlarni istisno qilgan holda oddiy veksel kuchiga ega bo‘lmaydi:
•
to‘lov muddati ko‘rsatilmagan veksel ko‘rsatilishi bo‘yicha to‘lanadigan
veksellarga mansub sifatida ko‘rib chiqilsa;
•
alohida ko‘rsatilmagan holatda hujjat tuzilgan joy to‘lov joyi hisoblanadi;
73
•
tuzilgan joyi ko‘rsatilmagan veksel uning egasi nomlanishi bilan bir
qatorda belgilangan joyda imzolangan sifatida ko‘rib chiqiladi.
Baholash amaliyotida veksellarning bozor qiymatini aniqlash uchun ikki
yondashuv qo‘llaniladi. Birinchi yondashuvni amalga oshirishda baholanayotgan
vekselga o‘xshash veksellarning yuzaga kelgan bozor narxlari haqida
ma’lumotlardan foydalaniladi. Veksellarning bozor kotirovkalari haqida axborot
bir qancha axborot agentliklari nashrlarida chop etiladi va hozirgi vaqtda to‘liq
oshkora hisoblanadi. Veksellarni baholashga ikkinchi yondashuv veksel qiymatiga
jiddiy ta’sir qiluvchi omillar tahlilini o‘tkazishga asoslangan.
Umumiy holatda vekselni baholashga ikkinchi yondashuvni amalga
oshirishda vekselda ko‘rsatilgan muddatda pul mablag‘larini olmaslik riski tahlilini
o‘tkazish, shuningdek o‘xshash darajali riska ega moliyaviy operatsiyalar uchun
muqobil daromadlilik stavkalarini aniqlash zarur. Veksel qiymatini aniqlash ancha
murakkab vazifa hisoblanib, buni hal etishda turli omillarning ulkan miqdorini
e’tiborga olish zarur. Veksel egasi haqida ma’lumot, veksel summasi, veksel
bo‘yicha to‘lov muddati, veksel indossantlari, aval mavjudligi kabilar veksellar
qiymatiga ustuvor ta’sir qiluvchi asosiy omillar sirasiga kiritiladi.
Mazkur omillarning veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari
olish ehtimoliga sifat jihatidan ta’siri 6.1-rasmda keltirilgan.
Birinchi navbatda veksel egalari tomonidan berilgan veksellar bo‘yicha pul
mablag‘lari olmaslikning asosiy risklari ularning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, buning
ta’sirida veksel egalarining balans strukturasi ko‘rsatkichlari va to‘lov qobiliyati
tahlili veksel qiymatini belgilashning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bunda
joriy likvidlik koeffitsienti va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik
koeffitsientining qiymati ayniqsa muhim sanaladi. Veksel egalari haqida nafaqat
moliyaviy-iqtisodiy holati, balki o‘z shartnoma majburiyatlarini veksel egasi
qanchalik o‘z vaqtida va vijdonan bajarayotganligi haqida imkon qadar ko‘proq
ma’lumot yig‘ish talab etiladi. Veksel egalarining benuqson va etarlicha davomiy
kredit tarixi ular tomonidan berilgan veksellarning qiymati va likvidligining asosiy
mezonlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
74
6.1-rasm. Veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari olish ehtimoliga
turli omillarning ta’siri.
Veksel summasi vekselni berish maqsadlari haqida taklif kiritishga imkon
beruvchi muhim omil ham hisoblanadi. Noodatiy yirik veksel summasi veksel
ta’minlanganlikka ega emasligining alomati bo‘lishi mumkin. Bozorda doimo yirik
veksel summasiga ega veksellarning muayyan miqdori ishtirok etib, ularning
berilishi esa qandaydir moddiy yoki moliyaviy aktiv bilan ta’mirlanmagan bo‘ladi.
Veksel summasi odatiy ish amaliyotida o‘xshash veksel egalari uchun yuzaga
kelgan darajada sezilarli oshib ketgan holatda veksellar bo‘yicha pul mablag‘lari
olmaslik riski kuchayadi. SHunday qilib, veksel qiymati va veksel summasi
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud.
Diskont miqdori veksel bo‘yicha to‘lov muddati bilan bevosita bog‘liq
bo‘lib, veksel qiymatini aniqlashda veksel summasi shu miqdorda kamayadi. SHu
tariqa aytish mumkinki, vekselning to‘lov uchun ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan
muddati qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Veksel
bo‘yicha to‘lov muddati ortishi bilan fors-major holatlari natijasida pul
mablag‘larining ehtimoliy qadrsizlanish riski ortadi.
Veksel bўyiчa tўlov
muddati 15%
Veksel bo‘yicha
to‘lov muddati
Veksel
summasi
5%
Veksel
indossantla
ri
5%
Aval
mavjudligi
5%
Veksel egasi haqida
ma’lumot 70%
75
Veksel qiymati uning indossantlari miqdori va ularning to‘lov qobiliyatiga
bog‘liq bo‘ladi. Vekselni indossatsiyalovchi to‘lovga qobiliyatli shaxslarning soni
qancha ko‘p bo‘lsa, veksel shuncha yuqori bo‘ladi, chunki veksel bo‘yicha pul
mablag‘larini majburiy undirib olish holatida ular solidar majburiy tus oladi.
SHuning uchun indossantlarga nisbatan ham veksel egalariga nisbatan bo‘lgani
kabi ma’lumotlarni tahlil qilish zarur. Indossament ifodasining o‘zi ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Nalichie v tekste Indossament matnida “menga nisbatan
qistovsiz” iborasining mavjudligi sud muhokamasida mazkur indossantni veksel
bo‘yicha solidar javobgar sifatida jalb qilishga imkon bermaydi.
Passiv veksel qobiliyatiga ega ixtiyoriy shaxs aval vositasida veksel
bo‘yicha majbur ixtiyoriy shaxs uchun, buning ustiga veksel summasining bir
qismi uchun ham, to‘liq summa uchun ham kafillik qilishi mumkin. Veksel
bo‘yicha to‘lovda aval deb nomlanuvchi bunday ta’minlanganlik mavjudligi va
aval bergan shaxsning kredit tarixi ham veksellar qiymatiga ta’sir qiladi.
Veksellar qiymatiga (veksel egalari uchun) to‘lov joyi ham ta’sir qiladi.
Agar veksel bo‘yicha to‘lov joyi veksel egalari joylashgan joydan boshqa bo‘lsa, u
holda veksellar qiymatini belgilashda veksel egasi vekselni to‘lov uchun
ko‘rsatishda qiladigan chiqimlarini ham hisobga olish talab qilinadi.
Veksellarning umumiy tasnifi 6.1-jadvalda keltirilgan. Barcha yuridik va
jismoniy shaxslar veksellardan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan amalga
oshiriladigan ko‘plab operatsiyalar ichida hozirgi vaqtda veksellar bilan
operatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bank operatsiyalarining bu turi xo‘jalik
sub’ektlarining hisob raqamlarida pul defitsiti bilan bog‘liq ravishda 1990 yillardan
intensiv rivojlana boshladi.
61-jadval. Veksellar tasnifi
Veksel nomi
Veksel tavsifi
Oddiy veksel (solo-
veksel)
Veksel bo‘yicha to‘lov muddati, to‘lov amalga
oshiriladigan joy, kim uchun yoki kimning topshirig‘i
bilan to‘lov amalga oshiriladigan shaxs nomi, veksel
tuzish sanasi va joyi ko‘rsatilgan veksel egasiga muddat
76
kelgunga qadar muayyan pul miqdorini veksel
beruvchiga to‘lash bo‘yicha hech narsa bilan
shartlanmagan majburiyat
O‘tkazma veksel (tratta) Veksel egasining (trassant) to‘lovchiga (trassat) ob
uplate ukazannoy v vekselda ko‘rsatilgan summani
uchinchi shaxsga (vekselning birinchi egasi- remitent)
to‘lash bo‘yicha yozma buyrug‘i
Tovar
(tijorat)
veksel
Mahsulot etkazib berish ( ish bajarish, xizmat
ko‘rsatish) bilan bog‘liq bitimlarda tomonlarning o‘zaro
munosabatlarida qo‘llaniladi
Moliyaviy veksel
Asosida xo‘jalik sub’ekti tomonidan o‘z mablag‘lari
hisobidan beriladigan ssuda (saom, kredit) yotadi va
bozor qiymati yoki foiz o‘sishidan foyda olish
maqsadida sotib olinadi
Bronza veksel
Xayoliy shaxs uchun yozib berilgan
Do‘stona veksel
Bir-biriga veksel yozib berishga asoslangan
Diskont veksel
Nominaldan past narxda chegirma (diskont) bilan
sotiladi
Emissiya vekseli
Hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi, shuning uchun
investitsiyaviy riskning past darajasi bilan tavsiflanadi
Veksellarning bozor qiymati ularning turi, emitent ishonchliligi, muomala
muddati, qaytarish shartlari, likvidlik, daromadlilikka bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Birinchi toifali emitentlarning veksellari birjalarda kotirovkalanadi. Veksellar
kotirovkasi talab va taklif narxini belgilab beradi, ayni vaqtda esa oldi-sotdi
paytida xaridorning eng yuqori narxi hamda sotuvchining eng kam narxini aks
ettiradi. Aktsionerlik jamiyati tovar va moliyaviy veksellar chiqarishi mumkin.
Tovar veksellarining kurs qiymati odatda ularning nominal qiymatidan past
bo‘ladi, chunki bunday veksellar kam samarali tovar ayirboshlash sxemalarida
qo‘llaniladi va pulning o‘rnini bosuvchi sifatida chiqariladi. Moliyaviy veksellar,
77
odatda, diskont bilan joylashtiriladi, qat’iy tarzda muddatida qaytariladi va sezilarli
kurs daromadliligiga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy veksellar hozirgi Rossiya fond
bozorining asosiy moliyaviy instrumentlaridan biri va faol to‘lov vositasi ekanligi
bilan bog‘liq. Rossiyada veksel muomalasining o‘ziga xosligi sifatida tijorat
banklarida xususiy veksellardan keng foydalanilishi namoyon bo‘ladi.
Veksellarni baholash tizimi veksel bozorini tashkil qilishning muayyan
me’yorlari va qoidalari bajarilishini baholash, veksellarning majburiy
kotirovkalash, ularning likvidligi va ishonchliligini baholashni o‘z ichiga oladi.
Masalan, kredit tashkilotlari uchun ularning majburiyatlarni o‘z vaqtida
bajarilishini ta’minlash qobiliyatini belgilovchi xususiy veksellar chiqarish va
kredit tashkilotlari likvidlik me’yorlari orqali veksel majburiyatlarini qabul
qilishda cheklovlar o‘rnatilgan.
Veksellarni baholash bilan bog‘liq jiddiy muammolardan biri — umuman
veksel bozori kabi uning alohida segmentlari holati va veksel majburiyatlari
bajarilmasligiga oid dalillar haqida joriy axborotlarni tezkor ravishda olish uchun
imkoniyat mavjud emasligi. Bunday sharoitda qimmatli qog‘ozlar bozori
ishtirokchilarining faoliyat standartlarini o‘rnatuvchi professional
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning, veksellarni baholashni umumlashtiruvchi
baholashning asosiy tamoyillari muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Veksel depozitariysini
tashkil qilish rivojlangan veksel bozorini shakllantirishdagi dastlabki qadam
hisoblanadi. U veksel oqimlari ustidan tezkor nazoratni yo‘lga qo‘yish, veksellarni
baholash va topshirishning texnologik jihatdan zamonaviy usullariga o‘tishga
imkon beradi.
Veksellar likvidligi boshqa qimmatli qog‘ozlarga qaraganda ancha yuqori
bo‘ladi. Veksellarning yuqori daromadliligi ularning etarlicha yuqori likvidlikka
ega ekanligi bilan shartlangan. YUqori konvertatsiyalanuvchanlik, indossament
bo‘yicha berish imkoniyati, davlat ro‘yxatidan o‘tish mavjud emasligi hamda va
emissiya loyihasini ishlab chiqish zarurati veksellar qiymati darajasini oshiradi.
Nufuzli bank veksellari bozorda uncha katta bo‘lmagan savdo hajmida ham yuqori
78
bahoga ega bo‘ladi. Buning sababi esa barqaror taklif va ishonchlilikning yuqori
toifasida bank veksellari erkin aylanishi uchun taklif kamligi hisoblanadi.
Korporativ veksellar sektorida baholash emitentning imiji, nufuzi, iqtisodiy
holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqaror korxonalar veksellari bo‘yicha
talab taklifni sezilarli darajada ortda qoldiradi. Veksellarni baholash ularning
muomala muddatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Odatda kotirovka mavjud bo‘lmagan
sharoitda veksellarni baholash talab va taklif darajasini baholash asosida bajariladi.
Oddiy veksel daromadliligini aniqlash formulasi
T
P
N
T
P
P
N
D
365
1
365
×
−
=
×
−
=
,
bunda, D – qimmatli qog’ozning yillik daromadliligi; N – nominal qiymati yoki
jami veksel; P – qimmatli qog’ozning bozor qiymati; T – kun o’lchovidagi
so’ndirish muddati.
Oddiy vekselni bozor qiymatini topish tenglamasi
+
×
×
=
1
365
1
T
D
N
P
,
- vekselni daromadliligini hisobga oluvchi nominalini
arzonlashuvini tavsivlovchi koeffitsent.
Vekselni hajmi yoki emitent faoliyatidagi muomalasi asosidagi
daromadliligi
∑
∑
=
v
v
d
D
,
bu erda d – emitentning vekselni aniq so’ndirishdagi daromadi; v – bozordagi
butun o’xshash veksellarni hajmi.
6.2. Veksellarni baholash uchun zaruriy hujjatlar
Quyidagilar taqdim etilishi zarur:
9.
Kopiya veksellar va xarid shartnomasi yoki veksel huquqini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning nusxalari.
+
×
1
365
1
T
D
79
10. Ta’sis hujjatlaridan nusxalar (Ustav, Muassislik shartnomasi,
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida guvohnoma).
11. Emitentning oxirgi 3-5 yil uchun buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari
(yoki oldingi davrlarning mumkin bo‘lgan miqdori) – buxgalteriya balansi hamda
foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot.
12. Asosiy fondlar axborotnomasi.
13. Mulklarning inventar ro‘yxati.
14. Emitentning jami aktivlari (ko‘chmas mulk, zaxira, chet jamiyatlar
aksiyalari, veksellar, nomoddiy aktivlar – patentlar, litsenziyalar) haqida
ma’lumotlar.
15. Kreditorlik qarzi kengaytmasi.
16. So‘nggi auditorlik xulosasi (agar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan
bo‘lsa).
17. Debitorlik qarzi kengaytmasi:
o
yuzaga kelish muddatlari bo‘yicha;
o
debitorlik qarzi bo‘yicha;
o
shubhali qarzlar ulushi.
Hujjatlarning mazkur ro‘yxati boshlang‘ich xarakterga ega bo‘lib,
baholovchi baholash vazifalari va veksel parametrlari bilan batafsil tanishib
chiqqanidan so‘ng qisqartilishi yoki kengaytirilishi mumkin.
6.3. Depozit va omonat sertifikatlarini baholash
Depozit sertifikatlarini baholash asosida umumqabul qilingan nazariyalar
yotadi (6.2-jadval). Depozit va omonat sertifikatlarini baholash ularning
muddatlari va turi, taxmin qilingan daromad shakli va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijoz tomonidan bankni oldindan xabardor
qilmay, ixtiyoriy vaqtda talab qilinishi bo‘lgan mablag‘larni o‘zida aks ettiradi.
Ular bo‘yicha sezilarsiz foiz stavkalari hisoblanadi, buning oqibati o‘laroq
daromadli investitsiyaviy instrumentlar hisoblanmaydi.
80
Muddatli qo‘yilmalar – banklar tomonidan muayyan muddatga jalb qilingan
depozitlar. O‘z muddatli depozitlari va olinishi oldindan xabar qilinadigan
muddatli depozitlar farqlanadi. Odatda, ular kamida bir oy muddat uchun
rasmiylashtiriladi. Bunday depozit uchun qo‘yilma miqdori yaxlit summada
belgilanadi va shartnomaning amal qilishning jami muddati davomida o‘zgarmas
bo‘lishi lozim. Agar omonatchi qo‘yilma summasini o‘zgartirishni ixtiyor etsa
(kamaytirish yoki ko‘paytirish), u holda amaldagi shartnomani bekor qilishi,
chiqarib tashlashi va yangi shartlar asosida qo‘yilmani qayta rasmiylashtirishi
mumkin. Biroq qo‘yilma bo‘yicha mablag‘lar omonatchi tomonidan muddatidan
oldin olinganda u shartnomada ko‘zda tutilgan foizlardan qisman yoki to‘liq
mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda, bu hollarda foizlar talab qilib olingunga qadar
qo‘yilmalar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar hajmigacha kamayadi.
6.2-jadval. Depozit sertifikatlarini baholashning tayanch nazariyalari
Nazariya nomi
Nazariya tavsifi
Baholashda amaliy
tatbiqi
Foiz
stavkalarining
paritet nazariyasi
Evro va dollardagi depo-
zitlarning foiz stavkalari
paritetiga rioya qilinadi
Depozit va omonat
sertifikatlarini
baholashda taqqoslash
(o‘xshashliklar)
usulini qo‘llash
Kapital bozori
muvozanat
nazariyasi
O‘rtacha foiz stavkalarining
inflyatsiyaning real darajasiga
bog‘liqligi mavjud
Depozit sertifikatlari
va muddatli
shartnomalar bo‘yicha
o‘rtacha foiz stavkalari
inflyatsiyaning real
darajasiga to‘g‘ri
proportsional
81
O‘z muddatli qo‘yilmalar egalariga belgilangan kundan oldin qaytariladi, bu
vaqtga qadar ular “muhosara qilingan” bo‘ladi va bank ularni to‘liq tasarruf etishi
mumkin. Bunday qo‘yilmalarga nisbatan qo‘llaniladigan muddatlar to‘rt guruhga
ajratiladi: 30 kundan 89 kungacha, 90 kundan 179 kungacha, 180 kundan 359
kungacha va 360 kundan ortiq. Mos ravishda foiz darajasi o‘zgaradi. Odatda, katta
muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha yuqoriroq foiz to‘lanadi va ular, o‘z navbatida, fond
bozorida yuqoriroq qiymatga ega bo‘ladi.
Oldindan xabar qilinadigan muddatli qo‘yilmalar bankka omonatchidan
maxsus ariza kelib tushishini talab qiladi. Qo‘yilmani shu tarzda olish haqida xabar
berish muddati oldindan kelishib olinadi va unga muvofiq qo‘yilma bo‘yicha foiz
miqdori belgilanadi. Odatda, xabar berish muddatlari quyidagicha bo‘ladi: 1
oydan 3 oygacha, 3 oydan 6 oygacha, 6 oydan 12 oygacha, 12 oydan ortiq. Mazkur
qo‘yilma guruhlarining har biri uchun mutanosib foizlar belgilanadi. Agar mijoz
qo‘yilmani olmoqchi bo‘lsa, u holda shartnomada ko‘rsaatilgan xabar berish
muddatiga muvofiq bundan bankni o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim. Bank
pirovard o‘zgarishni hisobga olgan holda boshqa manbalardan o‘z aktiv
operatsiyalarini qayta moliyalashtiradi, masalan, hisob krediti yoki qimmatli
qog‘ozlar ochiq bozoridagi operatsiyalardan foydalanadi. Amaliyotda muddatli
qo‘yilmalar ko‘pincha oldindan xabar beriladigan qo‘yilmalar sifatida keltiriladi.
Qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar miqdori, odatda, bank va omonatchi o‘rtasidagi
kelishuv asosida aniqlanadi. Tijorat banklari balansida muddatli depozitlarining
ulushi umuman olganda ancha salmoqli, biroq u turli bank muassasalarida ular bir
xil emas.
Jamg‘arma depozitlari muddatsiz va omonat qo‘yilmalari o‘rtasida oraliq joy
egallaydi. Ular talab qilib olingunga qadar depozitlardan katta bo‘lsa ham, nisbatan
katta bo‘lmagan, qat’iy belgilangan muddatga egaligi bilan omonat depozitlaridan
farq qiladi. Agar firma, masalan, 8 oydan so‘ng uskunalar sotib olish uchun unga
ulkan miqdorda pul talab qilinishini bilsa va bu summa joriy vaqtda tasarrufida
bo‘lsa, u holda korxona uchun nisbatan uncha katta bo‘lmagan foiz bilan yoki hatto
bunday to‘lovsiz mazkur mablag‘larni joriy hisobda saqlab turish foyda keltirmay
82
qo‘yadi. Ushbu holatda mazkur mablag‘larni mos vaqt uchun muddatli hisobga
joylashtirish kompaniyalar uchun foydaliroq tus oladi. Omonat qo‘yilmalar uchun,
aksincha, ularning sekin o‘sishi xos sanaladi va mablag‘lardan foydalanish
ko‘pincha bir necha yildan so‘ng sodir bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar egasi ularni
belgilangan muddat o‘tgandan keyingina tasarruf etishi mumkinligiga oid haqiqat
mijoz zarurat tug‘ilganda muddatidan oldin bankdan o‘z mablag‘larini olishi
mumkinligini inkor etmaydi. Lekin bunday holatlar odatda istisno hisoblanadi. Bu
vaziyatda bank, masalan, mijozga kredit taklif etishi mumkin va bu kredit ushbu
qo‘yilma muddati tugaganidan so‘ng qaytariladi. Bank muddatli hisobga
joylashtirilgan pul miqdorini qaytarishi ham mumkin, lekin bunda foizlar jiddiy
suratda pasayadi.
Foiz stavkalari darajasi hisob stavkasi, pul bozorining holati va o‘z depozit
siyosatidan kelib chiqilgan holda har bir tijorat banki tomonidan mustaqil
o‘rnatiladi. Depozit hisoblarining alohida turlari bo‘yicha daromad miqdori
qo‘yilmalar muddati, uning miqdori, hisob yuritishning o‘ziga xosliklari, birga
kechadigan xizmatlar hajmi va xarakteriga ko‘ra belgilanadi. Va nihoyat mijoz
tomonidan qo‘yilma shartlariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Foiz stavkalarini
belgilashda mablag‘ joylashtirilgan muddat hal qiluvchi omil sanaladi: muddat
qancha uzoq bo‘lsa, foiz darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Daromadlarni to‘lash
tartibi ham jiddiy omil sifatida gavdalanadi: to‘lovlar qancha kam amalga oshirilsa,
foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bank sertifikatlari bir martalik tartibda ham, seriyali tarzda ham chiqariladi.
Ular nomlanishli va ko‘rsatuvchi shaxsga to‘lanadigan turda bo‘lishi mumkin.
Sertifikatlar muddatli yoki talab qilib olingunga qadar bo‘lishi mumkin. Srok
obraщeniya Depozit sertifikatlarining muomala muddati bir yil bilan, omonat
sertifikatlariniki 3 yil bilan chegaralanadi. Agar sertifikatning muddati uzaytirilgan
bo‘lsa, u holda u talab qilib olingunga qadar hujjat hisoblanib, shu bo‘yicha bank
omonatchining birinchi talabi bo‘yicha belgilangan summani to‘lash majburiyatini
o‘z zimmasiga oladi. Depozit sertifikati muddatidan avval to‘lash uchun
83
ko‘rsatilganda agar uning chiqarilish vaqtida boshqa holat nazarda tutilmagan
bo‘lsa, bank pullarni qaytarishga majbur hisoblanmaydi.
Sertifikat bo‘yicha foiz stavkalari uning chiqarilish vaqtida qat’iy
belgilanadi (fiksirlanadi). Sertifikatning keyingi muomala jarayonida ham bu
stavka o‘zgarmaydi. YUridik shaxslar qo‘yilmalar (depozitlar) dagi pul
mablag‘larini boshqa shaxslar hisobiga ko‘chirishga haqli hisoblanmaydi.
Depozit bo‘yicha foizlar (daromad) odatda pul bankka tushgandan keyingi kundan to
ular omonatchiga qaytarilishi belgilangan kungacha yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining
hisobidan chiqariladigan kungacha murakkab foizlar (foizga foiz) formulasi bo‘yicha hisoblanadi.
Qo‘yilma qaytarilayotganda unga shu vaqtga qadar hisoblangan foizlar ham
to‘lanadi.
Banklar majburiy sug‘urtalash yo‘li bilan fuqarolarning qo‘yilmalari qaytarilishi va
saqlanganligini ta’minlashga hamda fuqarolar oldida o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga
majbur sanaladi. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari muomala muddati tugashi bo‘yicha tijorat banki
ularni nominal qiymati bo‘yicha qaytaradi. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari kotirovkasi odatda
o‘tkazilmaydi.
Nazorat uchun savollar
1.Hujjatlarni oddiy veksel kuchiga ega bo‘l a olish maqomini so’zlab
bering?
2.Veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari olish ehtimoligiga
qanday omillar ta’sir qiladi?
3.Veksellarni baholash uchun zaruriy hujjatlarni bayon qiling?
4.Veksellarning bozor qiymati qanday aniqlanadi?
5.Depozit sertifikatlarini baholashning qanday tayanch nazariyalari mavjud?
84
Do'stlaringiz bilan baham: |