Glioksisomalar. Glioksisomalar urug'larning unish davrida ko'plab hosil
bo'lib ularda yog'lar to'planadi. Glioksisomalar tarkibida yog'larni parchalab
qandlarga aylantiruvchi fermentlar ham bor.
Peroksisomalar va glioksisomalar fermentlarining faoliyati tufayli hosil
bo'lgan H
2
O
2
ularda mavjud bo'lgan katalaza fermentining faoliyati tufayli
parchalanib zararsiz holga o'tkaziladi.
Sferosomalar. Ularni avval mikrosomalar deyilgan. Dumaloq,
yorug'likni sindirish qobiliyatiga ega. Ular endoplazmatik to'rdan hosil
bo'ladi va o'ziga lipidlarni ko'p to'playdi, ko'pincha ularni lipidli tomchilar
ham deb ataladi. Ularda fermentlardan lipiza, esteraza, proteaza, RNK aza,
DNK azalar uchraydi. Bu organoidda ko'proq yog'larni sintezlanishi va
to'planishi kuzatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |