10-rasm. O`simliklar mitoxondriyalari membrana tashiluvi tizimi (Douce
1985).
Lizosomalar-membranalar bilan chegaralangan organoidlardir. Ular
endoplazmatik to'r yoki Golji apparatidan hosil bo'ladi. Ichki qismi enximma
bilan to'lgan bo'lib ularda asosan gidrolitik fermentlar joylashadi. Ular asosan
nordon fermentlar bo'lib, ribonukleaza, dezoksirabonukleaza, katepsin va
boshqalar kiradi. Ushbu fermentlar hujayradagi moddalarni suv yordamida
parchalashi tufayli ularga lizosomalar nomi berilgan. Lizosomalar barcha
tirik hujayralarga xos organoidlardir.
Ayrim hollarda ikkilamchi lizosomalar ham farqlanadi (11-rasm).
Ammo ularning vazifalari deyarli o`xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: