Peroksisomalar. Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo'lib
birinchi bor 1968 yilda Tolbert tomonidan aniqlangan. Ular mayda
membrana bilan o'ralgan pufakchalardir. Peroksisomalar barglarda ko'p bo'lib
xloroplastlar bilan uzviy bog'liqdir.
Ularda
fotosintez
jarayonida
xloroplastlarda sintezlanuvchi glikolat kislotasi oksidlanadi va glitsin
aminokislotasiga aylanadi. Bu esa mitoxondriyalarda serin aminokislotasiga
aylanadi. Yuksak o'simliklar barglari peroksisomalarida yorug'likda nafas
olish fermentlari hamda katalaza, glikolatoksidazalar ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |