Plastidalar. Ular dumaloq yoki oval shaklida bo'lib, ikki qavatli
membrana bilan o'ralgan bo'lib rangsiz (proplastidlar, leykoplastlar,
etioplastlar) yoki rangli (xloroplastlar, xromoplastlar) organoiddir. Yuksak
o`simlik barg hujayrasida 20-50 dona plastida bo'ladi.lar meristema
to'qimalari hujayralarida ko'proq uchraydi.
Leykoplastlar. Pigmentsiz organoid, shakli deyarli dumaloq va unda
zahira moddalari ya'ni oqsil, kraxmal, lipid donachalari bo'ladi. Agarda
leykoplastlar kraxmal tutsa-amiloplastlar, yog'larni tutsa-elayoplastlar,
oqsillarni tutsa-proteinoplastlar deyiladi. Leykoplastlar ko'pchilik hosil
qiluvchi to'qimalar tarkibida, er ostki organlari (ildizpoyalar) va urug'da ko'p
uchraydi. Ular qo'sh membranalardir. Yorug'lik ta'sirida ulardan xloroplastlar
hosil bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |