О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet22/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Ishga qabul qilishning umumiy tartibi. Ishga qabul qilishning umumiy tartibi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va uning asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan bo'lib, mulkchilikning barcha shaklidagi, turli usulda xo'jalik faoliyati yurituvchi barcha korxona va tashkilotlar uchun bir xil taiablarni ilgari suradi. Bu tartiblar Mehnat kodeksining 77—87-nioddalarida, ichki mehnat tartibining Namunaviy qoidalarida va boshqa me'yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan'.
Ishga qabul qilish yuzasidan qat'iy tartiblarning belgiianishidan maqsad — fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshi-rilishi uchun qulay huquqiy sharoit yaratish, mehnat huquqlarini amalga oshirish borasida asossiz cheklashlar va kamsitishlarga yo'l qo'ymaslikdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasida ta'-kidlanganidek:
— barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo'lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo'lgan munosabati, e'tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik qobiliyatlariga va ular mehnati-ning natijalariga aloqador bo'lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo'l qo'yilmaydi va bular kamsitish, deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar yoki davlatning ko'proq ijtimoiy himoyasiga muhtoj bo'lgan shaxslar (ayollar, voyaga yetmaganlar, nogironlar va boshqalar) to'g'risidagi alohida g'amxo'rligi bilan bog'liq farqlashlar kamsitish, deb hisoblanmaydi. Mehnat sohasida o'zini kamsitilgan, deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o'ziga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni to'lash to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Ishga qabul qilishni asossiz rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan ayrim toifalarga mansub bo'lgan fuqarolarni (homilador va uch yoshga yetmagan bolasi bo'lgan ayol-larai) ishga qabul qilishlik rad etilgan taqdirda uning sababi ko'rsatil-gani holda yozma javob berish lozim. Mehnat shartnomasi uning taraflari barcha asosiy shartlar to'g'risida kelishib olgan va uni belgilan-gan tartibda rasmiylashtirganlaridan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Uning shakli O'z­bekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan namuna­viy shartnomaga muvofiq ishlab chiqiladi. Bunday namunaviy shartnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Shuning­dek, ushbu qaror bilan «Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kon-trakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» ham tasdiqlangan bo'lib, unda aytilishicha, bu tavsiyalarga, yozma mehnat shartnomasi namunasiga amal qilish mulkchilikning barcha shakldagi korxonalar uchun majburiy sanaladi.
Ishga qabul qilish paytida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarni talab qilishi lozim. Mehnat kodeksining 80-moddasida aytilishicha, «Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:
— pasport yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjatni, o'n olti yoshga to'lmagan shaxslar esa, tug'ilganlik haqidagi gu-vohnoma va turar joyidan ma'lumotnomani;
— mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O'rindoshlik asosida ishga kirayot­gan shaxslar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan olgan ma'lumotnomani;
— harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha harbiy guvohnomani yoki harbiy hisobda turganligi haqida guvohnomani;
— qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo'lgan ishlarga kirayotgan oliy yoki o'rta maxsus o'quv yurtini ta-momlaganligi to'g'risidagi diplomni yoxud mazkur ishni ba-jarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko'rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi».
Mehnat kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilishni amalga oshirishdan avval ishga kiruv-chining salomatligiga ko'ra, topshirilayotgan ishga muvofiqligini aniqlash maqsadida oldindan tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi talab etilishi mumkin, jumladan, Mehnat kodeksining 214-moddasida aytilishicha, «Ish beravchi mehnat shartnomasi tuzish chog'ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqt-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil qilishi shart:
— o'n sakkiz yoshga to'lmaganlar;
—oltmish yoshga to'lgan erkaklar, ellik besh yoshga to'lgan ayollar;
—nogironlar;
—mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek, transport harakati bilan bog'liq ishlarda band bo'lganlar;
—oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko'r-satish bilan bog'liq bo'lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo'lganlar;
—umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muas-sasalarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul bo'lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqt-vaqti bilan tibbiy ko'rikdan o'tilishi lozim bo'lgan boshqa ishlarning ro'yxati va ularni o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi».
Ishga kiruvchi shaxsni tibbiy ko'rikdan o'tishdan bosh tortishi yoki tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, uning topshirilayotgan vazi-faga nomuvofiq ekanligi u bilan mehnat shartnomasi tuzilishi rad etilishi uchun qonuniy asos bo'lib hisoblanadi.
Ishga qabul qilish paytida ishga kiruvchining muayyan vazifa va lavozimlarda ishlash huquqidan sud hukmiga binoan mahrum etil-ganligi ma'lum bo'lib qolganda bu hoi uning mazkur vazifa (lavo-zim)ga ishga qabul qilinishiga to'sqinlik qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 17-dekabrda 565-raqam bilan qayd etilgan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari»ga ko'ra, qasddan g'arazli jinoyat-lar sodir etgan shaxslar pul yoki boshqa moddiy boyliklar bilan bog'liq vazifalarga qabul qilinishlari mumkin emas. Ammo amaliyotda uni tekshirishning mexanizmlari yaxshi ishlab chiqilgan emas va bu hoi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Mehnat kodeksining 79-moddasiga ko'ra, «O'zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo'lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o'g'il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo'ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo'lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanishi mumkin».
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 3-ilovasida «Davlat ak-sionerlik korxonalarining O'zbekiston Respublikasi Mehnat ko­deksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urag'larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo'ysunishi yoki nazorati ostida bo'lishi bilan bog'liq bo'lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo'lgan xodimlari ro'yxati» tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra:
1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlat qishloq xo'jaligi korxonalari va tashkilotlari, shu­ningdek, qishloq joylardagi qishloq xo'jaligi bo'yicha ilmiy tad-qiqot muassasalarida ishlovchi qishloq xo'jaligi mutaxassislari.
3. Temiryo'l transportining liniya korxonalari xodimlari, shu­ningdek, «O'zbekiston temiryo'llari» davlat hissadorlik kompa-niyasining yo'l, qurilish-montaj va ko'priksozlik poyezdlari, mexa-nizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilma-larining xodimlari, bu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari.
5. Sog'liqni saqlash davolash-profilaktika va sanitariya-profilak-tika muassasalarining shifokorlari.
6. Barcha o'quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o'qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.
7. Teatrlar, badiiyjamoalar va studiyalaming artistlari, rassomlari va musiqachilari.
8. Ilmiy muassasa xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.
9. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tarmoq tashkilot-larining xodimlari.
10. Dala geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, otryadlari va uchastkalar xodimlari.
11. Qishloq joylarda ishlaydigan o'rmon va suv xo'jaligi mu-taxassislari, xalq ta'limi xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma'rifiy muassasalar xodimlari.
12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yo'l tashkilotlarining xodimlari, bu tashkilotlar-ning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
13. Qurilish-montaj va ko'priksozlik poyezdlari, mexaniza-tsiyalashgan kolonnalar va boshqa ko'chma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
14. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
15. Magistral traboprovodlar qurilishi hamda neft va gaz konlarini tartibga keltirishni amalga oshiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
16. Havza va ko'llardagi baliqchilik xo'jaliklari, baliqchilik zavodlari, baliqlarga uvuldiriq sochish va ularni o'stirish xo'jaliklari va baliqlarni oziqlantiradigan joylarning xodimlari (bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari) shular qatoriga kiritilgan.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa tartiblarga xilof ravishda ishga qabul qilingan shaxslar o'z roziliklari bilan boshqa ishga o'tkazila-dilar, agar buning iloji bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasi, 4-bandiga ko'ra ishdan bo'shatiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish