О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet18/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat shartnomasi tushunchasi va ahamiyati. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi paytda tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati keng tarqalib, aholi daromad manbala-rining noan'anaviy shakllari yuzaga kelayotgan bo'lsa-da, fuqaro­larning korxona va tashkilotlarda yollanib ishlashlari orqali milliy daromad yaratilishida qatnashayotganlari, ish haqi sifatida daromad olish yo'li bilan esa ushbu milliy daromaddan o'z ulushlarini olayot-ganlari jamiyat iqtisodiy hayotida salmoqli o'ringa ega bo'lib bor-moqda. Ana shunday sharoitda fuqarolarning mehnat qilish huquq-larini ro'yobga chiqarishning huquqiy mexanizmini chuqur anglab yetish, bu mexanizmning samarali ishlashini ta'minlash katta aha-miyatga ega. Chunki mehnat resurslaridan oqilona foydalana olish, fuqarolarning mehnat huquqlarini amalda ta'minlash va yetarli himoya qilish ushbu omilga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar, eng avvalo, mehnat va ijtimoiy himoya masaialari borasida xalqaro stan-dartlarni tobora keng joriy etilayotganiigi, milliy qonunchiligimizni ushbu xalqaro huquqiy andozalarga yanada kengroq muvoiiqlashtirib borilayotganligi tufayli mehnatga oid huquqiy munosabatlarda bozor munosabati qoidalariga xos bo'lgan umuminsoniy, umumdemokra-tik jihatlar muntazam ravishda kuchayib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi bi­lan fuqarolarga berilgan mehnat qilish huquqlarini amalga oshi-rish, yollanma mehnat qilish huquqining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli — fuqaro bilan ish beruvchi o'rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 72-moddasida keltirilgan rasmiy ta'rifga ko'ra, «Mehnat shartnomasi xodirn bilan ish beruvchi o'rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, Iavozim bo'yicha ishni icliki mehnat tartibiga bo'ysungan holda ta-raflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir».
Biroq, ushbu rasmiy ta'rif mehnat shartnomasiga xos barcha jihatlarni qamrab ololmaydi. Chunki mehnat huquqi nazariyasi mehnat shartnomasiga fuqarolar mehnat qilish huquqlarini ro'yobga chiqarilish shakli, mehnat munosabatlari yuzaga kelishi va amalga oshishi asosi hamda mehnat huquqi fani institutlaridan biri sifa-tidagina emas, balki xodim bilan ish beruvchi o'rtasida yuz bergan yuridik fakt, ushbu faktni o'zida qayd etuvchi yozma hujjat hamda mehnat munosabati taraflarning qonuniy huquq va manfaatlarini muhofazalashning yuridik vositasi sifatida ham qaraydi.
Mehnat shartnomasi tuzilishi vositasida xodim va ish beruv-chining o'zaro munosabatlari individuallashtiriladi hamda huquqiy tartibga solinadi. Faqat mehnat shartnomasi tuzilishi yo'li bilangina fuqaro xodim maqomini oladi, mehnat jamoasiga qo'shiladi, kor-xona lokal me'yoriy hujjatlari, ichki mehnat tartib-qoidalari, meh­nat qonunlari to'la hajmda unga tatbiq etila boshlanadi.
Mehnat qonunlari ishga qabul qilishni huquqiy jihatdan tartibga solar ekan, ish turi, joyi va kasb-korini tanlash erkinligi, mehnat huquqlarining amalga oshirilishida barcha fuqarolarning o'zaro teng ekanliklari, ijtimoiy himoya talab aholi tabaqalarini davlat qo'llab-quwatlashining amalga oshirilishi kabi qoidalariga asoslanadi.
Mehnat huquqlarini amalga oshirish, ishchi kuchini mehnat bozorida sotish — sotib olish, mehnat resurslarini iqtisodiyot tar-moqlari bo'ylab taqsimlash mexanizmi vazifasini mehnat shart­nomasi bajaradi. Xodimlar va ish beruvchilar huquq hamda man­faatlarini to'la himoya qilishlik uchun mehnat qonunchiligi mehnat shartnomasiga qo'yiladigan asosiy talablarni, uning tuzilishi, o'zgar-tirilishi va bekor qilinishi tartiblarini belgilab beradi, mehnat shart­nomasi tuzish bilan bog'liq kafolatlarni nazarda tutadi. Mehnat shartnomasi tuzish vositasida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi munosabat predmeti, doirasi, shartnoma tomonlarining bir-birlariga nisbatan haq-huquqlari aniqlab olinadi. Mehnat shartnomasi kel-gusida xodim va ish beruvchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni davom ettirish va yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin bo'lib xizmat qiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish