О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet17/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Aholini ish bilan ta'minlashga oid tadbirlarda ish beruvchiiar, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari be-vosita ishtirok etadi. Aholini ish bilan ta'minlash faoiiyatida ish beruvchiiar bevosita ishtirok etadilar va uning eng asosiy yo'na-lishi — yangi korxonalar tashkil etilishi mavjudlarining zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan jihozlangani holda rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi bo'lib, uning natijasida qo'shimcha ish joylari vujudga keltiriladi hamda shu yo'l bilan aholining ish bilan bandlik darajasi ortishiga amaliy hissa qo'shiladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash va rag'batlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadlaridan biri ham ish beruvchiiar sonini ko'paytirish yo'li bilan qo'shimcha ish joylari barpo etilishiga qaratilgan.
Ish beruvchi tomonidan melmat shartnomasi (kontrakti) shart-larini og'ishmay bajarishining o'zi mehnat munosabatlari barqa-rorligini ta'minlovchi, xodimlar qo'nimsizligining oldini oluvchi va shu orqaii aholini ish bilan ta'minlanishiga ko'maklashuvchi muhim omillardan biri sanaladi,
«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi Qonunning 18-mod-dasida aholini ish bilan ta'minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ish beruvchiiar ishtirokining asosiy yo'nalishiari, shakllari va vazifalari belgilab berilgan.
Mazkur moddaga ko'ra:
•mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi shartnoma va kelishuvlar shartlarini bajarish;
•xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun sharoit yaratish;
•ish bilan ta'minlashga ko'maklashuvchi daviat jamg'armasiga moliyaviy ajratmalar o'tkazish;
•O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilaydigan ish joylariga ushbu qonunning 7-mod-dasida ko'rsatilgan fuqarolarni ishga joylashtirish.
Bo'sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlarni liar oyda, mo'ljallanayotgan ishdan ozod qilishlar to'g'risida har bir xodimning kasbi. mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko'rsatib axborotlarni oldindan (ikki oy avval) mahalliy mehnat organlariga taqdim qilish kabilar orqaii ko'maklashadilar.
Bo'sh ish joylari, mo'ljallanayotgan xodimlarni ishdan bo'shatib olish haqida o'z vaqtida axborotlar taqdim etmaganiigi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslar uchun ish joylarini yuratmaganlik, bo'sh ish joylari haqidagi axborotlarni yashirganlik yoki noto'g'ri axborot berganlik uchun, shuningdek, ish bilan la'minlashga ko'maklashuvchi davlat jamg'armasiga mablag'lar iijratmaganligi uchun korxonaga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoilash, korxona mansabdor shaxslarni esa tegishli huquqiy (ma'muriy, jinoiy) javobgarliklarga tortish nazarda tutilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ish joylarini qisqartirish yoki tugatish paytida ish beruvchi zimmasiga bir qator qo'shimcha majburiyatlar yuklatilgan. Mehnat qonunchiligi aholini ish bilan ta'minlash sohasida mahalliy mehnat bo'limlari bilan yaqindan hamkorlik qiladigan ish beruvchiiar uchun bir qator imtiyozlarni belgilash yo'li bilan ularni rag'batlantiravchi choralarni nazarda lutgan. Jumladan, quyidagi yengilliklar berilishi ko'zda tutilgiSn:
1) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 % nogironlar, 1941—1945 -yillardagi urash qatnashchilap va mehnat fronti laxriy-lari, kamida 75 % ni o'rta maktablar va hunar-texnika bilim yurtlari o'quvchilari tashkil etadigan yuridik shaxsiar daromad (foyda) solig'idan (Soliq kodeksining 31-moddasi) ishlovchilarning umu­miy soni 50 % dan ortig'i nogironlar bo'lgan korxonalar qo'shiigan qiymat splig'i to'lashdan, mol-mulk solig'idan va boshqa bir qator soliqlardan ozod qilinadilar.
Ishlovchilarning umumiy soni uch foizdan ko'prog'ini nogi­ronlar tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig'i summasi quyidagi tarzda, belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) soiig'i 1 % ga kamaytiriladi (O'zbekiston Respublikasi Soliq ko­deksining 32-moddasi); 2) ish beruvchiiar mahalliy mehnat organlaridan mehnat bozorining ahvoli haqida bepul axborotlar olishlari mumkin;
3) mahalliy mehnat organlari ishdan ozod qilingan xodimiar uchun qo'shimcha ish joylari yaratish uchun belgilangan normadan ortiqcha sarflangan mablag'larning ishga joylashtirishga ko'maklashish davlat jamg'armasi hisobidan, mahalliy budjet hisobidan qoplab berilishi mumkin;
4) ish beravchi mehnat organlarining, bu organlar mansabdor shaxslarni g'ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan belgi­langan tartibda shikoyat qtlishga haqli.
NAZORAT SAVOLLARI
1. O'zbekistonda mehnat bozori va uning huquqiy tartibga solinishi ha-
qida nimalarni bilasiz?
2. Fuqarolarning mehnat qilish huquqlari va uning amalda ta'minlanishi
qanday?
3. Korxonalardan ommaviy tarzda bo'shatib olinayotgan shaxslarga qanday qo'shimcha kafolatlar berilgan?
4. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'ri-
sida»gi Qonuni haqida gapirib bering.
5. Ishsiz shaxs deganda, kimlar tushuniladi?
6. Ishsiz shaxslarni hisobga olish va ishsiz, deb e'tirof etish tartibi qanday?
7. Ishsizlik nafaqasi, uning ta'minlanishi, miqdori qanday?
8. Haq to'lanadigan jamoat ishlari nima va unga jalb etish tartibi qanday?
9. O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga jalb etishga yo'l qo'yiladimi?
10. Ishsiz shaxslarni yangi kasbga o'qitish tartibi, shakllari va bunday shaxslarga beriladigan moddiy kafolatlar nimalardan iborat?
11. Ishga joylashtirish organlari deganda, qaysi organlar nazarda tutiladi?
7-bob
MEHNAT SHARTNOMASI TUSHUNCHASI
VA FUQAROLARNING MEHNAT QILISH HUQUQLARINI AMALGA OSHIRISHDAGI O'RNI



Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish