О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet24/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Ayrim turdagi mehnat shartnomalari tuzishning о 'ziga xosjihatlari. Ayrim vazifalarda ishlash uchun muayyan toifalarga mansub bo'l-gan xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalari, shuningdek, mehnat shartnomalarining boshqa ba'zi turlari o'ziga xos xusu-siyatlarga ega bo'lib, bu xususiyatlarni bilish va to'g'ri hisobga olish, ularga taailuqli bo'lgan qonunchilik talablarining e'tiborga olinishi mehnat munosabatlari borasida qonuniylikni ta'minlashga, xodim­lar huquq va manfaatlarini samarali tarzda himoya qilishga xizmat qiladi.
Ana shunday o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan mehnat shartno­malari qatoriga o'rindoshlar, uyda ishlovchilar, tanlov yoki saylov asosida o'z vazifasiga tayinlanadigan shaxslar, muqobil xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar, uy xizmatchilari bilan tuziladigan shartnomalarni kiritish mumkin.
O'rindoshlik bo 'yicha mehnat shartnomasi.O'rindoshlik xodim­ning asosiy ish vaqtidan bo'sh bo'lgan vaqtida alohida mehnat shartnomasiga ko'ra mehnat faoliyati bo'lib, u Mehnat kodeksi bilan hamda 1989-yil 9-martda tasdiqlangan (1990-yil 15-avgustdagi o'zgartirishlar bilan) «O'rindoshlik bo'yicha ishlash shartlari to'g'-risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Xodimlarga ularning asosiy ish jarayonidan tashqari bir korxona, muassasa, tashkilotlarda o'rindoshlik bo'yicha ishlashga ruxsat etiladi. O'rindoshlik bo'yicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi ma'muriyat va kasaba uyushmasi qo'mitasining roziligi talab etilmaydi, ammo soliqlarni to'g'ri ush-lash maqsadida asosiy ish joyidan ma'lumotnoma talab etiladi.
O'rindoshlik bo'yicha ishga kirayotgan xodim pasportini, maxsus bilim, malaka talab etiladigan ishlarga qabul qilinayotganda ma'lu-moti haqidagi tegishli hujjat, qonunda maxsus ko'zda tutilgan hol-larda tibbiy ko'rikdan o'tganligi va topshirilayotgan ishga yaroqliligi haqidagi tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgach, yozma mehnat shartnomasi tuziladi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning ish be-ruvchilari o'z xodimlarining o'rindoshlik bo'yicha ishlashlarini chek-lab qo'yishlari mumkin. Bunda xodim salomatligi, ishlab chiqarish-ning xavfsizligi, xodimning 18 yoshga to'lmaganligi, homiladorligi va boshqalar e'tiborga olinishi mumkin.
O'rindoshlik bo'yicha ish to'g'risidagi ma'lumotlar xodimning iltimosiga ko'ra, asosiy ish joyidagi ma'muriyat tomonidan uning mehnat daftarchasiga yozib qo'yiladi. Qonunda maxsus ko'rsatib qo'yilgan hollardan tashqari, ayni bir vaqtda ikki joyda rahbarlik lavozimida o'rindoshlik asosida ishlashga yo'l qo'yilmaydi.
Xodimlarning ayrim toifalari uchun o'rindoshlik bo'yicha ish-lashning o'ziga xos xususiyatlari belgilab qo'yilgan (maktab mual-limlari, tibbiyot xodimlari, konsertmeystrlar, madaniyat xodimlari va boshqalar). O'rindoshlik bo'yicha ishlayotgan shaxs o'rniga doimiy xodimni ishga qabul qilinishi munosabati bilan o'rindoshlik vazifa-sidan bo'shatib yuborilishi mumkin.
Uyda ishlovchilar (kasanachilar) bilan tuziladigan mehnat shart-nomasi. Ish beruvchi o'z xohishi bilan uyda ishlashni xohlovchi xodimlar bilan ham mehnat shartnomasi tuzishi mumkin. Bunday holda xodim o'z asbob-uskunalari va ishlab chiqarish vositalaridan foydalangani holda, o'z uyida ish bajaradi. Ish beruvchi xodimni o'z vaqtida xomashyo va boshqa zarar vositalar bilan ta'minlaydi, tayyorlangan mahsulotlarni qabul qiladi, hisobini yuritadi va belgilangan ish haqi to'laydi.
O'zbekiston sharoitida xalq hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash yuzasidan uyda ish bajarish birmuncha keng tarqalgan. Uyda ish bajarish paytida boshqa ishlab chiqarish faoliyatlari ham amalga oshirilishi mumkin. Uyda ishlovchilar bilan ham umumiy asoslarda mehnat shartnomasi tuziladi, ishga qabul qilish rasmiy-lashtiriladi va mehnat daftarchasi yuritiladi. Ular ham korxonaning bevosita o'zida mehnat qiluvchi xodimlar bilan teng asoslarda meh­nat huquqlaridan foydalanadilar.
Uyda ish bajarish yuzasidan shartnoma tuzilganda homilador va yosh bolasi bo'lgan ayollar, nogironlar, pensionerlar, qaramog'ida parvarishga muhtoj bemor oila a'zolari bo'lgan xodimlar, o'quv yurtlarining kunduzgi bo'limlarida ta'lim oluvchilar va boshqalar afzallikdan foydalanadilar. Uyda ish bajarish yuzasidan mehnat shart-nomalari zarar uy-joy maishiy sharoitlariga ega bo'lgan, sanitariya va yong'in xavfsizligi talablariga ega sharoitlar mavjud bo'lganida tuzilishi mumkin. Bunda uyda ish bajarilishi qo'shnilar osoyishtaligiga, sog'-lig'iga va xavfsizligiga putur yetkazmaydigan holda bo'lishi lozim.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish