Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning muddati qoidaga ko'ra, cheklanmaydi va taraflar uni bekor qilish istagini bildirmagunla-riga qadar amal qilaveradi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 75-moddasiga muvofiq mehnat shartnomalari:
—nomuayyan muddatga;
—besh yildan ortiq bo'lmagan muayyan muddatga;
—muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'ljallab tuzilishi mumkin.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko'rsatilmagan bo'lsa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan, deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo'ljallanib qayta tuzilishi mumkin emas.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ish beruvchilar tashab-busiga ko'ra muddatli mehnat shartnomasi tuzishlik cheklangan bo'lib, obyektiv holatlar taqozo etganda va ishning xususiyatiga ko'ra nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi tuzish mumkin bo'lmagan hoUardagina muddatli mehnat shartnomasi tuzilishiga yo'l qo'yiladi (Mehnat kodeksining 76-moddasi).
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining plenumining 1998-yil 17-apreldagi «Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarni qo'llanishi haqida»gi 12-qarorining 5-bandida aytilishicha:
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, muddatli mehnat shartnomasi faqat MKning 76-moddasida belgilangan holatlar bo'lganligi sababli nomuayyan muddatga mo'ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo'lmagan hollarda tuzilishi mumkin.
Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishga quyidagi holatlar mavjudligida yo'l qo'yilishi mumkin:
—bajariladigan ishning tafsilotiga ko'ra bajarish uchun xodim olingan ishni ma'lum bir muddat o'tgandan keyin obyektiv sabablarga ko'ra davom ettirishning imkoni bo'lmasligi oldin-dan ma'lum bo'lganda, ya'ni u muddatli xarakterga ega bo'lsa;
—bajarish uchun xodim olingan ishni bajarish shartlari. Bunda ish doimiy xarakterga ega bo'lsa-da, uni bajarishning shartlari xodim bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi tuzishga to'sqinlik qiladi (qonunlarga muvofiq xodimning ish joyi va boshqalar saqlanadigan, mehnat va ijtimoiy ta'tillarda bo'lgan vaqtiga boshqa xodimni ishga qabul qilish);
—xodimning manfaatlari, ya'ni u yoki bu holatlarga ko'ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi xodimning manfaatlariga asoslangan bo'lganda.
Nazarda tutish kerakki, MKning 76-moddasida keltirilgan xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish to'g'risidagi ro'yxat qat'iy chegaralangan. Agar xodim bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi MKning 76-moddasi talablarini hisobga ol-magan holda tuzilgan bo'lsa, bunday holda shartnomaning muddati haqidagi shartlari haqiqiy emas deb topiladi, xodim esa ishga nomuayyan muddatga birinchi ish kunidan boshlab qabul qilingan hisoblanadi1.
Muddatli mehnat shartnomasi muddatining tamom bo'lishi shartnoma taraflariga belgilangan tartibda mehnat munosabatlarini bekor qilish huquqini beradi. Muddatli mehnat shartnomasi muddatining tamom bo'lishi bilan bir hafta davomida tomonlardan hech bin uni bekor qilish tashabbusini ilgari surmasa, bunday shartnoma o'z-o'zidan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasiga aylanadi. Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan awal tomonlardan birining aybi bilan bekor qilingudek bo'lsa, mehnat shartnomasi (kontrakt)da nazarda tutilgani holda aybdor tomondan ikkinchi taraf foydasiga neustoyka undirilishi mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mehnat shartnomasi nima?
2. Mehnat qilish huquqini amalga oshirishda mehnat shartnomasining
ahamiyati qanday?
3. Mehnat shartnomasi tomonlari kimlar?
4. Mehnat shartnomasi qanday shaklda tuziladi?
5. Mehnat shartnomasining asosiy shartlari nimalardan iborat?
7. Mehnat shartnomasining qo'shimcha shartlari haqida so'zlab bering.
8Mehnat shartnomasining muddati bo'yicha qanday turlari mavjud?
8-bob MEHNAT SHARTNOMASI TUZISH VA ISHGA QABUL QILISHNI RASMIYLASHTIRISH