О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet20/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Mehnat shartnomasining shakli, mazmuni va amal qilish mud-datlari. Mehnat shartnomasi unda ishtirok etayotgan taraflarning, birinchi navbatda, xodimning manfaatlarini real va samarali tarzda ta'minlash maqsadida faqat yozma ravishda tuzilishi lozim. O'zbe­kiston Respublikasi Mehnat kodeksining 74-moddasida aytilishicha, «Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi».
Mehnat shartnomasining shakli. O'zbekiston Respublikasi hu-kumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shartnomani hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi «O'zbekiston. Respublikasining Mehnat ko-deksini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi qarorining 1 -ilovasida «Yozma holdagi meh­nat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar» bayon etilgan bo'lib1, unda yozma shakldagi mehnat shartnomasi (kon­trakt) ni tuzish paytida amal qilinishi talab etiladigan zaruriy ko'rsat-kichlar belgilab qo'yilgan.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo'lgan ikki nusxada, odatda, davlat tilida, zarur hollarda esa xodim tushunadigan boshqa tilda ham tuziladi va tomonlar imzolaganlaridan so'ng kuchga kiradi, ularning har biriga saqlash uchun beriladi. Mehnat shartnomasi ishga qabul qilish vakolatiga ega bo'lgan rahbar tomonidan imzo-lanib, uning imzosi korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Shartnomada tomonlarning manzillari, boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi.
Qonun mehnat shartnomasi, albatta, yozma ravishda tuzilishi shart ekanligini belgilar ekan, Mehnat kodeksi amalga kmtilgandan keyin (1996-yil 1-apreldan boshlab) yuzaga kelgan mehnat munosabatlariga bu qoidalar tadbiq etilishini, undan awal yuzaga kelgan mehnat shartnoma munosabatlari taraflardan biri talab qil-gani taqdirdagina yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi shaklida qayta rasmiylashtirilishi lozimligini nazarda tutadi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning yuqorida eslatilgan huku-mat qarori asosida tasdiqlangan namunaviy shakliga (qarorning 2-ilovasi) muvofiq har bir xalq xo'jaligi tarmog'ida yoki korxona va tashkilotlarning o'zida shartnoma (kontrakt) shakli ishlab chi-qilishi, har bir xodim bilan o'rnatilayotgan mehnat munosabat-larining o'ziga xos xususiyatlari (o'ziga xos huquqlar va majburiyatlar doirasi) e'tiborga olingan holda qo'llanishi mumkin.
Kelgusi davrlarda mehnat shartnomasiga o'zgarish va qo'shim-chalar uning tomonlari o'zaro kelishuviga muvofiq tarzda yozma shartnomaga kiritiladi va tomonlar imzosi bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi mazmuni deganda, unga ko'ra, tomonlar qo'lga kiritayotgan huquqlar, o'z zimmalariga olayotgan majbu­riyatlar majmuyi tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida (73-modda) hamda O'zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan tasdiqlan­gan «Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuza­sidan tavsiyalar» da ko'rsatilganidek, mehnat shartnomasi (kon­trakt) zarur shartlar va qo'shimcha shartlarni o'z ichiga oladi.
Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi:
1) ishjoyi — xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo'linmasi)ning nomi;
2) mehnat funksiyasi — mazmuni lavozim yo'riqnomalari, ma-laka majburiyatlari va boshqa normativ hujrjatlar bilan belgilangan muayyan mutaxassislik, malaka yoxud lavozim bo'yicha ish (rahbar-lar, mutaxassislar va xizmatchilarning hamda boshqalarning yagona tarif-malaka ma'lumotnomasi, malaka ma'lumotnomalariga mu­vofiq);
3) ish boshlanadigan кип — qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanishi sanasi qayd etilmagan bo'lsa, xodim shart-noma imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) ke~ chikmay ishga tushishi shart;
4) mehnatga haq to'lash miqdori va boshqa shartlar. Mehnatga haq to'lash miqdori tomonlarning kelishuviga ko'ra belgilanadi va qonun huijatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo'lishi va eng ko'p miqdor bilan chegaralanishi murnkin emas.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim mehnat shartnomalari (kontrakt)ni tuzishda zarur shartlar ro'yxati kengay-tirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi (kon­trakt) tuzishda ishning boshlanishi sanasigina emas, balki uning tamom bo'lish sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni bajarish davriga ishga qabul qilishda xodim amalga oshirishi uchun qabul qilinayotgan aniq ish ko'rsatiladi. O'rindoshlar bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda qonun hujrjatlari bilan nazarda tutilgan eng ko'p muddat doirasida kundalik ishning aniq muddati belgilanadi. Tomonlarning kelishuviga ko'ra, mehnat shartnomasi (kontrakt)da qo'shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning majburiyatlarini aniqlash, ularni to'ldirish, xodimga qo'shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin.
Qo'shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
—xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda YTMM (yagona tarif-malaka ma'lumotnomasi) va MM (mansab ma'lumot-nomasi)da nazarda tutilgan qo'shimcha mehnat majburiyatlari yuklash;
—bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko'rsatilgan holda mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mustaqil sharti sifatida bir necha kasb (lavozim)da ishlash;
—agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo'lsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha), xodimning yuqori malakasi, agar bu amaldagi qonun hujjat­larida, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi bitimlarda) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiiuvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda murakkabroq ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan mehnatga haq to'lash (tarif stavkalari, lavozim maoshlari, qo'shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorlarini yakka tartibda belgilash;
—xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi (to'liqsiz ish kuni, to'liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom bo'lishi va boshq.); qo'­shimcha (haqi to'lanadigan va haqi to'lanmaydigan) dam olish kunlari, ta'tillar berish;
- ijtimoiy-maishiy tusdagi sharoitlar (bolalar bog'chasida o'rin, sanatoriy-kurortda davolanishga yo'llanma ta'minlanishi, trans­port xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsu-lotlari bilan ta'minlash, uy-joy berish va boshq.);
—muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollari muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to'lash.
Xodimlarning alohida toifalari uchun shartnomaning qo'shimcha shartlari: pul yoki moddiy boyliklarga xizmat ko'rsatuvchi shaxslar uchun to'liq moddiy javobgarlik sharti; korxona rahbarlari uchun mehnat shartnomasini to'xtatishning qonunchilikda nazarda tutilgan qo'shimcha asoslari va h.k. shartlar. Xodim ahvolini qonunlardagidan yomonlashtiradigan holatlar mehnat shartnomasiga kiritilishi mum­kin emas.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish