Birinchidan, u hali partiya rahbari va siyosiy yetakchi sifatida omma ichiga kirib ulgurmagan, xalqning alohida e'tiborini qozonol-magan edi.
Ikkinchidan, «Erk» demokratik partiyasi dasturlari, partiya rahbariyatining omma orasidagi chiqishlari torn ma'noda jamiyatni tubdan isloh qilish va uni butunlay yangi o'zanga burib yuborishga qodir emasligini xalq yaxshi tushunib olgan edi. Partiya xulosalari, islohotlar uchun taklif etgan mulohazalari hayotiy jihatdan ham, ilmiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham yetukligiga hech kim kafolat bermas edi. Aksincha, ularning o'zlari ortiqcha shovqin-suron va dabdabalar bilan sun'iy ravishda o'z numzlarini oshirishga intili-shardi.
Uchinchidan, Prezident Islom Karimov esa mamlakat jar yo-qasiga borib qolgan eng qiyin va ziddiyatli paytlarda o'z iqtidori-ni ko'rsata olgan, o'z fikrining va g'oyasining to'g'riligiga xalqni ishontira bilgan edi. Bu, ayniqsa, Sobiq Ittifoq tarqalishi oldidan yuz bergan jiddiy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar - millatlararo nizolar, qonli to'qnashuvlar va eng muhimi Moskva bilan Toshkent o'rtasidagi siyosiy kurashlarda yaqqol ko'zga tashlangan edi. Xalq mamlakat-ga xuddi ana shunday rahbar zarurligini, uni har jihatdan qo'llab-quvvatlash kerakligini anglab olgan edi. Saylovlar arafasidagi barcha siyosiy o'yinlar, jizzakiliklar, zarda qilishlar va boshqa xatti-harakatlar ayni ana shu hayotiy haqiqatni tan olmaslikdan, hokimi-yatga egalik xuruji tobora kuchayganidan, mansab va kursiga jon-jahdi bilan intilish jazavasidan kelib chiqqan edi.
Ko'p nomzodli Prezident saylovlari bugungi hodisa emas. Bu jahon tajribasida bor va demokratik tamoyillar qaror topgan dunyo-ning juda ko'p mamlakatlarida qat'iy tartib va an'anaga aylangan voqelik.
Biroq ularda saylovlar yuksak siyosiy madaniyat, oshkora, ro'yi-rost faoliyat asosida o'tadi. Bir necha partiya, harakat va boshqa siyosiy guruhlar nomzodlari saylovda bir yo'la ishtirok etsalar-da, ta-biiyki, ularning faqat bittasi Prezidentlikka saylanadi. Qolganlar esa yana go'yo hech narsa bo'lmaganday o'z faoliyatlarini davom etti-raveradilar. Umumiy manfaat - mamlakat va xalq manfaati yo'lida birlashib ketadilar. Ichki adovat, kek saqlash, oxir-oqibatda esa davlat to'ntarishini amalga oshirishga bormaydilar. Bu o'sha nomzodlar-ning ham, ular tarafdorlarining ham va umuman mamlakatda qaror topgan demokratik tamoyillarning ham ma'naviy qiyofasini, siyosiy madaniyatini belgilaydi.
1991-yilgi Prezident saylovlari xalqimizni ko'p narsaga o'rgatdi. «Meni saylang, meni saylang» qabilidagi bozorchilikni ham, har qanday tashkiliy-siyosiy ishlardan xatoliklar qidirish yo'li bilan «suvni loyqalatish» holatlarini ham ko'rdi. Biroq, u sobiq SSSR hukumati jazavaga tushgan, kichik xalqlarga zug'um qilayotgan bir paytda o'z hukumatining qat'iyat bilan ishlaganidan, Moskva -Toshkent o'rtasidagi siyosiy «jang»larning ko'pidan xabardor edi.
Mamlakatda sog'lom g'oya, ochiq siyosiy hayot qaror topayotga-nini ko'rib turardi. Mustamlakachilikdan ozod bo'lish va mustaqil-likni e'lon qilishdagi jasoratini qadrlar va ana shunday hukumatga yashash qanchalik qiyin, mashaqqatli bo'lmasin, imon-e'tiqodi bilan ishonar edi. Shuning uchun ham u saylov kompaniyasi paytida turli siyosiy nayranglarga uchmadi.
Mamlakatda vujudga kelgan vaqtinchalik tanglikdan foyda-lanishga urinishlar ana shunday qizg'in tus oldi. Mustaqillikning dastlabki yillari ijtimoiy-siyosiy jihatdan xalqimizga bir qator qiyin-chiliklar keltirdi. G'oyaviy muxoliflar esa o'z xatti-harakatlari bilan uni tobora chigallashtirishdi, mamlakatda ma'naviy-ruhiy vaziyatni murakkablashtirishdi. Ana shunday qiyin va ziddiyatli bir paytda O'zbekiston hukumati masalaga jiddiy qaradi. Buni Prezident Islom Karimovning 1993-yil 2-3-iyul kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlis-ning X sessiyasida so'zlagan nutqida yaqqol ko'rish mumkin: iqtisodiy tanglik davrida nizo chiqarish juda oson. Gugurt chaqilsa bas - ho'l-u quruq baravar yonib ketishi mumkin. Men bu gapni ilgari ham ko'p marta aytganman, lekin bugun, azizlar, birodar-lar, boshqa qo'shnilarimizning ahvolini ko'rib, yana bir marta takrorlashga majburman. Sizlarni, sizlar orqali barcha vatan-doshlarimizni hushyorlikka da'vat etmoqchiman.
Fuqarolar to'qnashuvi bo'layotgan mintaqalarda odamlar nobud bo'lyapti, qon to'kilyapti, xalq xo'jaligi yuz millionlab so'm zarar ko'rmoqda, mol-hol qarovsiz, dalalar ekinsiz qolib ketmoqda.
O'zbekistonning yo'li shuki, biz tinchlik va osoyishtalikni saqlab, bozor iqtisodiyotiga o'tishni shoshmasdan, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratib berib, ana undan keyin amalga oshirishga bel bog'ladik.
Quruq va'dalar, jizzakilik, siyosiy jazavalar payti o'tdi. Bugun xalqimizga tinchlik va osoyishtalik kerak. Oldin qorinni to'yg'azib, ishning sarhisobini qilib, to'g'ri yo'lni tanlab, bozor iqtisodiyoti uchun zamin hozirlab, undan keyin siyosiy bahslar bilan shug'ullanish mumkin. Oldin hammamiz bir bo'lib, bir tan-bir jon bo'lib, ertangi kun harakatini qilaylik».
O'z yo'liga sobitlik, qat'iyat va iroda eng og'ir paytlarda mustaqillik degan oliy ne'matni asray oldi. Darhaqiqat, xalq orzu-umidi va ehtiyojlari bilan davlat siyosatining uyg'unligi ta'minlanmasa bunday taraqqiyotning umri qisqa bo'ladi. Har qanday sharoitda ham o'tish davrida davlat siyosatida qat'iy iroda, qarama-qarshi fikrlar-ga to'g'ri munosabat, zarur kelganida esa «diktatura» ko'rinishidagi qattiqqo'llik, qat'iy talab ehtiyoj darajasiga ko'tariladi. Ana shu ehtiyoj qondirilgan taqdirdagina jamiyatda barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot, ma'naviy ravnaq qaror topadi.
Demokratiya ishqibozlari o'z faoliyatlaridagi jiddiy nuqsonlar-ni, g'oyaviy kemtiklikni va tashkiliy noshudlik illatlarini jazavalar-u vasvasalar bilan niqoblashga qanchalik intilishmasin, qaysidir da-raj ada mavjud siyosiy rejim oqibatida vujudga kelgan nuqsonlar-dan jabr tortayotgan, iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan aholining ikkilanishlaridan, ichki norozilikla-ridan ustomonlik bilan foydalanmoqchi bo'ldilar.
Ya'ni, haqiqatga tashna, yaqin o'tmishdagi to'rachilik va ma'muriy-buyruqbozlik illatlaridan zada bo'lgan, tobelik va mute-lik, qo'rquv va hadik ezib yuborgan xalqning sabr kosasi to'lgan bir sharoitda u kimgadir ergashishga muhtoj edi. O'zlarini millatparvar qilib ko'rsatishga intilganlar aholining ana shu kayfiyatidan foydala-nishga, shu yo'l bilan nimalargadir erishishga intilishardi.
Ularning o'z iboralari bilan aytganda, muxolifat sifatida may-donga chiqishlari jamiyat hayotida ijobiy hodisa ekanligi ma'lum. Chunki har qanday jamiyatda muxolifatning mavjudligi fikr-lar xilma-xilligi, dunyoqarashlar turlichaligi, g'oyalarning rang-barangligiga olib keladi va oxir-oqibatda eng sog'lom fikrni tan-lashga, eng sog'lom g'oyalarga ergashishga imkon beradi. Biroq, bu jamiyat hayoti bir tekis ketayotgan, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ma'lum bir izga tushgan, jamiyat taraqqiyotini yo'naltiruvchi kuch -omma flkri mustahkam va yagona zanjirga aylangan bir paytda samara berishi mumkin.
Biroq, yuqorida aytganimizdek, jamiyat bir holatdan ikkinchi holatga o'tayotgan bir sharoitda barcha kuchlarni birlashtirish, umu-miy manfaat yo'lida birlashib kurashish singari yuksak siyosiy madaniyat, xalq va mamlakat oldidagi nihoyatda og'ir mas'uliyat milliy ravnaq va iqtisodiy barqarorlikning asosidir.
Afsuski, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatgan, o'zlarini muxolifat deb bilgan siyosiy kuchlar ana shu muhim holatga baho bera olma-dilar. O'zbekiston mustaqillikka erishgach endi mamlakat hayotida jiddiy o'zgarishlar yuz berishi mumkinligi, uning xoh ijobiy, xoh salbiy oqibatlari bo'lmasin, hamma uchun birday tegishli ekanligini anglay olmadilar. Ular faoliyatida siyosiy va hayotiy mantiqning eng oddiy ko'rinishlari ham ko'zga tashlanmadi. Buni nimalarda ko'rish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |