O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet172/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

«O`zbek modeli» si­fatida kirdi va uni yangi mazmun bilan boyitdi.
Hamma vaqt bo'lgani kabi o'tish davrida barcha tarixiy jarayon-lar, voqeliklar va yangilanishlar bevosita unga rahbarlik qilayotgan, uni boshqarayotgan shaxs nomi bilan bog'liq.
Ana shu tarixiy haqiqatdan kelib chiqib aytish mumkinki, Pre­zident I. Karimovning jamiyatni tubdan yangilash nazariyasini va keng miqyosli faoliyatini insoniyat tarixining turli davrlarida, turli mamlakatlarida yuz bergan tub o'zgarishlar, keskin burilishlar hodi-sasiga qiyoslash mumkin.
Prezident I. Karimov O'zbekiston jamiyatni tubdan yangilash nazariyasi va ko'p qirrali islohchilik faoliyati jihatidan Amerika Qo'shma Shtatlari davlatining asoschisi va uning birinchi Prezidenti Jorj Vashington, Amerika iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ilmiy-nazariy va amaliy ta'sir ko'rsatgan islohotchi, Prezident Avraam Linkoln, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiya nazariyasining asoschilaridan biri, Prezident Tomas Jeferson, Indoneziyada mus-tamlakachilikka qarshi kurashgan, milliy birlik va mamlakat taraq-qiyotining turli bosqichlari to'g'risida qator asarlar yozgan Ahmad Sukarnolar bilan bir qatorda turadi. Fransiyada Sharl de Goll, Hin-distonda Javoharla'l Neru, Mahatma Gandi, Turkiyada Mustafo Kamol Otaturk, Seylonda Salomon Bandaranakiye, Misrda Jamol Abdul Nosir va boshqalar o'zining siyosiy faoliyati, yangilanishlar konsepsiyasini ishlab chiqishi bilan jahon taraqqiyotida qanchalik kuchli ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, Prezident I. Karimovning davlat siyo­satini inson manfaatlariga xizmat qildirish, tinchlik madaniyatini qa-ror toptirish, ijtimoiy hamkorlik doiralarini kengaytirish borasidagi qarashlari, amaliy konsepsiyalari dunyo ijtimoiy-siyosiy jarayonla-rining insoniylashuvi tendensiyalarini mustahkamlashda shunchalik muhim hissa bo'lib qo'shilmoqda.
O'zbekistonda davlat tuzumi va jamiyatni tubdan yangilash ja­rayoni o'tgan davrda dinamik tarzda rivojlanib, takomillashib bordi. Tub islohotlar nazariyasi davlat - jamiyat - inson tizimida vujudga keldi va ravnaq topdi. Bu tizim quyidagi yangilanishlar hosil etuvchi yo'nalishlarni qamrab oladi:
- o'tish davrida davlat va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy xaotik holatlarni tartibga solish, anomiya holatlarini jamiyat tomonidan qa­bul qilingan umumiy me'yorlarga keltirish;
- yangi davlatchilik tizimini vujudga keltirish;

  • iqtisodiy sohada tarkibiy o'zgarishlarni tadrijiy amalga oshi­rish;

  • ijtimoiy himoya tizimimng mson va oila manfaatlariga eng

maqbul va samarali xizmat qildirish;

  • milliy xavfsizlik va mudofaa konsepsiyasini tinchlik va barqa-rorlikka xizmat qildirish;

  • ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy muhitni erkinlashtirish;

  • qadriyatlar ustuvorligi;

- ma'naviy-ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi
ekanligini asoslash;
- tarixiy xotirani tiklash va istiqlol tarixini yaratish;

  • o'zgarayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqelikni anglash va ogohlikka da'vatning yalpi idrok etilishi;

  • milliy istiqlol g'oyasining ishlab chiqilishi va uning jamiyatni ulug' maqsadlar yo'lida uyushtiruvchilik rolining asoslanishi;

  • jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, diniy, e'tiqodiy va siyosiy maslakdagi fuqarolar o'rtasida ijtimoiy murosa muhitini shakllanti­rish;

- tolerantlik va ijtimoiy hamkorlik vaziyatni vujudga keltirish va boshqalar.
Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur «Kuch-qudratimizga shubhangiz bo'lsa, biz qurgan binolarga boqing», degan edilar. Dar-haqiqat, mamlakatni obod qilgan, yurtini fayziyob etgan, Vatanini ulug'lagan millat ma'naviy jihatdan barkamol, istiqboliga qat'iy ishongan xalq bo'ladi. Bunday xalq o'z tarixini shon-u shavkatga burkaydi.
Mustaqillikning qiyin va mashaqqatli davrida kelajakka qat'iy ishonch bilan qaragan xalqgina bunday keng miqyosdagi vazifa-larni amalga oshirishi mumkin. O'tish davrining o'ziga xos qiyin-chiliklarini yengib, har kuni kutilmagan muammolar paydo bo'lib turgan bir paytda mayda yumushlar va kundalik tashvishlar girdo-bida qolib ketmay, istiqbol yo'lini tanlagan xalqning kelajagi buyuk bo'lishi tabiiy. Bunday millat dunyo xalqlari bilan tengma-teng mu­loqot qila oladi, jahon hamjamiyatidan o'ziga munosib o'rin egal-laydi. Bunday xalqni aslo yengib bo'lmaydi! Zotan, ma'rifat, mada­niyat, ma'naviyat nuri bilan yo'g'rilgan vatanparvarlik hissi, Vatan tuyg'usi har qanday kuchdan g'olib kelguvchi mo'jizakor qudratdir.


Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish