Fransiyadagi eng nufuzli advokatlik kompaniyalaridan binning huquqni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha yuridik boshqar-masi direktori A. Buana quyidagilarga e'tibor qaratdi: «Наг qanday davlatda demokratik institutlarni rivojlantirish jarayoni nodavlat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy instimtlari tizimidagi o'rni va ahamiyatini qayta idrok etishga xizmat qilishi kerak. Shu bois qabul qilingan mazkur qonun huquqiy davlatning muhim institutlari bo'lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari huquqlarini himoyalash-ning ishonchli vositasiga aylanadi. Bu hujjatning qabul qilinishi, shubhasiz, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi islohotlarni amalga oshirishi va umuman jamiyatni modernizatsiyalashdagi bosqichma-bosqich va oqilona yondashuv natijasidir. Davlat tomonidan NDT huquqlarini ijroiya hokimiyati organlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan himoyalashning barcha kafolatlari yaratilgan. Bu esa o'z navbatida jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga hissa qo'shadi».
Ispaniya qirolligining Fransiyadagi elchixonasi siyosiy ma-salalar bo'yicha maslahatchisi K. Ruiz de Velaskoning ta'kid-lashicha, O'zbekistonda qabul qilingan «Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi Qonun davlat tomonidan NNTga ko'rsatilayotgan ko'makning ajralmas qismi va mamlakat demokratik taraqqiyotining muhim omilidir. U NNTlar faoliyatini ijtimoiy yo'naltirilganligini rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi. Aytish joizki, mazkur qonun moddalariga yetarli darajada amal qilinishi ushbu tashkilotlarning ijtimoiy faoliyatini erkinlashtirib, ularning huquqlarini ta'minlash va himoyalashning qonuniy kafolatlari-ni yaratadi. Mamlakat hukumati tomonidan ko'rsatiladigan bunday yordam huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.»
Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy fanlar akademiyasining Shar-qiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyo sektori mudiri Sun Chjuanchji:
«Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to'g'ri-sida»gi Qonun O'zbekiston Respublikasining siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim hujjatdir. Ushbu hujjat mamlakat millatlar-aro va dinlararo totuvlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi islohotlarni amalga oshirishning o'z yo'lini tanladi. Yangi qonun buning yorqin tasdig'i bo'lib, men uning quyidagi jihatlarini alohida qayd etishni istardim.
Birinchidan: davlat qonunchilikka muvofiq nodavlat va notijorat tashkilotlarining axborot izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqini ta'minlaydi. Bundan tashqa-ri, intellektual faoliyatning obyektiv aks etgan natijalari va uni indi-viduallashtirish vositalariga egalik qilish huquqini ham kafolatlaydi-ki, bu yuqorida aytib o'tilgan tashkilotlar erkin va mustaqil ravishda ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan: davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar shaklida nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatiga ko'maklashishi mumkin. Qator mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ko'plab bunday tuzilmalar xorijiy tashkilotlardan moliyaviy yordam olib, asosan hu-kumatga qarshi qaratilgan faoliyat bilan mashg'ul bo'lib turgan bir paytda O'zbekistonda qabul qilingan qonun NNTlarning rivojlanishi uchun asos va imkon yaratib, ular bilan hukumat o'rtasida yaqin alo-qalar o'rnatilishiga xizmat qiladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |