O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet53/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Uchinchidan, hurriyatga munosabatda ham boshqalardan ando-za olish, mamlakat tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik rahbarni ham, aholini ham, butun mamlakatni ham boshi berk ko'chaga kiritib qo'yadi. G'arb demokratiyasini Sharq mamlakatlarida ko'r-ko'rona joriy etish mumkin emas. Unga taqlid qilish kutilmagan fojialarga olib kelishi mumkin. Buning achchiq natijalarini Tojikiston misolida ko'rdik. Erkinlik niqobidagi boshboshdoqlikka yo'l berish, davlat va boshqaruv apparatining behad kuchsizlanishi va bo'shashib ketishi, hokimiyat jilovining o'z holiga tashlab qo'yilishi ming-minglab xo-nadonlar boshiga kulfat keltirdi.
To'rtinchidan, odatda yakka-yakka shaxslarning ruhiy kechin-malari, xatti-harakatlari va fe'l-atvoridan umumjamiyat kayfiyati, uning ma'naviy qiyofasi shakllanadi. Mustaqillik hayotimizga to­bora chuqurroq kirib borayotgan, yangicha ma'naviy, siyosiy muhit shakllanayotgan bir paytda bu muhim ahamiyat kasb etadi. Endi har galgidan ham hushyorroq bo'Hshimiz, qo'lga kiritgan buyuk ne'matni asray olishimiz kerak.
Xatti-harakatlar, intilishlar har qanday sharoitda ham umumxalq manfaatini hisobga olib, unga tayansagina qadriyatga aylanadi. Qad-riyatlar esa bebaho mulk. Ularni xalq yaratadi, xalq baholaydi, o'zi asrab-avaylaydi. Demokratiya xuddi ana shunday buyuk ne'mat. Uni oliy qadriyat sifatida tushunish, unga bo'lgan munosabat har bir fuqaroning ichki madaniyatidan, ma'naviy-axloqiy qiyofasidan, demakki, butun millatning umumiy madaniy saviyasidan, siyosiy va ijtimoiy faolligidan dalolat beradi.
Muxoliflarimiz so'z va fikr erkinligi zarur, deb da'vo qiladilar, uzoq-yaqindan ayyuhannos solishadi. Biroq, ular hech narsa bilan chegaralanmagan so'z va fikr erkinligi noo'rin va beo'xshovgina bo'lib qolmay, balki u xalq boshiga cheksiz kulfatlar keltirishi ham mumkinligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Bu haq-da o'ylaganda beixtiyor atoqli faylasuf Andre Jidning «Erkin fikr-lash imkoniyatiga ega bo'lish uchun eng avvalo xatti-harakatlarimiz og'ir oqibatlarga olib kelmasligi kafolatiga ega bo'lmoq lozim», -degan so'zlari yodga tushadi.
Demokratiyani Prezident yoki hukumat bir farmon yo qaror bilan, parlament bir qonun bilan o'rnatib bermaydi. Uni xalq o'zi uchun o'z aql-idroki va zakovati bilan yaratadi.
Demokratiyani anglash - shaxsning hamma uchun birday zarur bo'lgan qonunlarga to'la rioya etish, aniq tartib-intizomga tayanib yashash salohiyati. Demokratiya bizni inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini asraydigan bar-cha qonunlarga bo'ysunib yashashni o'rgatadi.
Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy kategoriya emas. Ayni paytda u ma'naviy-axloqiy kategoriyadir. Demokratiya -bu hokimiyatsizlik yoki separatizm emas! U davlat birligi va Konsti-tutsiya asosidagi qat'iy tartib-intizomdir.
Erkinlik, demokratiya o'ziga hammani bo'ysundirmasligi, hammani zabt etmasligi, balki u aql-idrokka bosh egishi, uning yo'rig'ida yurishi lozim. Binobarin, biz eng avvalo erkinlikni, de­mokratiyani tarbiyalashimiz kerak. Chunki, u sog'lom fikrlar va shakllangan aql-idrok ta'sirida bo'lsagina bizni tarbiyalashi, jamiyat-ni sog'lomlashtirishi mumkin.
Qolaversa, har bir xalqning fikrlash darajasi voqea va hodisa-larga munosabati, uni baholash tarzi, o'zining tarixiy kelib chiqishi, qadimiy an'analar asosida shakllangan turmush tarzi va tabiati bilan belgilanadi. Qarb demokratiyasida ochiqdan-ochiq munosabat, Sharq demokratiyasida esa aksincha - andishalilik, G'arbda ota-onasini sensirash, Sharqda esa o'zidan kattalarga, rahbarga hurmat bilan qa-rash, aql bilan ish tutish an'analari mavjud. Umuman, hayot tarzi, an'analar hamma vaqt har bir mamlakat xalqlarining xulq-atvorini shakllantiradi. Xatti-harakatini, voqealarga munosabatini odatga ay-lantiradi, millatning qon-qoniga singib ketadi, ming bir hujayrasidan joy oladi. Demak, Mag'ribdagi turmush tarzini zo'rlab Mashriqqa tiqishtirish, Mashriq hayotini Mag'ribga ko'chirish mumkin emas.
Ayrimlar O'zbekistonni Amerika Qo'shma Shtatlari, Olmoniya, Fransiya, Angliya va boshqa bir qator mamlakatlardagi ahvol bi­lan solishtiradilar. Bu unchalik to'g'ri muqoyasa emas. Birinchidan, mazkur mamlakatlarda chinakam, risoladagidek demokratiya mav-judligiga hech kim kafolat bermaydi. Sababi, hayot borki, qaysidir darajada «tartibbuzarlik» sodir bo'ladi. Insonning tabiati shunday. Bunday holat fuqaro va davlat o'rtasidagi munosabatlarda ham, fu-qarolarning o'zaro munosabatlarida ham yuz bermoqda. Qolaversa, bu mamlakatlarda inson huquqlari, davlat va fuqaro o'rtasidagi mu­nosabatlar borasida to'plangan tajribalar, amalga oshirilgan ishlar ikki yuz va undan ortiq yillar mahsuli ekanligi hammaga ayon. Mus-taqil O'zbekistondan tarixan juda qisqa vaqt ichida G'arb davlatlari-dagidek keng miqyosli tadbirlarni amalga oshirishni talab etish aqlga sig'maydi. Odamlar dunyoqarashi, fikrlash tarzi va onglilik darajasi-ni bir kun yo bir yilda o'zgartirish sira mumkin emas.
Biroq, masalaning boshqa tomoni ham bor. Bu rivojlangan mamlakatlar mustaqillikka erishgan davr bilan bugungi kun ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining turlichaligi, odamlar dunyoqarashi va ong­lilik darajasidagi o'zgarishlarni taqqoslaganda yaqqolroq ko'rinadi. Mazkur rivojlangan mamlakatlarga nisbatan O'zbekistonda huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish jarayoni ancha tez, shiddatli-roq tarzda bormoqda.
Ana shundan kelib chiqib Prezident Islom Karimov «...demok-ratiya o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter to'kib, hayotning achchiq-chuchugini obdon totib, qiyin, aytish mumkinki, hatto fojiali tajribalarni ham boshdan o'tkazib, og'ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin», degan edi. Zero, ana shu juda murakkab jarayonga hamma va har bir kishi alohida tayyorgarlik ko'rishi, o'zini tayyorlab borishi, eng muhimi, o'zini o'zi ichki bir ma'naviy qudrat bilan tarbiyalab borishi kerak. De­mokratik o'zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni boshqarish-ni va hayotga tatbiq qilishni hamda ularni himoyalash zarurligini avvalambor jamiyatning o'zi anglamog'i darkor. Ana shuning o'zi bizning jamiyat oldidagi, yangilanayotgan hayot oldidagi va kelajak oldidagi vazifalarimizni belgilaydi.
Mustaqillik yillarida davlat hayotining yangi demokratik huqu­qiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, uning ma'no, mohiyati tubdan o'zgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi.
Davlat bozor munosabatlariga vazminlik bilan, puxta o'ylangan holda, bosqichma-bosqich o'tishni amalga oshirmoqda.
Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, mustaqillik yillarida xalqi-mizning o'z xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi shakllandi va qonun bilan mustahkamlandi. Jumladan, dunyo-da eng rivojlangan demokratik davlatlarda ham O'zbekistonda qabul qilingan «Saylovchilar huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi Qo-nunga o'xshash qonunlar yo'q.
1994-yil oxiri, 1995-yil yanvarida O'zbekiston tarixida birinchi marta mamlakat Parlamenti - Oliy Majlisga, mahalliy vakillik or-ganlariga ochiq, demokratik saylovlar o'tkazildi.
Saylovlar xalqimizning siyosiy saviyasi faolligi yuksalib bora-yotganini namoyish etdi. Yana shuni ta'kidlash lozimki, xalqning hayotiy tajribalariga, milliy va madaniy an'analariga mos tushadi-gan haqiqiy demokratiya tamoyillari qaror topmoqda. Umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi tobora mustahkamlanmoqda, yangi de­mokratik mezonlar hayotga tobora chuqurroq kirib bormoqda, inson haq-haquqlari va erki Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Millati, dini, siyosiy e'tiqodidan qat'i nazar, har bir fuqaro teng huquqqa egadir. Respublikada yashovchi aholi O'zbekistonni o'zining umumiy xona-doni ekanini tobora teran anglamoqda.
O'zbekiston hududida 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch va ahil yashayotgani quvonarli. Yoshlar Oliy o'quv yurtlarida, mak-tablarda 8 tilda ta'lim olishmoqda, ko'plab tillarda gazetalar chop etilmoqda, teleko'rsatuvlar va radio eshittirishlar olib borilmoqda. 2007-yilga kelib respublikada yashovchi millat va elatlarning man-faatini ifoda etuvchi 180 ga yaqin milliy madaniy markazlar ishlab turibdi.
Fuqarolarning diniy e'tiqod erkinligi huquqiga amal qilin-moqda, respublikada yigirmaga yaqin diniy konfessiya faoliyat ko'rsatmoqda.
Yuqoridagilar shubhasiz islohotlar jarayonida respublikada yangi demokratik siyosiy tizimning asoslari yaratilganini yaqqol ko'rsatib turibdi.
Ma'lumki, jamiyatni modernizatsiyalash va erkinlashtirishda nodavlat-notijorat tashkilotlaraing roli katta. 2007-yil 4-yanvar kuni kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining «Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi qonun katta tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu qonun jahon jamoatchiligida ham qiziqish uyg'otdi. Jumladan, «Fridrix Shpeye Akademiyasi» jamoat tashkiloti direktori o'rinbosari doktor Y. Lyuk (GFR) jumladan bunday deydi: «Yangi qonunning asosiy ustunliklariga uning sakkizinchi moddasida aks ettirilgan qoidalarni kiritish mum­kin. Ularda, xususan davlat tomonidan nodavlat va notijorat tashki-lotlarining (NNT) axborot izlash, olish, tadqiq etish, undan foyda-lanish va saqlash huquqining ta'minlanishi ko'zda tutilgan. Qonun davlat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning nodavlat tashkilotlari (NDT) va ularning xodimlariga faoliyat yuritishga ko'maklashish borasidagi majburiyatlarini aniq belgilab bergan. Ushbu hujjat davlat va nodavlat sektori o'rtasida aloqalarni yanada yaxshilashga qaratil-gan. Subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar berish kabi mexanizm-lar davlat muassasalari bilan fuqarolik jamiyati o'rtasidagi hamkorlik samarasini oshirishga xizmat qiladi».

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish