Referat mavzu: ­­­­­­­­­­­­­



Download 41,09 Kb.
bet1/5
Sana01.07.2022
Hajmi41,09 Kb.
#727572
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat Umumiy Pedagogika Do\'stmurodov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI

9-2 MUZS GURUH TALABASI DO’STMURODOV DOSTON

UMUMIY PEDAGOGIKA”FANIDAN



REFERAT
MAVZU: ­­­­­­­­­­­­­_________________________________________
__________________________________________________


BAJARDI: DO’STMURODOV. D.U
TEKSHIRDI: ISMATOV.SH.U
BUXORO-2022
MAVZU: AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
REJA:
1.AHMAD YASSAVIY TARIQAT ASOSCHISI SIFATIDA
2.AHMAD YASSAVIYNING TA’LIM TO’G’RISIDAGI G’OYALARI
3.AHMAD YASSAVIYNING KOMILIKKA INTILISHI

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog’ida SHayx Ibrohim xonadonida tug’iladi. Yetti yoshida otasidan, so’ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, shuningdek, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’z asoslagan g’oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri “Qur’on” g’oyalari va payg’ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi.


Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:


Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on,
Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yi sung’on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on,
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on,
Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda qolgan,
Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.
Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam,
Oqil ersang g’animatdur senga shul dam
Omonatdir aziz joning yurma beg’am,
Eshitib o’qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.

Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo‘lsin, xoh yirik ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin mohiyatan pedagogikaga uyg‘un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir


. Tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri Xoja Ahmad Yassaviy dir .Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo‘lgan. Yassaviy tug‘ilgach, ko‘p o‘tmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg‘ul bo‘ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko‘chib borgach, 1-ustozi Arslon bob bilan uchrashadi va undan tahsil oladi («yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim...»). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o‘zlashtirgan. O‘sha zamonlarda ilmma'rifatning Movarounnahrdagi markazlaridan bo‘lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig‘ilishgan. Arslon bob ko‘rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sufiysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o‘rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak bo‘lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o‘rin oladi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tasavvuf ta’limoti va nomdor so‘fiy olimlar haqida qayd etar ekan, Yassaviy to‘g‘risida «Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob g‘oyatsiz va shohu gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish», — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. XI asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan tasavvuf ta’limoti diniy ta’limot bo‘libgina qolmay, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega, o‘ziga xos ta’limiy va tarbiyaviy g‘oyalarni jamlagan yo‘nalish bo‘lgan. Tasavvuf ta’limotida ustoz va shogirdlik an’analariga qat’iy amal qilingan, hur fikrlilik va odamiylik fazilatlari shakllantirilishiga muhim e’tibor berilgan. Mazkur jihatlar Ahmad Yassaviy ijodida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yassaviy hikmatlarida ifodalangan Vatan, inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-g‘oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo‘lib, ular milliy pedagogikamizga qo‘shilgan katta hissadir.[2]2 Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar». Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan. «Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan «Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan oʻqib, anglashga harakat qilinsa, o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini anglash) o‘quvchini astasekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka undaydi. . Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va xalqchilligiga borib tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib borish, she’rxonni ham ma’naviy ham badiiy tarbiyalashda ko‘zga tashlanadi. Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma’rifatga chorlash yetakchilik qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo‘lishi bot-bot uqtiriladi: Ey do‘stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,
Ul suhbatda ma'rifat durlarini sochorlar.
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur,
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!
Olimlardin omilar ko‘b foyda olur,
Bu dunyoda yaxshi otin qo‘llar, do‘stlar.
Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya'ni ilmi g‘aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash mazmuniga ega. Ahmad Yassaviy aynan shu kashfiyotni qila olgan va bu yo‘lda uchragan har qanday adolatsizlik, riyokorlikni keskin qoralagan. Xususan, uning “Rasoil” asarida quyidagi jumlalar uchraydi: shunday osiy va xofiy shayxlar chiqadurki, alar shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga (ipsiz) bog‘lanurlar va alar firibgarlik ila muridlarni ovlayurlar. Ushal osiy shayxlar muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko‘ngillari kufru zalolatdan qutulolmas. Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo‘lurlar va sovg‘a-salom bermaganlarni pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo‘lmas. Yuqoridagi fikrlar ,o‘z davrining shayxlarigagina tegishli bo‘libgina qolmay, har qanday davr pedagoglarini tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham taalluqlidir. Yassaviy ayrim shayxlar kabi mol-dunyo to‘plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag‘alparvar va g‘aribparvar bo‘lib yashaganligini uning ba'zi bir hikmatlaridan ham bilsa bo‘ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi: Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o‘taro, Ishonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketoro, Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil, To‘rt oyoqlik cho‘bin ot bir kun sango yetoro. Yuqoridagi misralarga uyg‘un ravishda shoir insondagi ruhiy boylikni muqaddas tutadi. Illatlar ichida eng xavflisi nafsdir, deydi: Nafsim meni yoʻldan urib xor ayladi, Termultirib xaloyiqgʻa zor ayladi
Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo‘ladigan insondagi ruhiy-ma’naviy jihatlardan biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash, illat emas, fazilat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik vazifa sanaladi. Sharqona ta’limning maqsadi faqat bilim emas, balki axloqan yetuk shaxsni ham tarbiyalashdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari aynan shu maqsadda xizmat qiladi.
Haqiqatning daryosidin guhar olg‘on, Ma'rifatning maydonida javlon qilg‘on. Kuyub-pishib ich bag‘rini o‘tqa solg‘on, Ondog‘ oshiq alif qaddin duto qilsun. Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular asosida barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish, ma’rifatni targ‘ib etish va ziyoli insonlarni ulug‘lash, asosiysi, komil insonni tarbiyalash g‘oyasi ilgari surilganiga guvoh bo‘lamiz. Komil inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining birlamchi maqsadi bo‘lib qoladi.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligiga urg’u beradi. U “SHariatda orif-biloh bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil–mukammal bo’lishni, ma’rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi”.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.

Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. SHu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.




Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir.

Islom dunyosining “shayxul mashoyixi” Xo’ja Ahmad Yassaviy haqida mustaqillikdan so’ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan bo’ldik. Sobiq sho’rolar hukumati davrida uning nomi “klerikal adabiyot namoyondasi”, “reaksion diniy adabiyot vakili” kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho’rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni qoralashi, u haqda zarracha bo’lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko’z bilan qarash boshlandi. Uning ta’limoti, hikmatlari, sulukiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg`usi uyg`ondi. Nufuzli YuNESKO tashkiloti 1993 yilni “Yassaviy yili” deb e’lon qildi.

XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan2.

1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan.

Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.

Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.

‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:

Na onada rahm qoldi, na otada,

Og’o ini bir-biriga mojoroda

Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,

Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung1

Uning «Hikmatlar devoni» ham diniy, tassavufiy, badiiy asardir.

Yassaviy ta'limoti turkiy tilda yozilgani uning "Devoni hikmat" asarida bayon etilgan bo`lib, u ko’chmanchi va o’troq turkiy xalqlar O`rtasida sufiylik ta'limotini targ`ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning ta'biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, ogir xayotga urgangan odam haqiqiy sufiy bula oladi va Xudo vasliga erishadi; bu dunyo bevafodir. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targib kilindi. Shulardan biri Sulaymon Bokirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda) u uzining turkiy tilda yozilgan "Boqirg`on", "Oxir zamon" asarlarida asosan sufizm, yassaviylikni targ’ib qilgan.

Yassaviy o’z hayotida «fano yo’li»ga amal qildi va bunga yetishish uchun Muhammad Mustafo yo’lini tanladi. U payg`ambarimizning «faqirlik faxrimdir» qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori deb bilib, unga amal qildi. Yassaviy faqirlik yo’liga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bu yo’lga da’vat etdi.

Yassaviy tariqat va shariatni o’zaro vositalarini qo’yidagicha bayon etadi.

Har kim qilsa tariqatni davosini,

Avval qadam shariatga qo’ymoq kerak.

Shariatning ishlarini ado qilib,

Andin so’ngra bu davoni qilmoq kerak.

Ammo tariqat yo’li og`ir va mashaqqatli ekanligini eslatib Yassaviy yozadi:

Shariatdan murod yo’lga kirmoq,

Tariqatdan murod- nafsdan kechmoq,

Haqiqatdan murod –jondank kechmoq.

Jondan kechmay ishq sharobin ichsa bo’lmas.

Madomiki, shunday ekan, demak tariqat va haqiqat botiiny poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo’lidir.

Ta’limot mazmun-mohiyatidan qo’yidagi talqin kelib chiqadi:

Shariat-ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar, bayondir xizmatdir. Haqiqat –ko’rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir.

Tasavvuf tarixida «Sulton-ul-orifin» - oriflar sultoni nomini olgan Ahmad Yassaviy haqiqatan orif insondir. Boyazid Bistomiy yozganidek, «oriflik Xudoni tanimoqdur». Shugina emas, Yassaviy «oriflar sultoni»dir, ya’ni Haqni taniganlar yetakchisidir.


Ahmad Yassaviyning qarashlari uning “Devoni hikmat” asarida berilgan. Asarda hozirgi tarbiya jarayonimizda foydalanish mumkin bo`lgan juda kop jihatlarni ko`rishimiz mumkin. Yassaviyning hikmatlarida insoniy go`zallik, insonparvarlik, ma’naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go’zal axloqiy sifatlar o’z aksini topgan. Yassaviyning pedagogik qarashlaridan Pedagogika nazariyasining “Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni”, “Tarbiyaning qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari”, “Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o`quvchilarning aqliy tarbiyalash”, “Yagona o’quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanpavarlik tarbiyasi”, “O’quvshilarning mehnat va iqtisodiy tarbiyasi”, “O’quvshilarning ma`naviy axloqiy tarbiyasi”, “O’quvshilarning nafosat tarbiyasi”, “Bolalarni oilada tarbiyalash” mavzularini o`tish davrida, Pedagogika tarixidagi “VII asrdan XIV asrgasha ta`lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti”, “Tasavvuf ta’limotida ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar” mavzularida, “Oila pedagogikasi”dagi bir qator mavzularni o`tishda keng foydalanish mumkin.

Yassaviyning turli insoniy sifatlar haqidagi qarashlaridan foydalanishga oid qator misollarni keltirib o`tamiz. Masalan, adibning insonparvarlik targ`ib etilgan g`oyalarini boshqa allomalrning qarashlari bilan taqqoslagan holda Pedagogika nazariyasida foydalanish mumkin:

Sharqning zabardast shoirlari nafaqat buyuk mutafakkir, mutasavvuf donishmandlar, balki purqudrat, hurfikr, ilg`or gumanist tarbiyachilar ham bo’lganlar. Hurfikrlilik va tasavvuf bir-biri bilan chambarchas bog`liq tushunchalar hisoblanadi.

Tasavvuf namoyandalari, taraqqiyparvar mutasavvuflar xalq ommasining zulm va istibdodga qarshi olib borgan kurashlarida, aksariyat hollarda, g`oyaviy rahbarlik, sardorlik va sarkardalik qilganlar.

Tasavvuf tariqati shayxlari, diniy-mazxabiy ulamolarga qaraganda, xalq ommasiga yaqinroq turganlar, ko’pchiligi xalq ichidan, kambag`al tabaqalardan chiqqan. Zero, tasavvufda insonni takomillashtirish, shu yo’l bilan uni ulug`lash va e’zozlash, ya’ni ilohiylashtirish, insonda ham Ollohga xos sifatlarni tarbiyalash va shu yo`l bilan uni Ollohga yaqinlashtirish asosiy muammo hisoblangan. Darvesh qiyofasidagi Inson o’zini Xudoga yaqin, deb bilgan.

Tasavvufdagi asosiy masala o’zi pok, so`zi pok va ishi pok, to’g`ri so’z, halol, yuksak axloqqa noil, har tomonlama komillikka erishgan insongina Alloh vasliga musharraf bo’lishnni anglatadi. Tasavvufning teran insonparvarlik mohiyati ham ana shunda yaqqol ko’rinib turibdi.

Tasavvuf gumanistik ahamiyatga molik axloqiy tarbiya bilan ham chambarchas bogliqdir. Inson kamoloti islom dinida ham, tasavvufda ham asosiy masaladir.

Yassaviyning tariqat va shariat haqidagi qarashicha tariqat va haqiqat botiniy poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo’lidir.

Ushbu ta’limot mazmun-mohiyatidan qo’yidagi talqin kelib chiqadi:

Shariat-ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar, bayondir xizmatdir. Haqiqat –ko’rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir.

Sharqning yirik allomalaridan biri, Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiy «Suhbatul abror» dostonida futuvatga ta’rif berib, bu avvalo past xislatlarni tark etib, oliyjanoblikni kasb etish, deya ta’kidlaydi. Futuvvatning birinchi sharti-miskinlar dardiga davo bo’lish:

Chand ro’ze zi mustaqimon bosh,

Dar payi hojati miskinon bosh.

Sham’ shav, sham’, ki xudro so’zi,

To ba on bazmi kason afro’zi?

Ma’nosi: Bir necha kun dinu-diyonati mustahkamlar safida bo’l, miskin g`ariblarning hojatini chiqarishni o’yla. Sham’ bo’lgin, sham’, toki o’zing yonib, o’zgalar bazmini yorita olsang!

O`zi yonib, o’zgalar kulbasini yoritish miskinlar bazmini obod qilish….. Qanday sharafli va oliyjanob insoniy xislat! Bizning ulug` insonparvar donishmandlarimiz o’zimbo’larchilik falsafasini rad etib ana shunday ezgu g`oyalarni olg`a surganlar. Insoniylikni ilohiylik darajasiga ko’targanlar. Jomiyning fikriga kura javonmard xuddi bahor bulutiday hammaga birday saxovat yomg`irini yog`dirmog`i, xuddi ko’z gavhari kabi o’zgalarni ko’rib, o’zini ko’rmasligi lozim. Bu komil insonning sifati ham, chunki ko’z komil inson timsolidir. Komil inosn xech qachon o’zini o’ylamaydi, u hamisha boshqalar g`amida yuradi.

Yassaviy ta’limotida insonparvarlik, insonni ulug`lash eng asosiy g`oyalardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu faqat unda emas, balki yurtboshimiz ta’kidlaganidek:

“Insonparvarlik- bu o’zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo’ravonlik uning tabiatiga yotdir. Bizning xalqimiz o’zining voqealarga boy ko’p ming yillik tarixi davomida ko’p narsalarni boshidan kechirdi-madaniyat, ilm-fan, o’z davlatchiligi yutug’lari nashidasini surdi, o’zaro nizolar, begonalar asorati alamini tortdi, eng yaxshi o’g’il-qizlaridan judo bo’ldi. Lekin tarixning o’yini ham, omonsiz jangu - jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog’ tushirolmadi. O’zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug’lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg’usiga hamdardlik mujassamlashgandir”1.

Haqiqatdan ham avvallari biror kishi musofir bo’lib, choyxonaga kelib qolsa mahalla ahli uni uyiga taklif qilgan.



Insonlar ixtiyoriy ravishda sadaqa qilganlar, jamg’arma boyliklaridan kambag’al oilalarga yordam tariqasida berganlar. Xonadon boshiga tashvish tushganda yordam berish an'ana bo’lib qolgan. Bunday olijanoblik, himmat, insonparvarlik o’zbek xalqining qoniga singib ketgan. Odamlar o’rtasidagi munosabatlar hamjihatlik sarchasmasidan parvarish topgan kishining ko’ngli hamisha to’g’ri bo’ladi va har qanday og’ir mushg’ulot ham osonlikcha bartaraf etiladi.

Download 41,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish