Referat mavzu: ­­­­­­­­­­­­­



Download 41,09 Kb.
bet4/5
Sana01.07.2022
Hajmi41,09 Kb.
#727572
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Referat Umumiy Pedagogika Do\'stmurodov

Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda
tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar». Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, uning pedagogik
qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.
«Yassaviya» tariqatining barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir ko‘rsatgan
«Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or
umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan
oʻqib, anglashga harakat qilinsa, o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini anglash) o‘quvchini astasekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. Odamlikka
undaydi.

Bir so’z bilan aytganda Sharq Shoir – mutafakkirlarining aksariyati tasavvuf ta’limotidan kuch-oziq olib ijod qildilar. Natijada ko’pgina pandnomalar, hikmatlar va boshqa ruhiy noan’anaviy kamolotga hidoyat qiluvchi manbaasarlarl paydo bo’la boshladi. Ko’p Shoirlarda dunyoviylik bilan ilohiy Ya’ni irfon qo’shilib zuhur etdi. Hofiz Sheroziy, Sa’di Sheroziy, Kamol Xo’jandiy, Jomiy va Navoiy ijodida dunyo go’zalligi, ilohiy husnu – jamolning davomi va moddiy ifldasi sifatida olib qaraladi. Navoiy «Hamsa» sida, yaxshi odam – xush axloq, odil va oqildir deb talqin qiladi. Yaxshilarning yaxshisi – yeru ko’kni bir nazar bilan qamrab olgan Baxouddin Naqshband yoki oriflar – orifi Abduraxmon Jomiylarni komillik timsoli deb ko’rsatadi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy faoliyatidagi achchiq hayoti, tajribalari, tasavvufga uni yana yaqinlashtiradi. Ulug` Shoir ilohiy ishq, haqiqat, ruhiy kamolot muammolarini har qachongidan keng va teranroq tadqiq qiladi. Alisher Navoiy tasavvufga murojaat etib, butun e’tiborni inson ahloqini poklaShga qaratadi. Uning asarlari jamiki odamzotga mehnat va halollikdan, do’stlik va hamkorlikdan, rostgo’ylik, sofdillik va samimiylikdan muhim hayotiy saboq beradi. Xaromxo’rlik va adolatsizlikni, fitna –fihnur, o’zaro nizo va qonli to’qnashuvlarni, vayrongarchiliklarga sabab bo’ladigan urushlarni esa qoralaydi. Alisher Navoiy ta’limoti faqat milliy ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, umumba shariy qimmatga ham egadir. Xulosa qilib aytganda tasavvuf ta’limoti insonni ulug`laSh, hayotini qadriga yetish, umrini oqilona o’tkazish g`oyalarini targ`ib qilishga nazariy zamin xozirlagan. Tasavvuf ta’limoti Sharq olamida xozir ham fan sifatida o’rganilib kelinmoqda. Demak tasavvuf ta’limotining asoschilari axloqiy poklikka, yomonlik bilan yaxshilikni farqlash, xarom - halolni bilish, egrilikdan qochish kabilarni o’rgatadi. Nodonlik, bag`ritoshlik, pinxona yovuzliklarga murosasiz bo’lishga chorlaydi. Islom ta’limotiga taalluqli bunday axloqiy qarashlarni yoshlarga yetkazish, Sharqona idealistik merosga ijodiy yondoshish – milliy istiqlol mafkuramizni shakllantirishga zamin bo’lishi mumkin. Chunki, millatni tarixiy taraqqiyotni, istiqbolni ko’zlagan, xalqni-xalq, millatni – millat qiladigan, ularni dunyodagi o’rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan mafkura jamiyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir.


Ahmad Yassaviy islom dinining yetuk allomasi, shariat ahkomlarining targ‘ibotchisidir. Zero, u o‘z hikmatlari vositasida turkiy millatlarni musulmonlikka da’vat qilishni ko‘zlagan. Yassaviy nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun turkiy xalqlarning islom ma’rifatini egallashlari uchun beqiyos hissa qo‘shgan maslak sohibidir. Ahmad Yassaviy yassaviylik nomi bilan turkiy xalqlar orasida ilk marotaba yangi tariqatga asos solgan mashhur shayxdir. Uning tariqati – yo‘nalish e’tibori bilan turkiy tasavvuf yo‘li edi. Ahmad Yassaviy o‘zbek tasavvuf she’riyatini boshlab bergan mutasavvuf shoirdir. Yassaviy hikmatlari xalqchil, sodda, ravon va yod olinishi qulay she’rlar bo‘lib, asrlar mobaynida turkiy xalqlarning ma’naviy-ma’rifiy kamol topishida muhim o‘rin tutib kelganligi shubhasizdir. Bu jihatdan, yirik yassaviyshunos olim F.Kuprulizoda “Devoni hikmat”ni xalq og‘zaki ijodi bilan diniy-tasavvufi ruhni hamohang ifodalagan ilk asar hamda turkiy tasavvuf adabiyotining eng qadimiy va eng muhim obidasi ekanini e’tirof etadi.
Yassaviydan keyin ham uning hikmatnavislik an’anasi yaqin kunlargacha davom etib kelindi. “Devoni hikmat”ning turli yillarda ko‘chirilgan va chop etilgan nusxalarida hikmatlarga naziralar bitib qoldirgan Qul Sulaymon ota, Ne’matulloh, Xolis, Qul Ubaydiy, Darvesh Ali, Qul Naziriy, Shamsiy kabi adiblar yassaviya hikmat maktabining ilg‘or vakillaridir.
Yassaviydan keyin “Nasabnoma”, “Risola dar tarjimai Ahmad Yassaviy”, “Mir’otul qulub”, “Hadiqat ul-orifin”, “Hujjatul abror”, “Javohir ul-abror”, “Lamahot”, “Silsilai nisbati mashoyixit-turk” kabi bir qator qadimiy asarlarda uning hayoti, ijodi, tariqati hamda ma’rifiy-irfoniy fikr-qarashlariga o‘rin ajaritlgan.



Download 41,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish