Mavzuga doir materiallar
O'zbekiston jumhuriyati Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasi qatnashchilariga Farg'ona viloyati dehqonlar uyushmasidan
MUROJAATNOMA
Hurmatli sessiya qatnashchilari, xalq deputatlari!
El-yurt ravnaqi yo'lida halol, fidokorona mehnat qilayotgan 300 mingdan ziyod Farg'onalik dehqonlar nomidan sessiya qatnashchi-larini muhim qarorlarni qabul qilishda adolat tarozisini ishga solib, aql-idrok bilan ish ko'rishga, his-hayajonlarga berilmaslikka da'vat etamiz.
Jumhuriyatimiz sha'niga chetdan, ayniqsa, markazdan aytilayot-gan gaplar bizni ham chuqur tashvishga solayapti. Ayniqsa, Prezi-dentimiz Islom Karimov shaxsiga nisbatan aytilayotgan gaplar faqat bo'hton va tuhmatlardan iborat, deb o'ylaymiz.
Prezident xalqqa, ayniqsa dehqonlarga qayishadigan rahbarlar-dan ekanligi hech kimga sir emas. Birgina tomorqa berish haqidagi farmonni olaylik. Axir, xalqimiz bu kunlarni yetmish yil orzu qildi. Jumhuriyat bo'yicha 350 ming gektar, Farg'ona viloyati bo'yicha 41 ming gektar yer tomorqaga ajratildi. Bir uyda tiqilib yotgan o'nlab oilalarning ko'kragiga oftob tegdi. Aholini urug'lik don bilan ta'minlash, yem-xashak ajratish, gazlashtirish, ichimli suv keltirish to'g'risidagi farmonlar qishloq aholisi, dehqonlar to'g'risidagi chi-nakam g'amxo'rlikning namunasidir.
Ulgurji va chakana narxlarning oshishi, pulning qadrsizlanishi, iqtisodiy tanglik birinchi bo'lib dehqonning cho'ntagiga qo'l soldi. Shunday vaziyatda ham Prezidentimiz eng ma'qui yo'lni topib berdi. Paxtaning xarid narxi oshirildi, soliqlar kamaytirildi. Plandan tash-qari paxta xo'jaliklarning o'z ixtiyorida qoldirilganligi tufayli ham viloyatimizda davlatdan qarzdor xo'jaliklar umuman qolmadi. Nati-jada viloyatimiz xo'jaliklari xazinasiga 355 million so'm qo'shimcha daromad tushayapti. Kechagina xazinasi bo'shab qolgan xo'jaliklar bugun yengil nafas olishayapti.
Deputatlar asosan respublika mustaqilligini, yurtimiz osoyish-taligi, el farovonligini, millatimiz kelajagini o'ylaydigan qarorlarga asosiy e'tiborni qaratadilar. Ular Prezidentimizning mustaqil, odilo-na yo'lini qo'llab-quvvatlaydilar, hamkorlik, hamfikr ish yuritadilar, xalqimiz umidini oqlaydilar, deb ishonamiz.
Farg'onalik dehqonlar nomidan:
M.Sherbo'tayev - viloyat dehqonlar uyushmasining raisi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan qishloq xo'jaligi xodimi; N. Umarov- Toshloq rayonidagi «Navbahor» kolxozi raisi, M. Mo'minov - Oxunboboyev rayonidagi «Solijonobod» sovxozi direktori; jami 9 kishi.
«Xalq so`zi» 1991-yil 16-noyabr. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga
So'zimizning avvalida shuni iftixor bilan aytamizki, O'zbe-kistonning mustaqillikka erishishi respublikamiz, xalqimiz hayotida unutilmas voqea bo'lib qoldi. Bu istiqlolni, erkinlikni O'zbekiston necha o'n yillardan beri kutardi. O'sha chorizm bosqinidan keyin erkinligini yo'qotgan xalq uchun mustaqillik tengsiz bir g'alabadir. Kim qanday baholamasin, qanday fikrlamasin, bu voqea tarix qati-da mangu qoldi. O'zbekistonning mustaqillikni qo'lga kiritishida, shubhasiz, respublikamiz Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Kari-movning xizmati bebahodir. Ha, O'zbekiston uchun, uning kelajagi uchun, xalqimizning baxt-iqboli uchun bugun ana shunday jur'atli, mard o'g'lonlar may donga chiqishi kerak.
Ne bir mashaqqatlar evaziga erishilgan mustaqillikni har birimiz dadil himoya qilishimiz zarur. U, avvalo, birlikni, yakdillikni, faol harakatni talab etadi. Xalqimizda bo'linganni bo'ri yer, degan naql bor. Bugun turlicha qarashlar, fikrlashlar, voqealarga turlicha muno-sabatda bo'lishlar borligini inkor etmaymiz. Lekin milliy mustaqillikni saqlab qolishdek ulug' ish gina-kuduratni yig'ishtirib qo'yishni, xalqimiz orzu qilgan ezgu yo'lni boshlab bergan Prezident va hukumat atrofiga mahkam jipslashishni taqozo qiladi. Biz hozirgi murak-kab damlarda shuni unutmaylikki, boshqacha fikrlashib mahalliychi-likka berilish, turli guruhlarga bo'linish - mustaqillikka zarba bo'lib tushadi, mustaqillik dushmanlari harakati uchun yo'l ochiladi.
Prezident keyingi paytlarda jur'at bilan katta ishlarni amalga oshirmoqda. O'zingiz o'ylab ko'ring, kechagina boshimizga qanday kulfatlar tushgandi. Mehnatkash, jafokash o'zbek xalqi sha'niga asossiz ta'nalar yog'ildi. U tahqirlandi, kamsitildi. «O`zbeklar ishi»ning ixtirochilari esa tap tortmay, chor-nochor turmush kechirib kelgan dehqonga ham, boshqa rahbarlarga ham nihoyatda shafqatsiz-larcha munosabatda bo'ldilar. Bevosita Prezidentning farmoni bilan minglab kishilar qamoqxonalardan ozod etildi. Ularning ko'plari o'z vazifalariga tiklandilar.
Dinimiz, e'tiqodimiz tiklanayapti, xalqimizning ko'pgina ajo-yib urf-odatlari, an'analari ro'shnolik ko'rdi. Bular ham qalbimizni ezgulikka limmo-lim etib, barchamizni yuksak orzu-istaklar sari ruh-lantirmoqda.
Biz Prezidentning va hukumatimiz boshqa rahbarlarining Mustaqillik yo'lida bundan keyin ham dadil harakatni susaytirmaslikla-rini istardik. Bu borada ularni doimo qo'llab-quvvatlaydigan qud-ratli kuch - xalq, faollar bor ekanligini doimo his qilishsin. Zero, I. A. Karimovning o'zi aytganidek, endi mustaqillik yo'lidan ortga qaytish yo'q. Eng muhimi, Prezidentning markaz va boshqa kuch-lar tazyiqlaridan hayiqmasdan mustaqil O'zbekiston xalqi nomidan dadil ish ko'rishini istaymiz va bu yo'lda uning harakatini qo'llab-quvvatlaymiz.
Butun Samarqand viloyati ahli nomidan:
xalq deputatlari viloyat soveti ijroiya komitetining raisi
Do'stlaringiz bilan baham: |