O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Umarov Ismoiljon Olimjonovich, Kamalov Yoqubjon G’ulomjonovich



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/207
Sana28.05.2022
Hajmi3,29 Mb.
#613584
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   207
Bog'liq
Конференция Vatanparvarlik 29.01.2019

Umarov Ismoiljon Olimjonovich, Kamalov Yoqubjon G’ulomjonovich
 - O’zbekiston Milliy universiteti 


281 
va manfaatlari yo’lida xizmat qila oladi. Shuning uchun ham mamlakatni yangilash 
va modernizatsiya qilish sharoitida fuqarolarda, ayniqsa jamiyatimizning 
ko’pchiligini tashkil etayotgan yoshlarda milliy g’urur tuyg’usini shakllantirish 
muammosi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Milliy g’urur inson ongi va faoliyatining biri ikkinchisi bilan bog’liqligini, 
ushbu o’zaro aloqadorlik mexanizmining xarakterini ifodalaydi. Boshqacha 
aytganimizda, milliy g’urur nafaqat inson milliy ongi rivojlanishi darajasining, uning 
amaliy faoliyatining asosiy ko’rsatkichidir. 
Milliy g’ururning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri – milliy o’zlikni 
anglashdir. Milliy o’zlik milliylikka mansub barcha xususiyat va belgilarni o’zida 
mujassamlashtiradi. Har bir shaxsning milliy o’zligini anglashga intilishi tabiiy 
jarayondir. O’zi mansub bo’lgan millat, elatga xos milliy xususiyatlar, belgilarni 
saqlab qolish, uni yanada rivojlantirish yoki qayta tiklash borasidagi sa’y-
harakatlarining ifodasidir. Xuddi shuning uchun ham “milliy o’zligini anglash” 
“millat” tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. Boshqacha aytganimizda, o’zbek 
kishisining milliy o’zligini anglashga intilishi o’zbek millatining shakllanish 
jarayonini bilishga intilishining debochasidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’z ma’ruzasida, 
“Biz bugun yangi yoshlar tashkilotini tuzmoqchi ekanmiz, shoshilmasdan, vazminlik 
bilan ish ko’rishimiz, bu masalaning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini o’zimizga 
yaqqol tasavvur qilib, shunday keyin bir xulosa va qarorga kelishimiz lozim. Bu 
borada avvalo bo’lg’usi tashkilotning huquqiy maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, 
uning ijtimoiy hayotimizdagi o’rni va nufuzini, obro’-e’tiborini oshirishga alohida 
e’tibor qaratish lozim” [1] - ta’kidlab, O’zbekiston yoshlar ittifoqining eng muhim 
masalalari bo’yicha vazifalar belgilab berildi.
Milliy o’zlikni anglash deganda, har bir kishi o’zining qanday millatga 
mansubligini, o’zi mansub bo’lgan millatning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga 
qo’shgan hissasini mukammal bilishi, milliy qadriyatlariga sadoqati, millat ehtiyojlari 
va manfaatlarini to’la tasavvur etishi, ana shu borada ko’rsatgan fidoyiligi 
tushuniladi. Milliy o’zligini anglamoq uchun qadimdan o’z davlati, madaniyati va 


282 
qadriyatlariga ega xalq ekanligini, o’ziga xos milliy davlatchilik an’analari borligini 
bilishi buyuk ajdodlar tarixini o’rganishi va ularning bebaho merosidan bahramand 
bo’lishi lozim. O’z millatiga dahldor barcha haqiqatlardan xabardor bo’lish, 
chunonchi, uning umumbashar taraqqiyotiga qo’shgan hissasini anglash har bir 
kishida shu millatga mansubligi bilan faxrlanish tuyg’usi darajasini kengaytiradi.
Milliy g’urur insonni o’zi tug’ilib o’sgan, kindik qoni tomgan qishloq yoki 
shahar, ota-bobolari, ajdod va avlodlarining maskanini ulug’lashda, ota-onasi, aka-
ukalari, xeshu-aqrobalarini e’zozlashda, yurtning o’tmishi, buguni, kelajagi bilan 
faxrlanishda o’z aksini topadi. Xuddi shuning uchun ham mamlakatimizda yangi 
jamiyat qurilayotgan bugungi sharoitda O’zbekiston Respublikasining Birinchi 
Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Vatan tuyg’usi, Vatan tushunchasi biz 
uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lmog’i kerak... Ulug’ 
ajdodlarimizdan muqaddas meros bo’lib kelayotgan avlodlarimiz uchun chinakam 
e’tiqodga, chinakam aqidaga aylanishi lozim” [2, 82-bet].
Milliy g’ururning eng muhim ko’rsatkichlaridan yana biri milliy faxr, milliy 
iftixordir. Izohli lug’atlarda “g’urur”, “faxr”, “iftixor” tushunchalari biri-ikkinchisiga 
o’xshash tushunchalar deb ta’riflanadi. Aslida ularning mazmunan yaqinligi bo’lsada, 
ayni bir paytda biri-ikkinchisidan ma’lum darajada farq qiladi. Ma’lumki, har bir 
fuqaro o’z yutuqlaridan qoniqish hosil qilganidek, o’z halqi, o’z Vatani, o’z millati, 
o’z qishlog’i, o’z tumani, o’z viloyatining yutuqlaridan faxrlanadi. Faxrlanish milliy 
g’ururning boshlanishi, qoniqish tuyg’usi bo’lsa, milliy iftixor milliy g’ururning 
yuqori bosqichidir. Xuddi shuning uchun ham milliy iftixor millatni yaxlit ijtimoiy 
birlik ekanligini his qilishda namoyon bo’ladi. Boshqacha aytganda, milliy iftixor 
ruhiy-ma’naviy fazilatdir. Milliy iftixor insonning ongi va faoliyatida o’zi mansub 
bo’lgan millatning madaniyati, tarixi, dini, tili, qadriyatlari qanchalik o’rnashib 
olganligini ifodalaydi. Uning mustahkamligi milliy bardamlikda yaqqol ko’rinadi.
Milliy g’urur insonparvarlik bilan uyg’unlashib ketadi. O’zbekona milliy 
g’urur boshqa millatlar, elatlarning milliy g’ururidan o’zining insonparvarlik 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. O’zbekning insonparvarligi keksalarga, ulug’larga 
hurmat, yoshlarga mehr-shafqat, bechora, g’arib, miskinlarga, etimlarga xayr-


283 
sahovat, ota-onaning ko’nliga qarab ish tutish, do’stlarga, qarindosh-urug’larga 
yaxshilik qilish, boshga tashvish tushganda g’amhur, madadkor bo’lish, topganini 
yaxshilikka sarflash kabi milliy qadriyatlarimizda ravshanroq ko’rinadi. Afsuski, 
xalqimizning biz yuqorida sanab o’tgan qadriyatlari hammaning turmush tarzidan 
keng o’rin olgan deb bo’lmaydi. Bunday madaniy-ma’naviy merosdan bebahra bo’lib 
qolgan kishilar ham borki, ular xudbinligi, bahilligi, hasadgo’yligi, ochko’zligi, 
g’arazgo’yligi bilan o’zbek millatining obro’sini to’kadilar. 
Milliy g’ururi baland inson millat, xalq, davlat, jamiyat manfaatini o’z 
manfaatidan hamisha ustun qo’yadi. Millatim, elim, yurtim, xalqim, Vatanim deb 
yashaydi. Butun hayotini milliy istiqlol istiqboliga baxshida etadi. Ko’pchilikka 
foyda keltirish, kishilar dardi-tashvishi bilan yashash bunday odamlar faoliyatining 
mag’zini tashkil etadi. Bunday millatparvar, xalqparvar kishilar soni qancha ko’p 
bo’lsa, insonparvar, demokratik jamiyat qurish jarayoni shuncha tezlashadi. Milliy 
g’ururi baland kishilar soni ko’p bo’lgan mamlakatda millatlararo hamkorlik, 
totuvlik, ahillik rivoj topadi. Xuddi shuning uchun mamlakatimizni yangilash va 
modernizatsiya qilish sharoitida har bir fuqaroda milliy g’ururni rivojlantirish dolzarb 
ahamiyatga egadir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish