Axmedov Ergash Kuldashevich –
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
276
ham ko’pdinlilik sharoitida jamiyat va din orasidagi munosabatlarda muvozanatni
saqlash lozim bo’ladi. Zero, dinning jamiyatda o’ziga xos o’rni mavjud.
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat vakillari yashamoqda. Ular
turli diniy e’tiqodga mansub fuqarolar bo’lib, respublikamiz kelajagi uning ma’naviy
yuksalish darajasiga, o’zaro munosabatlardagi totuvlikka ham ko’p jihatdan
bog’liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yurtimizda konfessiyalararo
munosabatlar, ularning mazmuni jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarning
xarakterini belgilab beruvchi omil sifatida chiqadi.
Bag’rikenglik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Azaldan
xalqimizga xos bo’lgan xislat – bag’rikenglik bir zumda paydo bo’lgan emas, u biz
uchun an’anaviydir. O’zbekistonning diniy tarixiga qisqacha nazar tashlasak, hozirgi
O’zbekiston hududi insonlarda ilk diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo’lgan eng
qadimgi o’lkalardan biri ekaniga guvoh bo’lamiz. Qadim zamonlardanoq mintaqada
zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga
ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borishgan. Tarixiy manbalarning guvohlik
berishicha, o’tmishda O’zbekistonda diniy va etnik munosabatlar asosida biror marta
ham nizo chiqmagani qayd qilinadi. Shu o’rinda aytishimiz kerakki, mazkur
voqelikni bugungi kunda mamalakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan islom, xristian,
yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o’zaro munosabatlarida ham yaqqol
ko’rish mumkin. Bunday do’stona munosabatlardan xulosa qilib, Birinchi Prezident
Islom Karimov: “Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida birgalikda
hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din
vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga
arzigulikdir”, [2,102-b.] deya voqelikni aniq ko’rsatib berdi.
E’tiqod erkinligi diniy bag’rikenglikning ijtimoiy-siyosiy jihatlari diniy
tashkilotlar va davlat munosabatlarida doimo dolzarb masalalardan biri bo’lib kelgan.
Bu bejiz emas, albatta. Din mamlakat aholisini ruhiy chiniqtirish hamda yuksak
axloq, Vatan va xalq manfaati yo’lida fidokorlik, poklik, o’z millatiga sodiqlik kabi
qadriyatlarni kundalik hayotga tatbiq etish orqali turmush tarzini o’zgartirish va yurt
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. U insondagi eng qimmatli, eng ezgu fazilat va
277
xislatlarni yuzaga chiqarishga qodir [7, 25-b.]. Ko’p konfessiyali jamiyatda turli din
vakillarining o’zaro do’stlik va ahillikda yashashi hamda bunyodkorlik ishlarida
davlat bilan hamkorlik qilishi barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan asosiy omillardan
hisoblanadi.
“Bag’rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag’rikenglik tushunchasiga
shunday ta’rif berilgan: “Bag’rikenglik – bizning dunyomizdagi turli boy
madaniyatlarni, o’zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning
xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to’g’ri tushunishni anglatadi. Uni
bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.
Bag’rikenglik – turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki
siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag’rikenlik – tinchlikka erishishni musharraf
qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir” [1,91-b.].
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, “tolerantlik” atamasi bilan qo’llaniladigan
bag’rikenglik, xususan, diniy bag’rikenglik mazmun-mohiyati jihatdan biror narsani,
o’zgacha fikr yoki qarashni o’z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar imkon qadar
bag’rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag’rikenglik vijdon
erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yoki dinga
hurmatni bildiradi. Turli din va konfessiya vakillari e’tiqodida xilma-xil aqidaviy
fikrlar bo’lishiga qaramasdan, ularning ta’limoti esa yonma-yon va o’zaro tinch-totuv
yashashini taqozo etadi.
Vijdon erkinligiga oid umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlashning huquqiy
asoslari O’zbekistonda mavjud. Shuning uchun hozirda noislomiy konfessiyaga
mansub fuqarolarimiz xorijga chiquvchi dindorlar uchun yaratilgan barcha
imtiyozlardan to’liq foydalanmoqdalar. Har yili 120 dan ortiq noislomiy konfessiya
vakillari Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi muqaddas joylarga ziyoratga borib
kelmoqdalar [6,57-b.]. Bugun O’zbekiston diniy bag’rikenglik va dinlararo murosa
borasida nafaqat MDH davlatlariga, balki butun dunyoga namuna bo’lmoqda. Bu
haqda Moskva va butunrus patriarxi Aleksey II, AQSh senatori Xillari Klinton xonim
va sobiq AQSh davlat kotibi Madlen Olbraytlar yurtimizga ziyoratlari vaqtida
278
ta’kidlab o’tdilar. Albatta, xalqimizga azaldan xos bu xislat bir zumda paydo bo’lgan
emas, u uzoq tarixga ega.
Turli din vakillaridan iborat bo’lgan harbiylarimiz orasida bir-biriga hurmat va
bag’rikenglik ruhini vujudga keltirish uchun Qur’oni Karimning Baqara surasidagi,
256-oyatida “Dinda majburlash yo’q” [4,12-b.] g’oyasidan unumli foydalanish
maqsadga muvofiq. Mazkur g’oya asosida g’arazli maqsaddagi diniy missionerlik
faoliyatiga ham qarshi kurashish mumkin.
Harbiy kadrlarni tayyorlashda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
mustahkamlashdan asosiy maqsad turli millat va turli dinga mansub bo’lgan
xarbiylarimizni Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo’lida birlashtirishdir. Dinlararo
bag’rikenglik g’oyasi har bir o’zbekistonlikning manfaatlariga daxldordir. Ushbu
g’oya turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiladigan, turli ijtimoiy qatlamlarga
mansub bo’lgan kishilarni umumjamiyat manfaatlari yo’lida birlashtiradi. Bu esa
Birinchi Prezident I.A.Karimov aytganlaridek: “Shu muqaddas zaminda yashayotgan
barcha insonlar – millati, tili va dinidan qat’iy nazar, O’zbekiston – mening yagona
Vatanim, deb yashaydigan, belini mahkam bog’lab astoydil mehnat qiladigan bo’lsa,
bilib qo’yinglar, bizni hech qanday kuch enga olmaydi, yurtimiz va xalqimiz hech
qachon hech kimga qaram bo’lmaydi” [3].
Harbiy kadrlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy istiqlol g’oyasi
asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Sog’lom g’oyalar tarbiyasi yuksak
dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini anglatadi. Dunyoqarash – tartibga solingan, yaxlit
ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g’oyalar majmui bo’lib, u shaxsni
o’zligini saqlagan holda munosib o’rin egallashga chorlaydi.
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga
sadoqat, vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat, o’z
yaqinlariga mehribonlikni, burchga, tanlagan yo’li va kasbiga sadoqatni saqlashni
nazarda tutadi. Bularni jam bo’lishi mustaqillik ruhida tarbiya topib, sayqallangan
milliy ong va e’tiqod mahsuli sifatida namoyon bo’ladi.
279
Taniqli olim S.Otamuratov o’zining “Milliy rivojlanish falsafasi” kitobida milliy
rivojlanishda yoshlarimiz ongini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berilishini
yozadi:
1 . Bozor iqtisodiyotiga mos iqtisodiy tafakkurni shakllantirish;
2. Yoshlarimiz ongida hozirgi zamon fan-texnikasi va texnologiyasi yutuqlarini
egallash zarurligini shakllantirish;
3. Demokratik qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish;
4. Vatanparvarlik, millatparvarlik, xalqparvarlik va umuminsoniylik kabi
tuyg’ularni yoshlarimiz ongiga singdirish;
5. Fidoyilik tuyg’usini yoshlarimiz ongida mustahkamlash. [5,98,99-b.]
Yoshlarda milliy g’oya tarbiyasining muhim mezonlaridan biri bu uni
ma’suliyat hissi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Sababi ma’suliyat
odamning har bir amali uning o’zi va o’zgalarga naf keltirishini anglay olish
qobiliyatidir. Ma’suliyatni his qilgan inson doimo ishini puxta rejalashtirib, uning
natijasini tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun bor kuch g’ayratini
yo’naltiradi.
Har qanday mamlakatning taraqqiyoti bu mamlakatda tug’ulib voyaga etayotgan
yoshlarning bilimi, irodasi, ma’naviy va jismoniy kamoloti bilan bog’liq. Bugungi
kunda milliy armiya saflaridagi yoshlarning o’z bilimlarini oshirishlariga, ma’naviy
va jismoniy kamol topishlariga barcha shart-sharoitlar mavjud. Vatan esa yoshlardan
fuqarolik ma’suliyatini his etishni, o’z taqdirini Vatan taqdiri bilan uyg’un holda
ko’rib yashashni talab etmoqda. Bu esa, o’z navbatida, milliy armiyamizni malakali
va yetuk kadrlar bilan ta’minlash, Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada oshirish va
mudofaa qudratini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |