Qo’shoqova Barnoxon Yuldoshevna –
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
285
mustahkam bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, shaxs, millat yoki davlatning qadriyatlir
tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy
tajovuzlar qarshisida mustahkam qalqon bo’lib xizmat qiladi.
Ammo, bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning
mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki unsur mafkuraviy immunitetning
uchinchi muhim unsuri, ya’ni ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va madaniy - ma’rifiy
sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq. Ya’ni har bir kishi kabi
xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadi bo’lishi shart. Shu bilan birga bu
maqsad anglangan, uni amalga oshirishda sobitqadamlik darkor. Ana shunday aniq
tizim bo’lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo’lsin, goh oshkora,
goh pinhona ko’rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amri maholdir.
Bunday mafkuraviy immunitent tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning
o’rni katta. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra yot g’oyalarning kirib kelishining oldini
olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi.
Demak, mafkuraviy profilaktika xilma xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan
amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar
majmuini, bir so’z bilan aytganda, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim - tarbiya
tizimini qamrab oladi.
Millat bor ekan, albatta uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-
odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olishga, uning ustidan hukmronlik
qilishga, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan harakatlar
doimo mavjuddir. Shunday ekan, voyaga etmagan har bir farzandimizni ma’naviy
barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, bir so’z bilan aytganda, kuchli mafkuraviy
immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon
hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi. Muhtaram
Yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Biz agar yoshlarimizni
Imom Buxoriy, Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk allomalarimiz
ta’limoti asosida tarbiyalay olsak, yoshlarimizga hech kim, hech qachon tazyiq
o’tkaza olmaydi” [1, 38].
286
O’zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf
tug’diradigan mafkuraviy tahdidlar bugungi kunda diniy ekstrimizm, fundamentalizm
va boshqa oqimlardir. XX asrning oxirida dunyoda jahonshumul voqealar ro’y berdi.
Uning siyosiy xaritasi, jumladan, Markaziy Osiyoning manzarasi tubdan o’zgarib
ketdi. Sobiq Ittifoqning parchalanishi, uning hukmron mafkurasining barbod bo’lishi
va Markaziy Osiyodagi respublikalarning o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi
mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki g’oyaviy jihatdan ham yangi
mafkuraviy vaziyatni vujudga keltiradi.
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g’oyasi ilgari surilgan va amalda
unga erishilgani O’zbekiston rivojlanishida qo’lga kiritilgan eng katta tarixiy
yutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro
tamoyillarga mos yo’l bilan echish, millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirish
chora-tadbirlarini ko’rdi. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi.
Yurtimizning ko’p millatli xalqi ongida “O’zbekiston-yagona Vatan” degan g’oya
asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg’usini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim
yo’nalishiga aylandi. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini
muvofiqlashtirish va ularga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgani bunga misol bo’ladi. O’shanda 12 ta
milliy - madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 150 dan
ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan
barcha millat va elatlarining o’z ona tilida o’qishi uchun keng imkoniyatlar
yaratilgani, oliy o’quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko’plab
tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar olib
borilayotgani va boshqa ishlar ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir
[2, 143].
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, inson hayoti uning ongida kechgan
fikrlar kurashi, jamiyat hayoti g’oyalar, mafkuralar kurashidan iboratdir. Shu sababli
Prezident har bir chiqish va ma’ruzalarida jonajon yurtimizda muqaddas islom
dinining sof g’oyalarini har bir fuqaro ongida shakllantirish masalasini qayta-qayta
takrorlamoqdalar. Mamlakatimizda so’nggi yillarda Qur’on va Azon qiro’at
287
musobaqalari, Hadis bilimdoni kabi diniy bellashuvlarning o’tkazilayotganligi,
Xalqaro Islom Akademiyasining tashkil etilishi fikrimizning yaqqol isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |