BIZDAN OZOD VA OBOD VATAN QOLSIN ...
71
Mustaqil O’zbekiston solnomasiga nazar tashlash unda yigirma yetti va undan
ortiq yillar mobaynida ro’y bergan voqealar, Respublika ichki va tashqi hayotidagi,
uning madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi yuksalish, O’zbekistonning xalqaro
maydonga chiqish jarayoni aks etgan. O’zbek xalqining ijobiy siymosi Birinchi
Prezident Islom Karimov millat, xalq uchun qilgan ishlarini qadrini bilishimiz,
islohotlar mohiyatini anglashimiz, o’z tariximizni yaxshi o’rganishimiz va uni kelajak
avlodga o’rnak bo’ladigan darajada yoritib berishimiz lozim. Ushbu siymo ezgulikni
yovuzlik ustidan, donolik, ma’rifatni jaholat ustidan, iymonni e’tiqodsizlik ustidan,
dinni xurofot ustidan, bunyodkor g’oyalarni vayronkor g’oyalar ustidan g’alabasini
ta’minlab kelgan buyuk zot edi. Ko’p yillar davomida ma’naviyat masalasi ijtimoiy
hayotimizning asosiy masalasi bo’lib keldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq
mamlakatimizda bu sohaga ulkan e’tibor qaratilib kelindi. Islom Karimov har bir
nutq, ma’ruzalarida yuksak ma’naviyat kelajak poydevori ekanligini qayta-qayta
ta’kidlardilar.
71
Badalbayeva
Malohat
– O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yong’in xavfsizligi instituti
264
Ajdodlarimiz umr bo’yi orzu qilgan dorilamon kunlarni ko’rish biz avlod
davomchilariga nasib etdi. O’lkamizda tinchlik va xotirjamlikning barqarorligi, Vatan
mustaqilligining ilk mustahkam poydevorini ko’tarilishi Birinchi Prezident Islom aka
Karimov nomlari bilan shaksiz bog’liq. Bu zot har bir sohada ilk o’tkazilgan
islohotlarning, jumladan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturi” kabi ayni damda eng muhim bo’lgan tarixiy hujjatlarning g’oya muallifidir.
Ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi haqida Islom Karimov “... insonga xos
orzu-intilishlarni ro’yobga chiqarish; uning ongli hayot kechirishi uchun zarur
bo’lgan moddiy va ma’naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki
qanotiga qiyoslasak, o’ylaymanki, o’rinli bo’ladi” [1] degan qimmatli fikrni bildirgan
edilar.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda 130 millat va elatlarni birlashtirib, yagona
yurt ahil ahli munosabatlarini mustahkamlaydigan g’oyaga ehtiyoj tug’ildi. Chunki
yuzaga qalqib chiqqan bunyodkor g’oyalar bilan bir qatorda ularning aksi bo’lgan yot
g’oyalar ham paydo bo’la boshladi. Bu millat taqdiri uchun o’ta xavfli edi. Qurol
bilan ochiq jangga kirib qon to’kkandan ko’ra ong tafakkuriga fikr, g’oya orqali
kirish oson yo’l ekanligini o’sha paytlardayoq mamlakatning birinchi rahbari Islom
Karimov tushunib etgan edi. Yo’lboshchining kelajakni oldindan ko’ra olish fazilati,
o’z vaqtida o’z o’rnida kerakli oqilona chora-tadbirlarni ishlab chiqib, qo’llay bilish
iqtidori uning fenomenidagi eng yorqin qirrasini ommaga tanitdi. Yot g’oyalarni xalq
ongini asta-sekin zaharlab egallamasligi, mamlakatda millat va elatlar o’rtasida
yagona totuvligini saqlab qolish uchun eng oqilona usul ma’naviy bo’shliqni zarur
boy ma’naviy qadriyatlar bilan to’ldirish edi. Islom Karimov mamlakatlar tarixida har
qanday buzg’unchi, vayronakor yot g’oyalarni faqat yuksak ma’naviyat bilangina
engish mumkinligini amalda isbotlab bergan Birinchi Prezident bo’lib qoldi. Shunday
tafakkur sohibini yo’qotish jamiyat uchun go’yo kema darg’asiz qolib cho’kkanday,
xalq otasiz etim bo’lib qolganday gap bo’ldi desak, ayni haqiqat.
Jamoatchilik fikrini to’g’ri yo’naltirishga, O’zbekiston xalqini birlashtira
olishga qodir milliy g’oya – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish
g’oyasi – darhaqiqat, tariximiz, o’zligimizni anglash va asrash tuyg’usi, asriy orzu-
265
intilishlarimiz, hayotiy tajribalarimizni o’zida mujassam eta oldi. O’zbekistondek
davlatning milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasiga aylandi. Demakki, inson ongi
va tafakkurini o’zgartirmay turib, uning dunyoqarashini ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga
moslashtirmay turib olib borilgan islohotlar yo’lidagi har qanday harakatlar behuda
va foydasizdir. O’zbekiston endigina mustaqillikni qo’lga kiritib, oyoqqa tura
boshlagan bir kezlarda Islom Karimov milliy qadriyat va an’analarimizni o’ziga xos
mafkuraviy islohotlar asosida qayta tiklashga kirishganida hamyurtlarimiz bu
tashabbusni zo’r mamnuniyat bilan qarshi oldilar va ma’qulladilar. Ezgu niyatda
qilingan bu xayrli ishlar o’sha paytlardayoq o’zbekistonliklarning bugungi
yutuqlariga hamda ertangi porloq kelajagiga bo’lgan ishonchlarini mustahkamladi.
Davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan xalq an’ana va qadriyatlarini tiklash masalasi
esa an’ana va qadriyatlarimizni keyingi rivoji hamda ravnaq topishida keng
imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Bu esa o’z-o’zidan xalqimizning o’zligini
anglashga bo’lgan intilishini kuchaytirdi, milliy g’ururning yuksalishiga samarali
ta’sir ko’rsatdi.
Asriy milliy an’analar, urf-odatlar, marosimlar qayta tiklanish yo’lida Birinchi
Prezident ta’kidlaganidek, ularga yangi mazmun bag’ishlash darkor edi. Ular istiqlol
g’oyasi bilan sug’orilib, O’zbekiston fuqarolarini kamol toptirishga xizmat qilishi,
keng mehnatkashlar ommasining ma’naviy ruhiyatini mustahkamlashi va
rivojlantirishi, ayniqsa yosh avlodni ona Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashi,
mamlakatning moddiy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishi, mehnat faoliyatini to’la
namoyon etishiga intilish kabi yuksak insoniy fazilatlarni uyg’unlashtirishga
yo’naltirildi.
Buyuk ajdodlarimiz ma’naviy-madaniy merosini o’rganishga g’oyat katta
ahamiyat berildi.
Millatimizning faxri, iftixori bo’lgan allomalarning nodir asarlari chop etilib,
xalqimiz tomonidan sevib o’qib o’rganilmoqda. Islom dunyosining buyuk olimu
fuzalolariga bag’ishlab ilmiy anjuman va yubiley tantanalarining o’tkazilishi,
ularning hayoti va faoliyatiga atab kitoblar hamda qo’llanmalar, albomlarning
tayyorlanib, nashr etilishi kabi millatimiz tarixiy taraqqiyotiga muhim hissa sifatida
266
qo’shilgan ezgu xayrli ishlarda Islom Karimovning xizmatlari benihoyat katta bo’ldi.
Birinchi Prezident o’z nutqlaridan birida shunday degan edi: “Ulug’ mutafakkir va
xalq ma’rifatparvarlarining bebaho merosiga ega bo’lgan O’zbekistondek
respublikada tarix va madaniyatning ana shu mantiqiy va sobitqadam silsilasi
uzilmasligi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish kerak” [2].
Yigirma yetti yil mobaynida qanchadan qancha loyihayu islohotlar o’z
yakuniga yetkazildi, ko’plab ezgu ishlar amalga oshirildi. Bu ishlar zamiridagi bosh
g’oya O’zbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millatlar, elatlarning madaniyat,
ma’naviyat, urf-odatlar va an’analar borasidagi o’ziga xos munosabatlarni qondirish,
ehtiyojlarini to’ldirish, shu tariqa ularni yanada mustahkam jipslashtirishga xizmat
qildi. Mashhur shiorlarga aylangan milliy g’oya jumlalari hammani o’ziga jalb etishi
lozim. Ushbu shiorlarga befarqlik, loqaydlik, mazmun-mohiyatga e’tiborsizlik ijobiy
natijalarga olib kelishi kutilgan harakatlarni, ishlarni ortga suradi. Vaholanki, milliy
g’oya – ulkan, beqiyos kuch.
Birinchi Prezident Islom Karimovning ma’naviy va ruhiy poklanish, yuksak
barkamollik borasida amalga oshirgan ishlarining qiyosi yo’q, chegara bilmaydi.
Prezident Islom Karimov jahonni ko’ra oldi, global muammolarni yechimini topish
chora-tadbirlarini ishlab chiqib, o’z taklif-mulohazalarini tribunalardan turib jar soldi,
raiyatni hushyor turishga chorladi, mamlakatimizni taraqqiy etgan davlatlar safiga
olib chiqish uchun fidokorona kurashdi, yo’lboshchi sifatida millatni ilg’or millatlar
darajasiga ko’tarish uchun jonbozlik ko’rsatdi, jonkuyarlik qildi. Albatta bularning
barchasi eng kuchli iste’dod sohibiga, chin insonga xos fazilatlardir. Birinchi rahbar
bosib o’tgan yo’l mamlakat tarixida ozod va obod Vatan qolishi uchun jahon
sahnasiga chiqishda sog’lom raqobatga qaratilgan kurash yo’li bo’lib qoldi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, qurayotgan jamiyatimiz O’zbekiston
xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy
qadriyatlarimiz va madaniyatimizni qayta tiklanishi, insonni ma’naviy-axloqiy
barkamolligini ta’minlashda ushbu siymoning yigirma beshdan ortiq asarlari, bir yuz
oltmishdan ortiq risola va qo’llanmalari, turli ma’ruzalarining o’rni o’ziga xos
beqiyosdir. Bu asarlar orqali olis va yaqin kechmishni ko’z oldimizda tiklaymiz.
Zero, o’tmishsiz – kelajak ham, istiqbol ham yo’q! Yo’qotilgan o’tmish bilan kelajak
orzusi ushalmaydi. O’tmish bugun va kelajakka ko’prikdir. Yuksak ma’naviy
267
g’oyalar sohibi Islom Karimov O’zbekistondek davlatda bosh islohotchi, yo’lboshchi
sifatida faoliyat ko’rsatib, o’z jasorati, donoligi bilan o’zbek xalqi qalbida chuqur iz
qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |