BOLALARDA SKOLIOZ BELGILARI
Idiopatik skolioz 6-7 yosh bolalarda boʻy oʻsishi tezlashgan vaqtda, profilaktik tekshiruvlar olib borilganda aniqlanadi. Skoliozning klinik belgilari umurtqa pogʻonasining qiyshayish darajasiga qarab turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin.
I darajali skolioz quyidagi klinik belgilar yuzaga chiqqanda aniqlanishi mumkin: bosh holatining pastga biroz tushishi, yelkalarning egilishi, chanoqning oʻzgarishi, yelka kamarining assimetriyasi, umurtqa pogʻonasining oʻz oʻqi atrofida aylanishi. Umurtqa egriligibolani egilgan holatga keltirganda bilinadi, uni tik holatga keltirganda esa qiyshiqlik sezilmaydi.
II darajali skoliozda yuqorida sanab oʻtilgan belgilardan tashqari umurtqa pogʻonasining patologik rotatsiyasi, koʻkrak va umurtqa sohasidagi mushaklarning qiyshaygan tarafga tortilishi. Umurtqa pogʻonasi qiyshiqligi bola tana holatining har qanday oʻzgarishida ham sezilib turadi.
III darajali skoliozda umurtqa pogʻonasining oʻz oʻqi atrofida sezilarli darajada aylanishi, “qovurgʻa bukirligi” kelib chiqishi, mushaklar kontrakturasi, qorin mushaklarining boʻshashi kabi belgilar kuzatiladi.
IV darajali skoliozda umurtqa pogʻonasi sezilarli darajada defomatsiyalanadi, paravertebralmushaklar tortiladi, “qovurgʻa bukirligi” yaqqol namoyon boʻlgan, qovurgʻa mushaklari esa boʻshashib qolgan holatda boʻladi.
Skolioz patologiyasining davom etishi jiddiy oʻzgarishlarga sabab boʻladi, masalan koʻkrak qafasi deformatsiyasi, yurak joylashuvining oʻzgarishi va siqilishi, oʻpka va qon tomir chigallarining ezilishi kabi.
Bu kabi holatlar – bolalar skoliotik kasalligi atamasi bilan yuritiladi.
I va II darajali skol
ioz odatda subyektiv shikoyatlarsiz kechadi. III va IV darajali skoliozda belda ogʻriq, tez charchash, hansirash, yurak sohasida ogʻriq, taxikardiya, harakatlanishdagi oʻzgarishlar kuzatiladi.
Bolalar va oʻsmirlarda skolioz oqibatlari va asoratlariga vegeto-qon tomir distoniyasi, neyrosirkulyator distoniya, oʻt yoʻllari diskineziyasi, xolesistit va boshqalar boʻlishi mumkin. Skoliozdan aziyat chekadigan qiz bolalarda hayz siklining buzilishi, kelajakda homiladorlikning spontan toʻxtashi, tugʻruq jarayoni bilan bogʻliq muammolar (holsizlik, diskoordinatsiya) kelib chiqishi mumkin.
Koʻp hollarda skolioz yondosh tayanch-harakat aʼzolari kasalliklar bilan birgalikda kechadi, masalan chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi, yassi oyoqlik, kifoz (umurtqa pogʻonasining saggital qiyshayishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |