O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi navoiy shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi



Download 3,24 Mb.
bet25/27
Sana30.03.2022
Hajmi3,24 Mb.
#519531
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
1 (8)

OTA-ONALARGA ''SKOLIOZ'' UMURTQA POG’OGASINING QIYSHAYISHI
VA UNING OLDIN OLISH BO’YICHA
TAVSIYALAR
Ma’lumki, kasallikning oldini olish, uni davolashdan ko’ra ancha oson kechadi. Shunday kasalliklar borki, ularni erta aniqlamaslik davolashda ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Shulardan biri bolalardagi tayanch-harakat apparatlari kasalliklari, jumladan, umurtqa pog’onasining qiyshayishi (skolioz)dir. Ko’pgina ota-onalar o’z bolalarining qilayotgan harakatlariga befarq bo’ladilar. Yosh bolalarning har bir harakati uning kelgusi hayotdagi salomatligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu o’rinda sizda: "Bolaning qilayotgan harakatiga skolioz, ya’ni umurtqa pog’onasi qiyshayishining nima dahli bor?", degan savol tug’ilishi tabiiy hol. Skoliozni keltirib chiqaruvchi omillar: * 1-sinfga borayotgan bolangizga yelkaning bir tomoniga osiladigan sumka olib berasiz. Bolangizni suyaklari hali to’liq qotmagan. Har doim bir tomonga sumkani osib yurish natijasida tana suyaklarining shu tomonga qiyshayishi kuzatiladi; * farzandingiz uyda dars tayyorlayotgan vaqtida stulga to’g’ri o’tirmasligi va shu stol-stullarni bolaning yoshiga to’g’ri kelmasligi ham kasallik yuzaga chiqishida yetakchi omillardan biri hisoblanadi; * bolangiz erkin yurganda egilib yoki boshini egib yurishi mumkin, bu ham skoliozga sabab bo’ladi; * bolangiz raxit kasalligiga chalingan bo’lsa, suyaklarda kalsiy yetishmasligi oqibatida umurtqa pog’onasining qiyshayishi kuzatiladi; * bolalarni og’ir yuk ko’tarishga majbur qilish tufayli umurtqa pog’onasi qiyshayishi mumkin; * prujinali karavotlardan foydalanishda ham umurtqa pog’onasi qiyshayishi mumkin; * yosh bolalar atrofiga yostiq qo’yib, o’tirishga majbur qilish oqibatida hali bunga tayyor bo’lmagan nozik umurtqa pog’onasida egilish holati paydo bo’ladi; * ovqatlanish ratsionida tarkibida kalsiy saqlovchi oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi natijasida suyaklarning mustahkamligi buziladi. Bu ham skolioz kasalligining yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Agarda qiz bolada skolioz kasalligi paydo bo’lsa, voyaga yetib turmush qurgandan so’ng unda tug’ruq jarayoni qiyin kechadi. Bo’yin yoki bel umurtqalarining qiyshayishi oqibatida ularda bukrilik holati vujudga kelishi yoki umurtqa pog’onasining orasiga tuz va suyuqliklar yig’ilishi mumkin. Bunday holatlar sodir bo’lmasligi uchun, albatta, farzandlaringizning salomatligi haqida qayg’urishingiz lozim. Ota-onalar bolalarini, avvalambor, bu kasalliklarga chalintirmaslikka harakat qilishi kerak. * Bolada raxit kasalligi bo’lsa, uni o’z vaqtida davolating; * bola hali o’tira olmasa, uni o’tirishga majbur qilmang; * maktabda o’qiydigan farzandlaringizni stol-stulda to’g’ri o’tirishga o’rgating; * bolangizga ikki yelkaga baravar osiladigan sumkadan foydalanishni tavsiya qiling; * bolalarning ovqatlanish ratsionidan qatiq, sut, tvorog, baliq o’rin olishi kerak; * bolalarni sport to’garaklariga qatnashishga undang. Chunki, sport – salomatlik garovidir; * bolalarni tekis, yog’och karavotlarda ko’proq yotqizing. U bola umurtqasining tekis o’sishiga yordam beradi; * prujinali karavotlardan foydalanmang! U umurtqa pog’onasi qiyshayishiga moyillik yaratadi. Hurmatli ota-onalar! Jismoniy chiniqish omillaridan oqilona foydalanish, bolalarda uchraydigan har xil kasalliklarni davolashda va ularning oldini olishda katta yordam beradi, farzandlaringiz sog’lom, baquvvat bo’lib o’sadi hamda ruhiyati ko’tarinki bo’ladu



Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish