San’at markazi
Rasm chizish «Mebel chizish»
Maqsad: rasmning berilishiga qarab tasvirni qog‘ozga joylashtirib, mustaqil ravishda syujet tanlaydi va bajaradi. Mebelning tegishli belgilari va kattaligini tasvirlab chizadi. Qora qalam bilan tashqi chiziqlarni chizib, rangli qalamlar yordamida bo‘yash usulini qo‘llaydi.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 formatdagi oq qog‘oz, qora va rangli qalamlar.
Mebel tasviri tushirilgan rasm.
Faoliyatning borishi:
Mebel tasviri tushirilgan rasmni tomosha qilish
Bolalarning samarali faoliyati.
Bolalarning ishlari ko‘rgazmasi.
Qo‘shimcha qism: o‘z xonasi va mebelini tasvirlash
E’tiborga molik jihati: bolaningijodiy faoliyati rivojlanganligiga, rasm chizishdagi texnik mahoratiga.
San’at markazi
Loy ishi «divan va kreslo»
Maqsad: xos qisimlarni tasvirlagan xolda loydan yasaydi, yog‘och qalam yordamida zarur elementlarni chizadi.Loy ish usullarini qo‘llaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:loy (plastilin), ishning bajarilish karta-sxemasi.
Faoliyatning borishi:
Ishning bajarilish bosqichlarini ko‘rib chiqish.
Materialni tanlash (bir xil rang yoki uyg‘un ranglar, bola tanlashiga qarab).
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo‘shimcha qism:ko‘shimcha ravishda stol yasash
E’tiborga molik jihati: texnik malakalarining shakillanishi va loy (plastilin) bilan ishlay olishi.
MAY 3 XAFTASI
«IDISh-TOVOQ», «MILLIY NAQSh»
Qurish-yasash va matematika markazi
Qog‘ozdan «Stakancha» yasash. Origami.
Maqsad: Origamitexnikasi to‘g‘risida biladi va ishlaydi. Sxemaga binoan stakanchani taxlaydi.
Kerakli jihoz va materiallar:qog‘oz stakanchani yasash sxema-rejasi, origami uchun
qog‘oz.
Faoliyatning borishi:
Qog‘oz stakanchani yasash sxema-rejasini ko‘rib chiqish.
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo‘shimcha qism:boshqa xil idishlarni yasash taklifini berish.
E’tiborga molik jihati: origami bilan ishlashning texnik ko‘nikmalari; sxema bilan ishlashni bilish.
Qurish-yasash va matematika markazi
Pape-mashedan tarelkachayasash
Maqsad: pape-mashe yasash texnikasini biladi; ishni sxema bilan bajaradi.
Kerakli jihoz va materiallar:mavzuli rasmlar, pape-mashe yasash uchun zarur bo‘lgan jixozlar (gazetalar, PVA yelimi, kistochkalar)
Faoliyatning borishi:
Bolalar pape-mashe texnikasida ishlangan idish-tovoqlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi.
Sxemani o‘rganishadi.
Ishni sxemaga qarab bajarishadi.
Qo‘shimcha qism: vazifani uddalagan bolalar qolganlariga yordam berishadi.
E’tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy tasavvuri va konstruktiv qobiliyatining shakllanishiga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishiga.
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammatizatsiyalash markazi
«Oila» nomlisyujetli-rollio‘yin (variatsiya: «Oiladagi tug‘ilgan kun»)
Maqsad:oilada kundalik turmushni ijodiy tasvirlab berish, o‘ylangan syujet uchun mustaqil ravishda vaziyat keltiradi, atributlarni maqsadga muvofiq ishlatadi, o‘yinga xayrixoxlik bildtradi va jamoada o‘ynay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoq idish-tovoqlar, mebel, o‘yin atributlari. kuklы, igrushechnaya posuda, mebel, igrovыe atributы.
Ishni rejalashtirish: oila va oilada tug‘ilgan kunlarni nishonlash xaqida suxbat.
Faoliyatning borishi:
O‘ziga rol tanlashni taklif etadi bugun kim nima bo‘lishni istaydi, balar rol tanlaydi va farqlash uchun atributlar tanlashadi, o‘yinchoqlar tanlashadi.
Bolalar syujetni borishi to‘g‘risida kelishib olishadi. (kimni tug‘ilgan kuni nishonlanadi, kim nima qiladi va x.z.)
bolalar mustaqil o‘ynashadi, tarbiyachi kuzatuvchi rolida bo‘ladi. O‘yin davomida tarbiyachi biror-bir nasixat yoki taklif beradi. Agar o‘yinda muammoli vaziyat vujudga kelsa, syujetning yangicha yo‘nalishini taklif etadi yoki o‘yinga yangi o‘yinchoq-personaj kiritadi.
Qo‘shimcha qism: oila va unda bayramlar qanday o‘tishi xaqida suxbat.
E’tiborga molik jihati: bolalar jamoadado‘stona o‘ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o‘ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |