Qo‘shimcha qism:bolalarga o‘z uylarini nomlash taklifini berish. Kurilish yonida bolalarni rasmga olish.
E’tiborga molik jihati: Bolalarni jamoada ishlash mahoratini, tasavvurini boyitishiga
Qurish-yasash va matematika markazi
"«Uyimiz hovli maydonchasini quramiz "
Maqsad: turli xil hajmdagi geometrik figuralardan hovli maydonchasini qura oladi, ularning nomlari va belgilarini biladi. Predmetlarni ma’lum bir xususiyatlarini jamlab konstruksiyani tera oladi,fazodagi qoidalarga rioya eta oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:lego (yirik), plastinlar, yirik geometrik figuralar.
Faoliyatning borishi:
Maydoncha tasvirlangan suratni tomosha qilish.
Kichik guruxlarda ishlash. Bolalar qanday maydoncha qurishini tanlashadi.
Hovli maydonchasini loyixa qilish.
Qo‘shimcha qism:qurilishda o‘yinini o‘ynash uchun mayda o‘yinchoqlar taklif qilish.
E’tiborga molik jihati: Bolalarni jamoada ishlash mahoratini, tasavvurini boyitishiga
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammatizatsiyalash markazi.
«Oila» (variatsiya: «Men va mening uyim»)
syujetni mustaqil o‘ynaydi.
Maqsad:o‘ylangan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi; o‘yin davomida xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi va jamoada o‘ynay oladi; tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli jihoz va materiallar:qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoq idish-tovoqlar, mebel, o‘yin atributlari.
Faoliyatning borishi:
1.bolalar rollarni taqsimlashadi (dada,oyi,bola va x.z.)
2. Markazni uy sifatida jihozlash.
3. O‘yin uchun mavzu tanlash(mehmonga borish, tug‘ilgan kunni nishonlash, sizlarnikiga mexmon keladi, dadangiz xizmat safariga ketmoqda va x.z) va reja tuzib olish
Qo‘shimcha qism: Tarbiyachi kuzvtuvlari orqali qo‘shimcha syujetni taklif etish mumkin:
E’tiborga molik jihati: bolalar jamoada do‘stona o‘ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o‘ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammatizatsiyalash markazi.
«Supermarket»
Oziq-ovqat, sanoat mollari, mebel, maishiy texnika mollari, o‘yinchoq do‘koni, kitob
do‘koni, kanselyariya mollari do‘koni va x.z.
Maqsad: o‘ylab topilgan syujet uchun mustaqil sharoit yarata oladi, atributlarni
joyida ishlata oladi, ular bo‘lmagan taqdirda mos ravishda o‘rnini almashtira oladi,xayrixoxlik xislatlarini namoyon etadi, jamoada o‘ynaydi,tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.
Kerakli jihoz va materiallar:«Supermarket» o‘yini uchun vыveska, «Kiyim-kechak», «O‘yinchoqlar», «Non», «Sabzavot va mevalar», «Sut», «Maishiy kimyo» bo‘limlari uchun vыveskalar, rastalar, kassa apparatlari, tarozi, mahsulot uchun o‘ramlar, mahsulotlar uchun savatlar, turlicha korobkalar, bankalar, mayda o‘yinchoqlar,kitoblar, qo‘g‘irchoq kiyimlari, qog‘oz pullar.
Faoliyatning borishi:
Syujetli rolli o‘yinda rol ajratish:
Syujetning o‘zi uchun tayyorgarlik;
O‘yinni o‘tkazish;
O‘yinga yakun yasash.
Qo‘shimcha qism: bolalarga rollarni almashtirishni taklif etish.
E’tiborga molik jihati: bolalar jamoada do‘stona munosabatda o‘ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o‘ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.
«Nutq va savodxonlik» markazi
«Men yashab turgan uy»hikoya tuzish.
Maqsad: tayyor rejaga tayangan xolda o‘z fikrini aniq ifoda etib hikoya tuza oladi, nutqida nisbiy sifatlarni va murakkab gaplarni ishlata oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:hikoya uchun reja tuzish, uy tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar turli xil uylar tasvirlangan suratlarni ko‘rib chiqishadi.
O‘yin«Top, qaysi?»(rasmlar qo‘yiladi)
Rasmlarni taxlil qilib, qanaqa uy ekanligini tasniflashishadi.
G‘ishtdan qurilgan uy – (g‘ishtli), … toshdan – (toshli), … yog‘ochdan – (yog‘ochli), … paneldan – (panelli).
Do'stlaringiz bilan baham: |