O‘yin «Aksini top»
Mening uyim baland, meniki esa (past).
Mening uyim yorug‘, meniki esa (qorong‘u).
Mening uyim bir qavatli, meniki esa (ko‘p qavatli).
Mening uyim katta, meniki esa (kichik)
Mening uyim yo‘lning chap tarafida, meniki esa yo‘lning (o‘ng tomonida).
Mening uyim keng ko‘chada joylashgan, meniki esa (tor) ko‘chada.
Qo‘shimcha qism: bolalar bir-birlariga uylari to‘g‘risida aytib berishadi..
E’tiborga molik jihati: bola o‘z fikrlariniravon izxor eta olishi, nutqning to‘g‘ri grammatik tuzilishiga e’tibor berish.
«Nutq va savodxonlik» markazi
«Xotira va qadrlash kuni»
Maqsad: «Xotira va qadrlash kuni» bayrami to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, Ulug‘ Vatan urushi qaxramonlari kim ekanligini biladi,(ular qaxramonona jang qilishgan, Vatanimizni dushmanlardan ximoya qilgan). Vatanparvarlik ruxini xis etadi, veteranlarni xurmat qiladi.
Kerakli jihoz va materiallar:rasmlar, Ulug‘ Vatan Urishi, veteranlar to‘g‘risida suratlar, «Motamsaro ona xaykali», pamyatnik «Noma’lum jangchi» xaykali tasvirlangan suratlar, general Sobira Raximovning rasmi.
Faoliyatning borishi.
Bolalar Ulug‘ Vatan urushi tasvirlangan rasmlarni tomosha qilishadi.
Mavzuga doir kichikroq hikoyani o‘qishadi.
Mustaqillik maydonida joylashgan «Motamsaro ona xaykali», «Noma’lum jangchi» xaykali tasvirlangan suratlarni tomosha qilishadi.
Qo‘shimcha qism: «General Sobir Raximov» to‘g‘risida hikoya.
E’tiborga molik jihati: bolalarda vatanparvarlik ruxini, o‘z xalqiga nisbatan muxabbat va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish.
Fan va tabiat markazi
«Qumning xususiyatlari»
Maqsad: qumning xususiyatlarini biladi, qum quruq, to‘kiladi, undan nonchalar yasab bo‘lmaydi, nam qum-to‘kilmaydi, undan yasasa bo‘ladi.
Kerakli jihoz va materiallar:qum, suv, qumli qoliplar, maxsus konteysnerlar Faoliyatning borishi:
Bolalar ushbu markazning vazifasi bilan tanishishadi va uskunalarni ko‘rib chiqishadi.
1-tajriba : «xo‘l qum».Bolalar qumni elakka to‘ldirib olishadi. (Qum oson o‘tadi). Bolalar tajriba o‘tkazishadi, buning uchun leykachalar bilan qumga suv quyishadi, so‘ngra aralashtirishadi. Qoliplardan bir nechta shakllar yasashadi. Qumning xususiyatlarini va shaklini o‘zgarishini kuzatishadi.
2-tajriba «quruq qum». Doskada qumdan naqshlar tasvirlangan. Kichikroq patnislardagi qumlarga bolalar o‘z naqshlarini chizishadi.
Bolalar bu tajribalarni grafik xolda qayd etishadi.
Qo‘shimcha qism: sayrda qum bilan o‘yinlar, qumdonlarda tajribani takrorlash taklifi beriladi.
E’tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayoning aktivlashuvi, kuzatish va xulosa qilishni bilish.
Fan va tabiat markazi
To‘kiladigan jismlarni hajmini o‘lchash.
Maqsad: shartli o‘lchovda tukiladigan jismlarning hajmlarini o‘lchay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: to‘kiladigan jismlar uchun shartli o‘lchamlar, keng va tor konteynerlar, turli sig‘imlar, turli hajmdagi krupalar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar to‘kiladigan jismlarni o‘lchaydigan uskunalarni o‘rganishadi.
Taklif etilgan krupalar, shakar va x.z larni o‘lchashadi.
Berilganlarni jadvalga kiritishadi (katta hajmdan kichikka qarab). Qo‘shimcha qism:og‘irlikni o‘lchashni taklif qilish (og‘irlik o‘lchov uskunasi) E’tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayoning aktivlashuvi, kuzatish va
xulosa qilishni bilish.
San’at markazi
Rasm chizish «Orzuimdagi uy»
Maqsad: mustaqil ravishda syujet tanlaydi vabajaradi, rasmning mazmuniga qarab uni varog‘da joylashtiradi. Qora qalam bilan sirtini chizadi va rangli qalamlar bilan uni bo‘yaydi.
Kerakli jihoz va materiallar: A4 formatida oq qog‘oz, qora va rangli qalamlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar «o‘z uying-o‘lan to‘shaging»maqolini o‘qishadi.
Bolalar xayolidagi uy to‘g‘risida tasavvur qilishadi. (ertaknamo, fazoli va x.z.)
Ishni bajarish
Qo‘shimcha qism: bolalar ishlaridan ko‘rgazma qilish.
E’tiborga molik jihati: bolada “Mening uyim-mening qo‘rg‘onim” tushunchasini shakllantirish, o‘z uyi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish vak uni sevish.
Do'stlaringiz bilan baham: |