O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Download 2,59 Mb.
bet128/133
Sana27.06.2022
Hajmi2,59 Mb.
#708827
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
КАТТА ГУРУҲГА ТЕМАТИК РЕЖАЛАШТИРИШ

suxbat«O‘zaro xushmuomala bo‘lish odobi».

E’tiborga molik jihati: Bolalar jamoada do‘stona o‘ynashi, nizoli vaziyatlardan aylanib o‘ta olishi, mustaqil qaror qabul qila olishi.


Syujetli-rolli o‘yinlar va drammatizatsiyalash markazi «bogcha oshxonasi» Syujetli-rolli o‘yin

Maqsad: oshxona ishchisining mexnatini ijodiy tasvirlash, o‘ylangan syujetga mustaqil ravishda mos vaziyat vujudga keltira oladi, o‘yinda layoqat bildiradi. Jamoada o‘ynashni biladi, tengqurlari bilan oson muloqotga kirishadi.


Kerakli jihoz va materiallar, bolalar idish-tovoqlar jamlanmasi (oshxona, ovqat uchun, choy uchun), stol va stulchalar. gazplita


Faoliyatning borishi:


Rollarni taqsimlash. O‘yin.


Bolalar rollarni almashishlari mumkin.
Qo‘shimcha qism: umumiy ovqatlanish joylarida o‘zini tutish odobi qoidalari, stol atrofida o‘zini tutish qoidasi, xushmuomala bilan yondoshish to‘g‘risida.


«Nutq va savodxonlik» markazi

Mebel xaqida nimalarni bilamiz?


Maqsad:xafta mavzusiga doir lug‘at boyligini to‘ldirish.


Kerakli jihoz va materiallar:mavzuli rasmlar, didaktik o‘yin «Mebelni tasniflash»


Faoliyatning borishi:


Bolalar «Mebel» rasmlarni tomosha qilishadi. Mebelni nomlarini aytishadi, so‘ngra o‘zlarini tekshirishadi (to‘g‘ri javob rasmning orqa tomonida)


mebel to‘g‘risida topishmoqlar aytish.


Didaktik o‘yin. Mebel tasvirlangan rasmlar jamlanmasi. Bolalar ularni ishlatilishiga qarab tasniflashi kerak: oshxona mebeli, maktab uchun mebel, yotoqxona uchun mebel.


Qo‘shimcha qism: bolalar rsamlarda ko‘rsatilmagan mebel nomlarini aytishadi.


E’tiborga molik jihati: bilish jarayonining shakllanishi.




Fan va tabiat markazi

Daraxtning xususiyatlari bilan tanishish.


Maqsad: tajriba-tadqiqot orqalidaraxt xususiyatlarini aniqlash mumkin.Xulosa chiqarish uchun o‘z shaxsiy tajribasiga tayanadi.


Kerakli jihoz va materiallar:ko‘rsatkichlar chizilgan daraxt, suv to‘ldirilgan idishlar, arralangan yog‘och bo‘lagi, yoshini ko‘rsatadigan xalqalari tasvirlangan arralangan yog‘och bo‘lagi, issiq suv bilan termos, suvli krujka.


Faoliyatning borishi:


Bola “daraxtdan nimalar qilinadi” varag‘ini to‘ldiradi. Qarshisiga chizadi (mebel, uy, qalamlar, gugurt va x.z.)


Daraxt arralangan bo‘lagini o‘rganish. Yoshini bildiradigan xalqalarni ko‘rib chiqishadi. Daraxt yoshini aniqlashni urinib ko‘rishadi.


Daraxt xususiyatlarini aniqlashadi: shaffoflik, pishiqligi, issiqligi, o‘tkazuvchanligi.


Bolalar cho‘kish-cho‘kmasligi to‘g‘risida tajriba o‘tkazishadi. Suv to‘ldirilgan idishga tayoqchalarni tashlashadi. Kuzatishadi va xulosa qilishadi.


Qo‘shimcha qism: tarbiyachi bilan daraxtlarni asrash xaqida suxbat.


E’tiborga molik jihati: kuzatish orqali bolalarning xulosa chiqara olishlariga, taiatga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo‘lish.




Fan va tabiat markazi

Qog‘oz xususiyatlari bilan tanishish.


Maqsad:xayotimizda qog‘ozning ishlatilish vazifasi xaqida biladi; uning sifatini (rangi, silliqligi, qalinligi, mustahkamliligi)ni va xususiyatlari (suvni shimishi, g‘ijim bo‘lishi, qirqilishi, yonishi, va x.z) ni aniqlaydi.

Kerakli jihoz va materiallar:qadimgi yozuvlar tasvirlangantoshlar, qayin po‘stlog‘i, shaffof qog‘oz rasmlari; qayin po‘stlog‘i, shaffof qog‘oz, toshlar, guash, qog‘oz, qalam, o‘tkir tayoqcha, suv idish, turli ko‘rinishda qog‘ozlar, gugurt, va tarbiyachi uchun temir kosacha.


Faoliyatning borishi:


Bolalar qadimgi yozuvlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi. Toshda guash bilan chiziqlar chizishga harakat qilishadi, qayin po‘stlog‘ida xarflarni o‘yishadi, qalam bilan qog‘ozga yozishadi.


Atrofingizga qarab qog‘ozdan tayyorlangan predmetlarni sanab o‘ting. (salfetklar, oboylar, tualetqog‘ozi, otkrыtkalar, kitoblar, jurnallar, gazetalar, qutilar,daftarlar vax.z.)


Qog‘oz xususiyatlarini aniqlashadi. Bolalar qog‘ozni g‘ijimlashadi, yirtishadi, suvga tushirishadi. Xulosa qilishadi.


Qo‘shimcha qism: tarbiyachi qog‘oz qaerdan olinganligi to‘g‘risida aytib beradi.


E’tiborga molik jihati: qog‘oz xususiyatlarini aniqlash uchun bolalar qog‘oz bilan yetarlicha ishlay olishlari kerak, ammo orqalaridan yig‘ishtirishni bilishlari shart. Shuningdek, bolalar bilan atrof-muxitga nisbatan va qog‘ozga nisbatan extiyotkorona munosabatda bo‘lishimiz kerakligi to‘g‘risida suxbat.





Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish