O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

Xulosa o‘rnida
: «Har bir jismoniy harakatning ichida, - deydi Stanislavskiy, 
9
Stanislavskiy K.S. Aktyorning о‘z ustida ishlashi.T.Xо‘jayev tarjimasi. “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti
1965 y. 53-54 b.


58
ichki xatti-harakat, kechinma yotadi». Jismoniy harakat bizni fikr qilishga, ruhiy 
qarashlar bilan boyitishga undaydi. 
DRAMATURGIYANING ASOSIY JANRLARI 
Dramaturgiya yunoncha «dramaturgia» so‘zidan olingan bo‘lib, quyidagi 
ma`nolarda ishlatiladi: 
-
muayyan sanʼatkor, davr va xalqqa mansub dramatik asarlar majmui. 
Masalan, Hamza, Fitrat dramaturgiyasi, antik davr dramaturgiyasi, Uygʻonish 
davri dramaturgiyasi, ingliz dramaturgiyasi, oʻzbek dramaturgiyasi va b.;
-
kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi. Teatr dramaturgiyasi 
badiiy drama asosida yuzaga kelgan, lekin hozirgi teatrda u rejissyor ssenariysi 
yordamida amalga oshiriladi. Kinosanʼat uchun ssenariy shaklidagi dramaturgiyasi 
xos. 
Bugungi kun dramaturgiyasida teatr sanʼatining asosi boʻlgan ushbu adabiy 
janrning rivojiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlash joiz. Xususan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Buxoro shahrida 
bunyod etilgan viloyat musiqali drama teatrining yangi binosiga tashrifi chogʻida 
sahna sanʼati oldida turgan vazifalarga toʻxtalar ekan, zamonaviy qahramon 
obrazini yaratish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirganida katta maʼno bor: «Teatr – 
tarbiya maskani, – deya oʻz fikrini boshlagan edi mamlakatimiz 1-rahbari, – 
Yoshlarimizni turli mafkuraviy tahdidlar va gʻaraz niyatli kuchlardan, taʼsirlardan 
asrab-avaylashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Yoshlarni toʻgʻri yoʻlga 
boshlashda pand-nasihat bilan kifoyalanib boʻlmaydi. Ezgulikni, yurtparvarlikni, 
insoniy fazilatlarni kamol toptirishga xizmat qiladigan amaliy ishlar qilish kerak. 
Ana shunday amaliy tarbiya omillaridan biri teatrdir. Teatr davr bilan hamnafas 
yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi 
asarlarni sahnaga olib chiqishi zarur. Farzandlarimizning maʼnaviy dunyosini 
mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, oriyatini kuchaytiradigan 
zamonaviy qahramonlar obrazini yaratish kerak».


59
Muhim ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqayotgan asarlarning paydo 
boʻlayotgani dramaturgiya davr bilan hamnafas qadam tashlayotganini koʻrsatadi. 
Zamonaviy qahramonni yaratish yoʻlida dadil qadamlar tashlanmoqda. 
Shuningdek, soʻnggi yillarda davrning global muammolari – odam savdosi, 
giyohvandlik, terrorizm haqida koʻplab asarlar yaratilmoqda. Shu maʼnoda, 
Rixsivoy Muhammadjonov qalamiga mansub «Oydin» (Milliy akademik drama 
teatri) asari bugungi kunda oʻzbekning bolasini ham oʻz domiga tortayotgan 
muammo – odam savdosi va uning ayanchli oqibatlari xususida. «Oydin» 
dramasidagi qahramon tushib qolgan vaziyat oddiy emas. Voqealar rivojida odam 
savdosi qurboni boʻlgan qizlar bilan bogʻliq tafsilotlar asosida intervyu tayyorlash 
jarayonida qahramonning jabrdiyda qizlarning koʻrgiliklari uchun asosiy 
aybdorlardan biri oʻzi bir yostiqqa bosh qoʻygan turmush oʻrtogʻi ekanligini bilib 
qolishi va ushbu jarayonda qalbida kechgan ruhiy jarayonlar oʻziga xos sahnaviy 
vositalarda ochilgan. Qoʻchqor Norqobil qalamiga mansub «Quyoshni sen 
uygʻotasan» dramasi zamondosh qahramonning oʻziga xos qiyofasini namoyon 
ettirgani bilan eʼtiborli. Asar bir ayolga xos sabr, bardosh, matonat, vafo, jasorat 
haqida. Uning bosh qahramoni sodda, oddiy qishloq ayoli Shabnam. Bir necha 
yildirki, ikki farzandini oʻzi tarbiyalaydi. Uning katta orzular bilan bir yostiqqa 
bosh qoʻygan turmush oʻrtogʻi Qodir koʻp pul topish niyatida Rossiyaga ketgan. 
Asar ularning temir yoʻl bekatida uchrashuvlari sahnasidan boshlanadi. Turmush 
oʻrtogʻini oʻzga yurtdan qaytarishga, oʻzi bilan birga ketishga koʻndira olmagan 
Shabnam yolgʻiz qishloqqa qaytishga majbur boʻladi. Bosh qahramonni mana 
shunday murakkab bir sharoitda qoʻllab-quvvatlaydigan, unga dalda berib, 
ruhlantiradigan qaynonasi Oydin momo obrazi asarning oʻziga xos liniyalaridan 
biridir. Oʻzining mustahkam irodasi, sabr-toqati bilan shaxs darajasiga yetishib, 
nafaqat oʻzini oʻnglab olgan, shu bilan birga, qishloqdoshlarini ham ish bilan 
taʼminlab, gilam toʻquvchi kichik sex ochib, muvaffaqiyatga erishgan ayol 
obrazida fidoyi zamondosh qiyofasi yaratilganini koʻrsatadi. Dramaturg Usmon 
Azimning davrimizning dolzarb muammolariga bagʻishlangan asarlaridan biri 
«Qurshov» dramasida ham zamondosh qahramon obrazi oʻziga xos koʻrinishda aks 


60
etgan. Usmon Azimning ushbu asarida bir guruh bosqinchi terrorchilarga qarshi 
kurashga bel bogʻlagan yurtdoshlarimizning vatanparvarligi va matonati haqida 
hikoya qilinadi. Yuqorida tilga olingan mavzuni muallif romantik ruhda hal 
qilishni maqsad etar ekan, turli uslub va vositalarda vatan oldidagi burch va 
masʼuliyatni yoshlar ongiga yana bir bor singdirishni maqsad qiladi. Muallif 
asarning boshidagi tanishtiruv qismida qahramonlarni «Biznikilar», «Hammaga 
baribirlar», «Terrorchilar» tarzida guruhlarga boʻlib tanishtiradi. Dramaturgning 
boshqa koʻpgina dramalaridan farqli ravishda, mazkur asarda ijobiy va salbiy 
obrazlar oʻrtasidagi chegara aniq. Shu maʼnoda, bosh ijobiy obraz leytenant 
Ravshan Sobirov. U yurtimiz chegaralarini qoʻriqlashdek sharafli sohada xizmat 
qiladi va bu yoʻlda begunoh insonlarning qonini toʻkayotgan bir guruh 
terrorchilarga qarshi kurashib, oʻzi qahramonlarcha shahid ketadi. Jinoyatchilarni 
qoʻlga tushirgan mard, asl yurt oʻgʻlonining matonati chuqur dramatik vaziyatlarda 
tasvir etiladi. Syujet rivojida mana shu voqelik zaminida turli harakterdagi 
kishilarning xatti-harakati orqali oʻta murakkab taqdirlar va munosabatlar koʻzga 
tashlanadi. Shu oʻrinda, bu asarida ham dramaturg qahramonlarni nomlash 
borasidagi oʻz anʼanasiga sodiq qolganini taʼkidlash joiz. Xususan, bosh qahramon 
Ravshan, uning rafiqasi Zulhumor. Qahramonlarni xalqimiz orasida mashhur 
boʻlgan muhabbat dostonidagi obrazlar nomi bilan atash asnosida muallif qalbi 
toza muhabbat bilan toʻla insonlar juda katta sharafli ishlarni qilishga, jasorat 
ularga doim hamroh boʻlishini taʼkidlashga urgʻu bergan. Dramada turli ifodaviy 
vositalardan foydalanilib, murakkab sharoitda insoniyligi va vatan oldidagi 
burchini unutmagan shaxslarning munosib timsoli yaratilgan. Shunday qilib, 
soʻnggi davrda oʻzbek dramaturgiyasida zamonaviy qahramon obrazini yaratish 
yoʻlida oʻziga xos jarayon kechmoqda. Hayotning qarama-qarshiliklari oldida 
chekinmagan, oʻzligini anglashga intilgan va oʻzini namoyon eta olgan qator 
insonlar obrazlari yaratildi. Biroq shu bilan birga, hali yaratilayotgan 
qahramonlarning hammasini badiiy yetuk, davr sinoviga bardosh beradigan 
qahramonlar, deyishga erta. Shunday boʻlsa-da, dastlabki dadil va muvaffaqiyatli 
qadamlar bu yoʻldagi ishlarning ertangi kuniga katta umid uygʻotadi. Bu jarayon 


61
nechogʻliq murakkab va koʻp qirrali boʻlmasin, yangilikka intilish va uni egallash 
yoʻlidagi saʼy-harakatlar va izlanishlar orqali uning ijobiy natija topishiga shubha 
yoʻq. 
Demak, drama bir necha ma’noda kechadi, keng ma’noda badiiy ijodning 
mustaqil bir turi - dramaturgiya’ni anglatadi. Tor ma’noda tragediya va komediya 
oralg‘idagi boshqa bir janrni - drama janrini anglatadi. Yana drama harakat – 
parda, akt ma’nosini ham qamraydi: uch pardali yoki bir pardali pyesa. Estetik 
tushunchalardan tashqari, keng xalq ommasi drama so‘zini tanglik, mushkullik, 
g‘am, dard-tashvish ma’nolarini ifodalashda ham qo‘llaydi.
Tragediya (rp.trageidia) (3-ilova qarang)- dramatik asar turlaridan biri bo‘lib, 
unda ilojsiz vaziyat, halok etuvchi og‘ir va teng bo‘lmagan kurash negizida 
qahramonning harakteri ochib beriladi. Tragediyada ko‘pincha haqiqat va adolat 
uchun kurashgan buyuk insonlarnint fojeasi beriladi. Tragediya’ning qahramonlari, 
odatda, ulug‘vor, favqulotda harakterli odamlardir. Tragediyada inson qalbining 
rang-barang tomonlari, hayotning shiddatli, kulguli, mungli voqealari g‘oyatda 
yorqin ochib beriladi. U hayotdagi shiddatli, qayg‘uli, mungli voqealarni aks 
ettiradi. Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb, hayot - mamot 
masalalarini ko‘tarib chikadi. Tragediyada ko‘pincha voqealar quyuqlantirilgan, 
ziddiyatlar keskinlashtirilgan shaklda ifodalanadi.
Dramatik 
tur 
janrlaridan 
biri 
bo‘lgan 
komediyada 
muallif o‘z 
g‘oyasini harakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy 
talqini vositasida ifodalaydi. Drama matni koʻrishga: 
-
imo-ishora, harakat, shuningdek, eshitishga moʻljallanadi;
-
u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi, ya`ni mizanssenalar qurilishi 
imkoniyatlariga ham muvofiq keladi.
Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini 
topadi. Drama tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos 
boʻlgan. 
O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi. Bu 
davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy 


62
qadriyatlar 
va urf-odatlar 
talqiniga 
alohida 
diqqat 
qaratiladi. 
Mustaqil 
mamlakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo ilm-fani, 
madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarining ulkan 
mutafakkir shaxslar bo‘lganini juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni 
anglatishda 
dramatik 
asarlar 
so‘z 
san’atining 
boshqa 
janrlariga 
qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi: 
-
sahnadagi 
qahramonlarning so‘zlaridan ta’sirlanadi va ularning xatti-
harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi;
-
ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi chegara yo‘qoladi. Aktyorlar 
sahnadan odamlar orasiga tushib keladi;
-
tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi. Har qanday badiiy asarda 
insonlarning ma’naviy kamoloti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim 
sanaladi. Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki 
tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolisligi, olimligi, sadoqati, 
mardligi hamisha shu insoniy fazilatlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy 
tushunchalar bilan yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab va 
ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy 
kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib 
bo‘lishadi.
Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan 
bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramonlarining sahnada o‘zlarini tutishlarini va 
o‘sha asarni tomoshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet 
voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi kerak. Boshqa adabiy tur va 
janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy 
tuzulishini yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos 
badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, 
xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-
psixologikm vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna 
asarining umrboqiyligini ham belgilaydi. Demak, dramatik turning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri uning sahnada ijro qilinishidir. Dramatik asar sahnada 


63
qo‘yilmas ekan, tomoshabin aktyorning harakat va holatini kuzatib, so‘zlarini 
tinglamas ekan, haqiqiy badiiy asar darajasiga ko‘tarila olmaydi. Binobarin, drama 
o‘zining matni bilan so‘z san`atiga mansub bo‘lsa, sahnada ijro etilishi jihatidan 
teatr san`atiga doxildir. Shu bois ham bu turdagi asarlarni o‘rgatish, tahlil qilish 
jaryoni bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Bunday asarlarda muallif 
nutqining bo‘lmasligi adabiyot o‘qituvchisining ishini yanada og`irlashtiradi. Shu 
bilan birga bu turdagi asarlarni o‘rganishda ifodali o‘qishning o‘rni alohida bo‘lib, 
ohang, pauza, ovozning baland-pastligi ham muhim ahamiyat kasb etadi 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish