O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

Xulosa o‘rnida:
agar san’atning burchi yuksak saviyali barkamol insonni 
tarbiyalash bo‘lsa rejissyor kelgusi avlod oldida, uning dunyoqarashi, saviyasi 
oldida o‘ta mas’ul ekanligini hech qachon unutmaslik kerak. Zero, O’zbekiston 
Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasining teatr, 
kino va sirk sohasida belgilab qo‘yilgan:
-
zamonaviy pyesalar, milliy mumtoz, jahon klassik asarlari asosida 
teatrlarning uzoq muddatli repertuarini shakllantirish, teatrlarning mahalliy va 
xorijiy davlatlardagi gastrol faoliyatini tizimli amalga oshirish milliy madaniyatni 
yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi 
PERSONAJLARNING YURISH- TURISHI VA HARAKATLARI ORQALI 
HARAKTERLARNI OCHISH 
Pyesaning yetakchi xatti-harakati deganda, Stanislavskiy, yetakchi xatti-
harakat tushunchasini dramaturgik harakatga yaqinlashtirar edi. 


56
Dramaturgik harakatda, biz bilamizki, asardagi g‘oyaviy muammolar 
personajlarning barcha harakatlari yordamida ochib beriladi. Dramaturgik harakat 
«etakchi xatti-harakat» hamda «qarshi harakatdan» tashkil topgan bo‘lib, «etakchi 
xatti-harakat» ijobiy qahramonlarning asarning asosiy g‘oyasini ochib beruvchi 
barcha harakatlarda namoyon bo‘ladi. 
Dramaturgik harakat har qanday pyesada fabula bo‘yicha, ya’ni asosiy 
voqealar zanjiri orqali «voqealar qatori» bo‘yicha rivojlanadi. Shuning uchun 
Stanislavskiy aktyor va rejissyorlardan birinchi navbatda pyesaning fabulasini 
bilishlarini talab qilgan. Xulosa qilib aytganda, yetakchi xatti-harakat spektaklning 
yuragi, asosiy chizig‘i bo‘lib, o‘tayotgan kurashni, qarama-qarshiliklarni ochib 
beradi. 
«Sahnada behuda yugurishning xojati yo‘q, - deydi Tortsov. – Sahnada 
bekordan bekorga yugurish va azob chekish mumkin emas. Sahnada xatti-harakat 
qilaman deb, «umuman» harakat qilishning keragi yo‘q, balki asosli, maqsadga 
muvofiq va unumli xatti-harakat qilmoq kerak»
8

K.S.Stanislavskiy quyidagicha hikoya qiladi: «Sahnada xatti-harakat qilmoq 
kerak. Drama san’ati, aktyorlik san’ati xatti-harakatga, aktivlikka asoslangan. 
«Drama» so‘zining o‘zi qadim yunon tilida «sodir bo‘layotgan harakat» demakdir. 
Lotin tilidagi «aktio» so‘zi drama so‘ziga monanddir, bu so‘zning o‘zagi «akt» 
bizning «aktivlik», «aktyor», «akt» so‘zlarimizga ham o‘tgan. Shunday qilib 
sahnadagi drama ko‘z o‘ngimizda kechayotgan xatti-harakat demak, sahnaga 
chiqqan aktyor esa xatti-harakat qiluvchi kishidir. 
- Kechirasiz, - to‘satdan gapirib yubordi Govorkov, - siz sahnada harakat 
qilmoq kerak dedingiz. Lekin, sizning kresloda o‘tirishingiz qanday qilib xatti-
harakatga kirsin? Menimcha bu tamomila harakatsizlikning o‘zginasi-ku. 
- Arkadiy Nikoloyevich xatti-harakat qildimi, qilmadimi, bunisini 
aytolmayman, - hayajon bilan gapirdim men, - biroq Arkadiy Nikoloyevichning 
«xatti-harakatsizligi» sizning «serharakatligingiz»ga qaraganda ming marta 
8
Stanislavskiy K.S. Aktyorning о‘z ustida ishlashi.T.Xо‘jayev tarjimasi. “Toshkent” badiiy adabiyot nashriyoti, 
1965 y. 56 b.


57
qiziqarliroq bo‘ldi.
- Sahnada qimirlamay o‘tirish passivlikdan dalolat bermaydi, - tushuntira 
bolshadi Arkadiy Nikoloyevich. – Sahnada qimirlamay o‘tirgan kishi ham xatti-
harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu tashqi-jismoniy emas, balki ichki-
psixik harakatdir. Binobarin, jismoniy sokinlik ko‘pincha kuchli ichki xatti-harakat 
tufayli sodir bo‘ladi, bu ijod qilishda juda muhim, juda qiziqarlidir. San’atning 
qimmati, uning ma’naviy mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun men o‘z 
formulamni bir oz o‘zgartirib shunday deyman: sahnada ham jismoniy, ham ruhiy 
xatti-harakat qilmoq kerak. 
Bu bilan san’atimizning asoslaridan biri – sahna ijodining va san’atning 
aktivligi hamda harakatchanligi bajarilgan bo‘ladi»
9
.
Harakat aktyorlik san’atining asosiy materiallari hisoblanadi. Xatti-harakat 
davomida «fikr qilish», sezish, ko‘ra olish, aktyor obrazining jismoniy holati yaxlit 
bir butun bo‘lib birlashadi. Stanislavskiy «sahnada harakat qilish lozim, faol 
harakatga dramatik san’at mushtoqdir» - deydi. Sahnada aynan harakat uchun 
harakat qilmasdan, balki aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakat qilish lozim. 
Sahnaviy harakat ichki hissiyotlardan kelib chiqqan holda maqsadli harakat 
bo‘lishi kerak. Kechinma va obrazlarni o‘ynamay, balki kechinma va obrazlarni 
ta’sirida harakat qilish lozim. 
Har qanday harakat - deydi Stanislavskiy, ruhiy-jismoniy akt bo‘lib, jismoniy 
hamda ruhiy tomonlardan tashkil topib, bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Har 
qanday jismoniy harakat ruhiy asosga ega bo‘lsa, har qanday ruhiy harakatni 
bajarishda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Masalan: Bir nimadan qattiq iztirob 
chekayotgan kishini ko‘nglini olish uchun uning ko‘zlariga diqqat bilan tikilish, 
yoniga o‘tirish, yelkasiga qo‘lni qo‘yish va h.k. kabi bir qancha jismoniy 
harakatlarni bajarish lozim. Bu yerda jismoniy harakat ruhiy harakatga tobe bo‘lib, 
tobelik harakterida namoyon bo‘ladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish