O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/57
Sana14.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#795595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Bog'liq
fayl 1441 20210810

Xulosa ornida
, aktyorlarning bir-biriga munosabati sahnada, ijodiy 
jarayonda, teatr jamoasi hayotida tug‘ilishini hisobga olinsa, demak, yosh 
aktyorlarda bir-biriga bo‘lgan mas’uliyat hissini dastlabki mashg‘ulotlardanoq 
boshlamoq kerak. Demak, aktyorning mehnat intizomi, ijodiy, axloqiy-ma’naviy 
ichki intizomlari uning teatr jamoasi hayoti asosiga qurilgan etik prinsiplaridir. 
(2-
ilovaga qarang)
 
ASOSIY ETIK TALABLAR 
 
Mashhur rejissyorlardan biri Anatoliy Efros bir suhbatida «Men o‘zim bilan 
yetti-sakkiz kishini yetaklab keta olaman, undan ko‘pi ko‘p» degan edi. Darhaqiqat 
bir rejissyor uchun bir-birini tushunadigan yetti-sakkiz maslakdoshdan ortig‘i 
ortiq. Bizdagi teatr ijodiy jamoalari o‘ttizdan ellikka qadar, hatto undan ham ko‘p. 
Rejissyor har birining taqdirini o‘ylashi, ularga rol topib berishi, ijodiy o‘sishini 
ta’minlashi kerak. Bu albatta badiiy rahbarga og‘ir. Bekorga mashhur MXAT 


47
bo‘laklarga bo‘linib ketmadi. Oleg Yefremov 150 ta aktyorni bir o‘zi yetaklab keta 
olmadi. Har bir aktyor o‘ziga yarasha injiq, talabchan, yangi-yangi rol ijro etishni 
xohlaydi. Ijodiy jamoaning ichida iqtidorlisi, fidoyisi bor, o‘z navbatida 
favqulodda o‘ralashib yurgan boqimandalar ham bor. Har biri o‘ziga yarasha izzat 
talab, unvon talab. Rejissyor, ayniqsa bosh rejissyor bularni hisobga olmasligi 
mumkin emas. Jamoada ijodiy muhit hukm surmasa, sog‘lom munosabat, yaxshi 
kayfiyat bo‘lmasa, rejissyor boshida yong‘oq chaqilaveradi deyavering. Aktyor 
xalqi nozikta’b, inson psixologiyasini, uning ruhiyatini chuqur o‘rgangan bo‘ladi, 
sal narsaga aziyat chekadi, bo‘sh qoldi degandan mish-mish tarqatadi, bo‘lar-
bo‘lmas gaplar oralaydi. Agar har biri ish bilan, ijod bilan band bo‘lmasa, o‘sha 
teatrda rejissyorning umri qisqaradi deyavering. Demak, asosiy etik talablaridan 
biri bu- jamoada ijodiy muhit, sog‘lom munosabat, yaxshi kayfiyatni bo‘lishi. 
Yoshlar va keksalar muammosi barcha san’at dargohlarida mavjud. «O’ligim 
shu yerdan chiqadi» deb o‘tirish ham insofdan emas. Yosh o‘tganda kuch ketganda 
yoshlarga joyni bo‘shatib berish, ularga «oq yo‘l» tilash har bir keksa 
san’atkorning burchi. Darhaqiqat sahnani vaqtida tark etish ham san’at. Yoshlar va 
keksalar vorisligini saqlash, sog‘lom ijodiy raqobat sharoitini yaratish rejissyorga 
bog‘liq. Ziddiyatlarning oldini olish, bu kasalliklarni odob bilan davolash 
rejissyorning burchi hisoblanadi.
O’z-o‘zidan ma’lum, bu dargohga yangi, yosh san’atkorlarning kirib kelishi 
hayot taqozosidir. Demak keyingi etik talab bu- me’yorni, davr talabini yaxshi his 
qilish. 
Haqiqiy sahna asari ijodiy bahslarda, munozaralarda, achchiq tortishuvlarda, 
bir-biriga bo‘lgan tanqidiy munosabatlarda yaratiladi. Tanqidlarga chidamsizlik 
«Xap, senimi» zaylida ish ko‘rish, o‘ch olish intizomning bo‘shashiga olib keladi. 
Rejissyor hamkasblarning tanqidiy fikrlarini to‘g‘ri qabul qilish, ijobiy xulosalar 
chiqarish, barcha ziddiyatli va raqobatli holatlar asar muvaffaqiyatiga 
yo‘naltirilishiga erishishini unutmasligi lozim. Rol taqsimoti ham ijodiy jarayon. 
Aktyor va aktrisaning iqtidoriga, imkoniyatiga qarab rol beriladi. Rejissyor 
ularning u roldan bu rolga o‘zlarini takrorlashi emas, yangi-yangi qirralarni 


48
ochishga, tarbiyalashga, bir-biriga o‘xshamagan qiyofalar yaratishga harakat qilish 
kerak. Demak, keyingi etik talab-tanqidni to‘g`ri qabul qilish. 
O’zbek 
san’atkorlari 
A.Hidoyatov, 
Sh.Burxonov, 
O.Xo‘jaev, 
S.Eshonto‘raeva ana shunday yombilardan edi. Ular uchun ish, ijod intizomi 
birinchi o‘rinda turar edi. Mashhur aktyor O.Jalilov kechqurun spektaklga kelib uni 
ijro qilib tugagandan so‘nggina jamoaga qizining olamdan o‘tganligini, ertalab 
janoza ekanligini e’lon qilgan. Ana sabr-toqat, ichki intizom, san’atga baxshidalik. 
Jamoada ijodiy jarayonni, tashkiliy tarbiyaviy ishlarni uyg‘unlikda olib borishi, 
jamoaning birlashib ishlashiga, ahilligiga erishishi lozim. Bu o‘z navbatida 
tinimsiz izlanishni, sabr-toqatni, jasoratni talab qiladi. Iqtidor tabiatan ato qilinsa, 
mahorat mehnat bilan charxlanadi. Jamoa ahilligi tinimsiz izlanish, tinimsiz 
mehnat bilan ifodalanadi. Kundalik mehnatni mensimaslik, o‘ziga oro berish 
layoqatni o‘tmaslashtiradi, tanballikka olib keladi. Jamoada hamisha qilingan 
ishdan qoniqmaslik, ijodga tashnalik kayfiyati hukm sursin. Demak, keying asosiy 
etik talab bu- ijod intizomi, ahillik, tinimsiz izlanish va mehnat. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish