O’zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati chirchiq-2020 yil



Download 4,17 Mb.
bet17/135
Sana21.04.2022
Hajmi4,17 Mb.
#571296
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Bog'liq
Eshkak eshish referat

Kanoeda eshkak eshish. Kanoeda eshkak eshish – maxsus qayiqlarda sportchi bir tizzasini qayiq asosiga qo’yib, eshkak orqali tezlik olish evaziga musobaqalashuvchi siklik sport turi hisoblanadi. Kanoeda eshkak eshish sporti bilan erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham shug’ullanishi mumkin. Kanoeda eshkak eshish sportini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tashkilot ICF – Xalqaro kanoe federatsiyasi hisoblanadi.
Kanoeda eshkak eshish sportida yakkalik, juftlik qayiqlarda musobaqalar o’tkaziladi.

12-rasm. Bir kishilik kanoe qayig’i
Shartli belgisi: C-1
Qayiqdagi sportchi vazni: 80 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 520 sm
Qayiq vazni: 16 kg
Qayiq eni: 44 sm

13-rasm. Ikki kishilik kanoe qayig’i
Shartli belgisi: C-2
Qayiqdagi sportchi vazni: 150 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 650 sm
Qayiq vazni: 20 kg
Qayiq eni: 33 sm
4-jadval
Baydarka va kanoe qayiqlariga qo’yiladigan talablar

Qayiq turi

Qayiq nomi

Maksimal uzunligi

Minimal vazni

K1

Bir o’rinli baydarka

520 sm

12 kg

K2

Ikki o’rinli baydarka

650 sm

18 kg

K4

To’rt o’rinli baydarka

1100 sm

30 kg

C1

Bir o’rinli kanoe

520 sm

16 kg

C2

Ikki o’rinli kanoe

650 sm

20 kg

Poyga masofasi 9 yo’lakdan iborat, har bir yo’lak kengligi 9m, suv havzasi chuqurligi 2-3m.
5-jadval
Olimpiada o’yinlari dasturidagi baydarka va kanoe poyga masofalari va qayiq turlari

Erkaklar

Ayollar

K1

200m

K1

200m

K2

200m

K1

500m

K1

1000m

K2

500m

K2

1000m

K4

500m

K4

1000m







C1

200m







C1

1000m







C2

1000m









Suv slalolimida eshkak eshish. Suv slalomda eshkak eshish – bu belgilangan darvozalar orqali masofani bosib o’tishni talab qiladigan sport turidir. Suv havzasi daryoning bir qismi yoki su’niy trassa bo’lishi mumkin. Musobaqalar o’tkazish uchun suv oqimining tezligi sekundiga 2 martadan kam bo’lmasligi lozim.
Darvozalar trosga bog’langan ikkita: oq-yashilga bo’yalgan (“to’g’ri darvozalar ” - oqim bo’yicha bosib o’tish zarur bo’lgan) va oq-qizilga bo’yalgan (“teskari darvozalar” - oqimga qarshi o’tish zarur bo’lgan) tayoqdan tashkil topadi. Darvozalardan o’tish tartibi darvozaga biriktirilgan raqamlar orqali amalga oshirilaqi.
Suv slalomi texnikasi quyidagi asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: eshish texnikasining o’zi, darvozalardan o’tish texnikasi, to’lqinli suvlarda suv slalomi elementlarini bajarish texnikasi va juvtlikda eshish texnikasi xususiyatlari.
Slalom-baydarkaning ikki xil qayiqlarida eshkakchining qayiqdagi dastlabki holati bir xildir. Slalomdagi kanoeda sportchi bir oyog’iga tayanib, tayanch oyoq tizzasi va boshqaruvchi oyoq tovoni taxminan yelka kengligida ochilgan holda qayiqda joylashadi.
Slalomda eshkak eshish sportida yakkalik baydarka slalom, yakkalik kanoe slalom, juftlik baydarka slalom, juftlik kanoe slalom qayiqlarda musobaqalar o’tkaziladi.

14-rasm. Suv slalolimida eshkak eshish.
Eshkak eshish sportida atamashunoslik. To’g’ri atama harakatni bayon etishni qisqartiradi yoki butunlay almashtiradi va bu harakat haqida aniq tasavvurni hosil qiladi. Qisqa va qulay atama yengil esda saqlanadi.
Eshkak eshish texnikasini o’rgatish va takomillashtirish jarayonida murabbiy har xil elementlarni tushuntirish va ko’rsatish zarurati bilan tez-tez to’qnashadi. Atamalarning aniq va ravshanligi o’rganilayotgan vazifa va savollarning tuzilishini aniq va yaxshi tushunishga sabab bo’ladi. Baydarkada eshkak eshishda atamashunoslik ko’p yillar davomida qayta ishlanib kelgan.
Eshkak eshish sportida ikki turdagi atamalar ishlatiladi – jamlovchi va aniq. Jamlovchi atama, odatda harakat yaxlitligini yoki harakat majmuasini (eshish), aniq atamalar esa ayrim harakatlarni yoki eshkak eshuvchi holatini (suvni ilish, olib o’tish) bildiradi. Biz eshkak eshish sportida quyidagi atamalarga amal qilishni tavsiya etamiz:

  1. Akademik eshkak eshish – mahkamlovchi moslamali nisbatan takomillashgan sport turi

  2. Akademik eshkak eshish qayiqlari – mahkamlovchi moslamali eshkak eshish sport qayiqlari

  3. Akvatoriya – tabiiy yoki sun`iy to’siqlar bilan chegaralangan suv havzasi qismi.

  4. Eshkak eshuvchi harakatlari amplitudasi – gavda o’qining qayiq asosi va tumshug’iga nisbatan vertikal maksimal og’ishi

  5. Qayiqning yon tomoni (yon bort) – qayiq harakati yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda joylashgan bort

  6. Yon tomondagi eshkak eshuvchi – qayiq harakati yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda o’tirgan eshkak eshuvchi (eshkak eshkak eshuvchidan chap tomonda joylashgan)

  7. Balans – eshkak eshish texnikasi elementi. Balansni egallash – eshkak eshuvchining qayiqni barqaror holatdan chiqaruvchi omillarga e`tibor bermaslik qobiliyati. Balansni egallash – qayiq va eshkakni mukammal boshqarish

  8. Banka – eshkak eshuvchining qayiqda o’tirish joyi

  9. Barashek – mahkamlovchi moslamadagi maxsus konstruksiya gaykasi

  10. Basseyn (eshkak eshish) – eshkak eshishni quruqlikda tabiiy holatga yaqin sharoitda immitatsiya qilish uchun mo’ljallangan maxsus inshoot

  11. Eshishning tayanchsiz fazasi – eshkak eshuvchi qayiq harakatiga kuchlanish bermaydigan eshish sikli qismi

  12. Bon – jamoaning qayiqqa o’tirish va undan chiqishi uchun mo’ljallangan qalqib turuvchi inshoot

  13. Bort – qayiqning yon devori

  14. Bort mahkamlovchisi – qayiq bortiga mahkamlanadigan mahkamlovchi moslama

  15. Dastlabki holat - odatda eshkak yuzasining suvga tegish payti eshkak eshuvchining dastlabki holati hisoblanadi.

  16. Eshkak eshuvchining harakat sikli – qayiqning harakatlanishi uchun zarur bo’lgan, eshkak eshuvchining ketma-ket harakatlari majmuining tugallanganligidir.

  17. Eshish – eshkak eshuvchi qayiqni harakatga keltirish uchun eshkak yuzasi bilan suvga tayangan holda siklning ishchi yoki tayanchli fazasi vaqti.

  18. Ilish fazasi – bu vaqtda sportchi eshkak yuzasini suvga tiqib, tayanchni tobib, qayiqni siljita boshlaydi.

  19. Eshish fazasi – eshkak eshuvchi suvga eshkak yuzasi bilan tayanib qayiqni harakatlantiradi.

  20. Tayyorgarlik fazasi – yangi eshish ushun tayyorgarlik ko’rish.

  21. Eshkak eshishni yakunlash fazasi – eshkak eshuvchi eshkakni suvdan olib chiqadi.

  22. Eshish fazasi – eshishning vaqtga ajralgan qismi.

  23. Kill – qayiqni orqa-tag qismida joylashgan boshqarish moslamasi.

  24. Slyayd – o’tirish moslamasi.

  25. Tayanch – qayiq tubida oyoq tirab o’tirish moslamasi.

  26. Yostiqcha – kanoechilar tizzasini qo’yuvchi moslama.

  27. YuQS – yurak qisqarish soni.

  28. Elling – qayiqlar saqlanadigan joy.

  29. Tayanch oyoq – kanoeda eshkak eshuvchi tizzasida turadigan oyoq;

  30. Eshkak vali – kablukka o’rnatish joyidan uning ichki tomondan oxirigacha bo’lgan eshkak qismi

  31. Vaterliniya – qayiqning belgilangan yukda suvga kirish shartli chizig’i

  32. Yuqori qo’l – juft eshkakli qayiqda eshishga olib o’tishga tayyorgarlik jarayonida eshkak ushlagichini ushlashda bir qo’lga nisbatan yuqoridagi qo’l

  33. Qayiq turi – qayiqlarning belgilangan tasnifi: poyga, o’quv

  34. Eshkak eshuvchiga ta`sir qiluvchi tashqi kuch – eshkak ushlagich reaksiyasi, banka reaksiyasi, oyoq tirgagich reaksiyasi, havo qarshiligi kuchi, eshkak eshuvchi tana qarshiligi kuchi

  35. Mexanik eshkak eshish tizimiga (qayiq-eshkak eshuvchi-eshkak) ta`sir qiluvchi tashqi kuchlar

  • qayiq korpusi harakatlanishiga suvning qarshilik kuchi

  • eshkak yuzasiga suv bosimining kuchi

  • havoning qarshilik kuchi

  • tizimning tortishish kuchi

  1. Eshkak eshuvchiga ta`sir qiluvchi ichki kuchlar – muskul zo’riqishi, bo’g’lamlardagi zo’riqish, bo’g’imlar reaksiyasi, tananing alohida zvenolaridagi inersiya kuchi

  2. Mexanik eshkak eshish tizimiga (qayiq-eshkak eshuvchi-eshkak) ta`sir qiluvchi ichki kuchlar:

  • eshkak eshuvchining tortish kuchi (eshkak ushlagichiga beriladigan)

  • eshkak eshuvchi tanasi inersiya kuchi (eshkak ushlagichi yoki oyoq tirgagichga beriladigan)

  • tizimning alohida zvenolari vazni kuchi

  1. Ichki bort – qayiqning eshkak eshuvchi eshkakga kuchlanish beradigan tomondagi borti

  2. Ichki qo’l – toq eshkakli qayiqlarda eshkak ushlagichning mahkamlovchi moslama tomonidagi qo’li, tashqi qo’l – mahkamlovchi moslamaga qarama-qarshi tomondagi qo’l

  3. Ichki oyoq – toq eshkakli qayiqlarda eshkak ushlagichning mahkamlovchi moslama tomonidagi oyog’i, tashqi qo’l – mahkamlovchi moslamaga qarama-qarshi tomondagi oyoq

  4. Ichki kil – qayiqning ichki jihozlarini mahkamlash va bog’lash uchun xizmat qiluvchi qayiqning ichki ko’ndalang birikmasi

  5. Suv o’tkazmaydigan to’siq – qayiq ichidagi suv o’tkazmaydigan to’siq

  6. Eshkakning suvdagi ishi – eshishni bajarish jarayonida eshkak yuzasining suvdagi harakatlar shakli

  7. Qayiqning suv sig’imi – qayiq uchun ruxsat etilgan yuklama kattaligi. Nazariy qayiq siqib chiqaruvchi suv vazniga teng

  8. To’lqin qaytaruvchi – qayiq ag’darilishidan saqlovchi himoya qurilmasi

  9. To’lqin qarshiligi – harakatlanayotgan qayiqqa nisbatan qarshilik kattaligi

  10. Sakkiztalik – ko’p o’rinli sport qayig’i (sakkiz kishilik)

  11. Aylanuvchi moslama – vertikal o’q atrofida aylanuvchi moslama konstruksiyasi (hozirgi kunda umumqabul qilingan).


Download 4,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish