Nazorat savollari
Eshkak eshish sportining qanday turlarini bilasiz?
Eshkak eshish bilan shug’ullanish uchun qanday majburiy talablar bajarilishi zarur?
Akademik eshkak eshishnin o’ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Akademik eshkak eshish qayig’i qanday jihozlanadi?
Baydarkada eshkak eshishning o’ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Baydarka qayig’i haqida nimalarni bilasiz?
Kanoeda eshkak eshishning o’ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Kanoe qayig’i haqida nimalarni bilasiz?
Suv slalomida eshkak eshishning o’ziga xos xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Eshkak eshish sportidagi qanday atamalarni bilasiz?
4-mavzu. Eshkak eshish texnikasi asoslari
Eshkak eshuvchining texnik mahorati ko’rsatkichlari. Sportchilar texnik mahoratining asosiy ko’rsatkichi musobaqa mashqlarini bajarishda harakatlarning optimal shakli, tarkibi va ishonchliligi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida yuqori darajadagi texnik tayyorgarlik harakat ko’nikmasini yuqori darajada avtomatlashishi bilan ajralib turadi va texnikaning barqarorligi ta`minlanadi. Barqaror texnika deganda eshkak eshish amaliyotida ko’p uchraydigan harakat ko’nikmasining qattiq mustahkamlanishini emas, balki tayyorlanganlik darajasining o’zgarishi bilan tezkor va samarali o’zgaruvchan, musobaqa masofasini bosib o’tishning ma`lum vaqtida sportchining funksional imkoniyatlari va holatiga “moslashuvchi” ko’nikma tushiniladi.
Eshkak eshish sportida eshkak eshuvchi harakat imkoniyatlarini va texnikasini baholovchi har xil uslublar, mezonlar va testlar ishlab chiqilgan bo’lib ular amaliyotda keng qo’llanilib kelinmoqda. Ulardan foydalanish natijalari pedagogik nazoratning tarkibiy qismi bo’lgan biomexanik nazoratni umumlashtiradi. Eshkak eshish bo’yicha adabiyotlarda joriy va oraliq biomexanik nazoratni tashkil qilish va uning tarkibi, uslublari hamda mezonlariga oid muammolar batafsil va yetarlicha yoritilgan. Ularda asosan, eshkakka beriladigan kuchlanish va qayiq tezligining individual va guruhli dinamikasi, eshishning dinamik tarkibini o’zgartirish, temp va ritm xarakteristikasini o’zgartirish, nazorat sinovi davomida texnika barqarorligi baholanadi.
Shu bilan birga biomexanik nazoratni amalga oshirishdagi murakkablik shundan iboratki, sinovni o’tkazish uchun sportchini trenirovka mashg’ulotidan ajratib olinadi yoki asosiy musobaqaviy masofani bosib o’tishidan foydalaniladi. Ammo, harakatlarni bajarish texnikasining chuqurlashtirilgan tahlili eshkak eshuvchining bir tomondan texnik tayyorgarligini, ikkinchi tomondan uning funksional imkoniyati va holatini baholash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |