Kanoeda eshkak eshish. Kanoeda eshkak eshish – maxsus qayiqlarda sportchi bir tizzasini qayiq asosiga qo’yib, eshkak orqali tezlik olish evaziga musobaqalashuvchi siklik sport turi hisoblanadi. Kanoeda eshkak eshish sporti bilan erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham shug’ullanishi mumkin. Kanoeda eshkak eshish sportini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tashkilot ICF – Xalqaro kanoe federatsiyasi hisoblanadi.
Kanoeda eshkak eshish sportida yakkalik, juftlik qayiqlarda musobaqalar o’tkaziladi.
12-rasm. Bir kishilik kanoe qayig’i Shartli belgisi: C-1
Qayiqdagi sportchi vazni: 80 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 520 sm
Qayiq vazni: 16 kg
Qayiq eni: 44 sm
13-rasm. Ikki kishilik kanoe qayig’i Shartli belgisi: C-2
Qayiqdagi sportchi vazni: 150 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 650 sm
Qayiq vazni: 20 kg
Qayiq eni: 33 sm
4-jadval
Baydarka va kanoe qayiqlariga qo’yiladigan talablar
Poyga masofasi 9 yo’lakdan iborat, har bir yo’lak kengligi 9m, suv havzasi chuqurligi 2-3m. 5-jadval
Olimpiada o’yinlari dasturidagi baydarka va kanoe poyga masofalari va qayiq turlari
Erkaklar
Ayollar
K1
200m
K1
200m
K2
200m
K1
500m
K1
1000m
K2
500m
K2
1000m
K4
500m
K4
1000m
C1
200m
C1
1000m
C2
1000m
Suv slalolimida eshkak eshish.Suv slalomda eshkak eshish – bu belgilangan darvozalar orqali masofani bosib o’tishni talab qiladigan sport turidir. Suv havzasi daryoning bir qismi yoki su’niy trassa bo’lishi mumkin. Musobaqalar o’tkazish uchun suv oqimining tezligi sekundiga 2 martadan kam bo’lmasligi lozim.
Darvozalar trosga bog’langan ikkita: oq-yashilga bo’yalgan (“to’g’ri darvozalar ” - oqim bo’yicha bosib o’tish zarur bo’lgan) va oq-qizilga bo’yalgan (“teskari darvozalar” - oqimga qarshi o’tish zarur bo’lgan) tayoqdan tashkil topadi. Darvozalardan o’tish tartibi darvozaga biriktirilgan raqamlar orqali amalga oshirilaqi.
Suv slalomi texnikasi quyidagi asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: eshish texnikasining o’zi, darvozalardan o’tish texnikasi, to’lqinli suvlarda suv slalomi elementlarini bajarish texnikasi va juvtlikda eshish texnikasi xususiyatlari.
Slalom-baydarkaning ikki xil qayiqlarida eshkakchining qayiqdagi dastlabki holati bir xildir. Slalomdagi kanoeda sportchi bir oyog’iga tayanib, tayanch oyoq tizzasi va boshqaruvchi oyoq tovoni taxminan yelka kengligida ochilgan holda qayiqda joylashadi.
Slalomda eshkak eshish sportida yakkalik baydarka slalom, yakkalik kanoe slalom, juftlik baydarka slalom, juftlik kanoe slalom qayiqlarda musobaqalar o’tkaziladi.
14-rasm. Suv slalolimida eshkak eshish. Eshkak eshish sportida atamashunoslik.To’g’ri atama harakatni bayon etishni qisqartiradi yoki butunlay almashtiradi va bu harakat haqida aniq tasavvurni hosil qiladi. Qisqa va qulay atama yengil esda saqlanadi.
Eshkak eshish texnikasini o’rgatish va takomillashtirish jarayonida murabbiy har xil elementlarni tushuntirish va ko’rsatish zarurati bilan tez-tez to’qnashadi. Atamalarning aniq va ravshanligi o’rganilayotgan vazifa va savollarning tuzilishini aniq va yaxshi tushunishga sabab bo’ladi. Baydarkada eshkak eshishda atamashunoslik ko’p yillar davomida qayta ishlanib kelgan.
Eshkak eshish sportida ikki turdagi atamalar ishlatiladi – jamlovchi va aniq. Jamlovchi atama, odatda harakat yaxlitligini yoki harakat majmuasini (eshish), aniq atamalar esa ayrim harakatlarni yoki eshkak eshuvchi holatini (suvni ilish, olib o’tish) bildiradi. Biz eshkak eshish sportida quyidagi atamalarga amal qilishni tavsiya etamiz:
Akademik eshkak eshish – mahkamlovchi moslamali nisbatan takomillashgan sport turi
Akvatoriya – tabiiy yoki sun`iy to’siqlar bilan chegaralangan suv havzasi qismi.
Eshkak eshuvchi harakatlari amplitudasi – gavda o’qining qayiq asosi va tumshug’iga nisbatan vertikal maksimal og’ishi
Qayiqning yon tomoni (yon bort) – qayiq harakati yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda joylashgan bort
Yon tomondagi eshkak eshuvchi – qayiq harakati yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda o’tirgan eshkak eshuvchi (eshkak eshkak eshuvchidan chap tomonda joylashgan)
Balans – eshkak eshish texnikasi elementi. Balansni egallash – eshkak eshuvchining qayiqni barqaror holatdan chiqaruvchi omillarga e`tibor bermaslik qobiliyati. Balansni egallash – qayiq va eshkakni mukammal boshqarish
Banka – eshkak eshuvchining qayiqda o’tirish joyi
Barashek – mahkamlovchi moslamadagi maxsus konstruksiya gaykasi
Basseyn (eshkak eshish) – eshkak eshishni quruqlikda tabiiy holatga yaqin sharoitda immitatsiya qilish uchun mo’ljallangan maxsus inshoot
Bon – jamoaning qayiqqa o’tirish va undan chiqishi uchun mo’ljallangan qalqib turuvchi inshoot
Bort – qayiqning yon devori
Bort mahkamlovchisi – qayiq bortiga mahkamlanadigan mahkamlovchi moslama
Dastlabki holat - odatda eshkak yuzasining suvga tegish payti eshkak eshuvchining dastlabki holati hisoblanadi.
Eshkak eshuvchining harakat sikli – qayiqning harakatlanishi uchun zarur bo’lgan, eshkak eshuvchining ketma-ket harakatlari majmuining tugallanganligidir.
Eshish – eshkak eshuvchi qayiqni harakatga keltirish uchun eshkak yuzasi bilan suvga tayangan holda siklning ishchi yoki tayanchli fazasi vaqti.
Ilish fazasi – bu vaqtda sportchi eshkak yuzasini suvga tiqib, tayanchni tobib, qayiqni siljita boshlaydi.
Eshish fazasi – eshkak eshuvchi suvga eshkak yuzasi bilan tayanib qayiqni harakatlantiradi.
Tayyorgarlik fazasi – yangi eshish ushun tayyorgarlik ko’rish.
Eshkak eshishni yakunlash fazasi – eshkak eshuvchi eshkakni suvdan olib chiqadi.
Eshish fazasi – eshishning vaqtga ajralgan qismi.
Kill – qayiqni orqa-tag qismida joylashgan boshqarish moslamasi.
Tayanch oyoq – kanoeda eshkak eshuvchi tizzasida turadigan oyoq;
Eshkak vali – kablukka o’rnatish joyidan uning ichki tomondan oxirigacha bo’lgan eshkak qismi
Vaterliniya – qayiqning belgilangan yukda suvga kirish shartli chizig’i
Yuqori qo’l – juft eshkakli qayiqda eshishga olib o’tishga tayyorgarlik jarayonida eshkak ushlagichini ushlashda bir qo’lga nisbatan yuqoridagi qo’l
Qayiq turi – qayiqlarning belgilangan tasnifi: poyga, o’quv
Eshkak eshuvchiga ta`sir qiluvchi tashqi kuch – eshkak ushlagich reaksiyasi, banka reaksiyasi, oyoq tirgagich reaksiyasi, havo qarshiligi kuchi, eshkak eshuvchi tana qarshiligi kuchi
Mexanik eshkak eshish tizimiga (qayiq-eshkak eshuvchi-eshkak) ta`sir qiluvchi tashqi kuchlar
qayiq korpusi harakatlanishiga suvning qarshilik kuchi
Eshkak eshuvchiga ta`sir qiluvchi ichki kuchlar – muskul zo’riqishi, bo’g’lamlardagi zo’riqish, bo’g’imlar reaksiyasi, tananing alohida zvenolaridagi inersiya kuchi
Mexanik eshkak eshish tizimiga (qayiq-eshkak eshuvchi-eshkak) ta`sir qiluvchi ichki kuchlar:
eshkak eshuvchining tortish kuchi (eshkak ushlagichiga beriladigan)
eshkak eshuvchi tanasi inersiya kuchi (eshkak ushlagichi yoki oyoq tirgagichga beriladigan)