Maxsus yo’lak — bankaning qayiq ichida harakatlanishi uchun mo’ljallangan ikkita rels. Har ikki tomonidan plastik cheklagich mavjud.
Otvod/kronshteyn — konus shaklida mahkamlangan metal yoki korbondan yasalgan naycha. Qayiq bortlariga mahkamlanadi (juft eshkakli qayiqlarda o’ng va chap bortlarga, toq eshkakli qayiqlarda o’ng yoki chap bortga). Eshkaklar uchun tayanch nuqtasi sifatida ishlatiladi.
Falshbort — bo’rt yonlariga perpendikulyar mahkamlangan plastina (qayiq materialidan tayyorlangan). Suv sachrashidan himoya vazifasini bajaradi.
To’lqin kesar — birinchi raqamli sportchi ortidan mahkamlanadi. Qayiq harakati vaqtida qayiqqa suv tushushidan himoya qiladi.
Lyuchok — plasmassadan aylana shaklida, rezba va ruchkali tayyorlangan plastina. Atrof-muhit va qayiq ichki muhiti orasidagi “eshikcha” vazifasini bajaradi.
Vertlyug — kronshteyn oxiriga mahkamlanuvchi plastik-metalli ishlanma. Eshkakni qayiqqa harakatli mahkamlanishini uchun xizmat qiladi.
Karetka — plastik g’ildirakli, podshipniklar bilan jihozlangan metal konstruksiya, harakatlanuvchi o’rindiq (banka) elementi. Karetkalar bir o’qdagi g’ildiraklar orasidagi masofaga bog’liq holda ikkita standartli kattalik tipida bo’lishi mumkin.
Oyoq tirgagichni mahkamlagich — har xil akademik eshkak eshish qayiqlarida oyoq tirgagich joylashgan joyini o’zgartirish va harakatlanuvchi fiksator (qayd qilgich) uchun plastik planka.
Tumshuqcha — akademik eshkak eshish qayiqlari tumshug’ida joylashgan shar shaklidagi rezina poynak (nakanechnik). To’qnashuvlarda eshkak eshish anjomlari va sportchilar lat yeyishining oldini olish uchun xavfsizlik elementi.
Barashek — metal rezbali toq va juft eshkakli vertlyug uchun plastik fiksator (qayd qilgich).
Kabluk — eshkak dastagi uzunligini cheklovchi plastik.
Manjet — ishchi eshish fazasida eshkak yuzasi hujum burchagi uchun plastik nakladkali poya (tsevya)
Baydarkada eshkak eshish.Baydarkada eshkak eshish – maxsus qayiqlarda maxsus o’rindiqqa o’tirgan holda, eshkak orqali tezkil olish evaziga musobaqalashuvchi sport turi hisoblanadi. Baydarkada eshkak eshish sporti bilan erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham shug’ullanishi mumkin. Baydarkada eshkak eshish sportini boshqaruvchi va tartibga soluvchi xalqaro tashkilot ICF – Xalqaro kanoe federatsiyasi hisoblanadi.
Baydarkada eshkak eshish sportida yakkalik, juftlik va to’rt kishilik qayiqlarda musobaqalar o’tkaziladi.
9-rasm. Bir kishilik baydarka qayig’i Shartli belgisi: K-1
Qayiqdagi sportchi vazni: 70 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 520 sm
Qayiq vazni: 12 kg
Qayiq eni: 41 sm
10-rasm. Ikki kishilik baydarka qayig’i Shartli belgisi: K-2
Qayiqdagi sportchi vazni: 140 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 650 sm
Qayiq vazni: 18 kg
Qayiq eni: 41 sm
11-rasm. To’rt kishilik baydarka qayig’i Shartli belgisi: K-4
Qayiqdagi sportchi vazni: 300 kg atrofida
Qayiq uzunligi: 1100 sm
Qayiq vazni: 30 kg
Qayiq eni: 41 sm