Baydarkada eshkak eshishda muvozanat saqlash va baydarkani boshqarishni o’rgatish. Texnikaning bu ikki elementi bir vaqtning o’zida egallanadi. Bular bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Texnikaning bu elementlarini tez o’zlashtirish uchun barqarorligi kuchaytirilgan qayiqlardan va maxsus moslama bilan jihozlangan qayiqlardan foydalaniladi.
Muvozanat saqlashni egallash uchun maxsus mashqlardan foydalaniladi:
Qayiq tubiga o’tirgan holda (o’rindiqsiz, ya`ni slyadsiz) eshkak eshish, ikkitalik baydarkada yuqori malakali eshkak eshuvchi bilan eshkak eshish. Ikkinchi raqamdagi yuqori malakali sportchi eshkak yuzasi bilan suvga tayanib qayiq muvozanatini ushlaydi.
Muvozanat saqlashni o’rgatish bilan bir vaqtning o’zida qayiqni boshqarish ham o’rgatiladi: qirg’oqdan uzoqlashsish va qirg’oqqa yaqinlashish, baydarkani to’xtatish, qayiqni belgilangan kursda ushlab turish, murabbiy buyruqlarini bajarish.
Baydarkani kursda ushlashni bajarishda olib o’tishni chap va o’ng bortlarga bir xil kuchlanish berish va rulni belgilangan holatda o’rnatish yo’li orqali erishiladi. Belgilangan mo’ljal yo’nalishida eshkak eshish, bir eshkak bilan oldinga va ikkinchisi bilan ortga eshish orqali burilishlarni bajarish baydarkani boshqarishni tez egallash imkonini beradi.
Baydarkada eshkak eshishda eshish texnikasini o’rganish va uni takomillashtirish. Eshish texnikasini o’rgatish va uni takomillashtirish eshkak eshish basseynida o’quv apparatida amalga oshiriladi.
Suvni ilish. Suvni ilishning asosiy vazifasi – eshkak yuzasining suvga tayanch olishidadir. Eshkak yuzasi cho’zilgan qo’l bilan iloji boricha oldinda ushlanadi. Eshkakni tushirish bilan bir vaqtning o’zida eshkak yuzasini yoy bo’yicha pastga harakatlantirish uchun tortuvchi qo’l oldinga-yuqoriga to’g’irlanadi. Texnikaning asosiy elementi – suvni ilish holatidan eshkakni tortish holatiga o’tishdir. Eshkakni tortish eshkak eshuvchi gavdasining vertikal o’q atrofida burilishi evaziga yuzaga keladi. Quyidagi mashqlarni qo’llash mumkin: eshkakning bir yuzasi bilan suvni ilish. Mashqdan eshkakning havodagi promashkasini kamaytirish va eshkak yuzasi bilan suvni urishning oldini olish uchun foydalaniladi. Eshkak eshuvchi dastlabki holatdan eshkak yuzasi bilan suvni iladi, keyin yana dastlabki holatga qaytadi (bu bilan noto’liq olib o’tish kuzatiladi).
Olib o’tish. Gavdaning vertikal o’q atrofida kuchlanish yo’nalishi qayiq harakatiga parallel o’tishiga erishish zarur. Olib o’tishda gavda va qo’l harakatlari bir-biriga mos harakatlanishi muhim hisoblanadi. Qo’lning tortish harakati gavda harakatiga nisbatan yengil o’zlashtiriladi. Bu vazifani yechishni yengillashtirish uchun quyidagi mashqlar qo’llaniladi:
Quruqlikda: yuqori tayanchda yoki o’quv apparatida o’tirgan holda eshkak yelkaga gorizontal va qo’lni tortib gavdani vertikal o’q atrofida aylantirish.
Qayiqda: eshkakni keng ushlab eshish. Bunday eshishda qo’l harakati turg’unlashib, gavda harakati faollashadi.
Olib o’tishning oxiri – eshishni bajarishning muhim elementlaridan biridir. Bunda quyidagi talablarga amal qilish zarur:
Eshkakning dastlabki holatiga (qarama-qarshi bortga) o’tguncha eshkak yuzasining suvga tayanchini saqlash.
Olib o’tish oxirida kuchlanish berib eshkak eshish mashqi ham qo’llaniladi. Bu mashqni bajarish uchun suvni ilishda eshkak yuzasini biroz oldinroqqa o’tkazish va olib o’tishning ikkinchi yarmi hamda oxirini bajarishda panja va tirsakning to’g’ri holatni saqlashiga e`tibor berish kerak. Mashq nafaqat olib o’tish oxirini bajarishni yaxshilashga, balki yangi shugullanuvchilarda ko’p uchraydigan tortuvchi panjaning ichkariga burilishini va eshkak yuzasining suvni orqaga “otish”ining oldini oladi.
Eshish texnikasini takomillashtirishda quyidagi mashqlar qo’llaniladi:
Suvni ilishga kuchlanish berish bilan eshkak eshish. Asosiy diqqat qo’l harakatlariga, eshkak yuzasi va qayiq tezligining mosligiga qaratiladi.
Olib o’tish oxiriga kuchlanish berish bilan eshkak eshish. Asosiy diqqat eshkak yuzasining suvdan chiqish paytida panja va tirsak harakatiga qaratiladi.
Butun olib o’tishga kuchlanish berish bilan eshkak eshish. Asosiy diqqat gavdaning vertikal o’q atrofida aylanishiga va eshkak yuzasining suvga doimiy tayanchiga qaratiladi.