Baxning perekisli nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra yengil oksidlanuvchi moddalar ta’sirida kislorod molekulasining ikkala bog‘i emas, balki bitta bog‘i uziladi, so‘ngra kislorod molekulasi o‘sha modda bilan birikib, oraliq mahsulot sifatida peroksid hosil bo‘ladi. Bu esaperoksidaza fermenti ta’sirida parchalanadi, ajralib chiqqan kislorodoksidlanuvchi substrat bilan birikadi va oksidlangan modda hosil bo‘ladi.
Vodorodning faollashuv nazariyasi Palladin va Vilandtomonidan yaratilgandir. Bu nazariyaga ko‘ra metabolitlar oksidlanishi shu moddadan spetsifik degidrogenazalar ta’sirida H2 ajralishi bilan yuz beradi. Palladinning fikriga ko‘ra ajralgan H2 xromogenlar bilanbiriksa, Vilandning fikricha esa O2 bilan birikadi. Bu bir vaqtning o‘zida substratning oksidlanishi va pigmentning qaytarilishi bilan kechadi.Shuning uchun bu jarayon oksidlarning qaytarilish jarayoni hisoblanadi.
C6H6O12 + 6H2O +12R = 6CO2 + 12 RH2 (anaerob bosqich)
12RH2 + 6O2 = 12R + 6H2O (aerob bosqich)
Do'stlaringiz bilan baham: |