Varburgning elektrolitik nazariyasi. Elektron tashuvchi omillarvositasida oksidlanuvchi metabolit elektroni hisobiga kislorodning faollashuvi asoslangan nazariyadir. Bunda substratda elektronni kislorodga tashib beruvchi omil vazifasini, biologik oksidlanishda ishtirok etuvchi gemni fermentlarining tarkibidagi uch valentli temir elementi bajaradi. Aktivlangan kislorod H+ ioni bilan birikib suv hosil qiladi.
Biologik oksidlanishni zamonaviy nazariyasi yuqorida qayd etilgan uchala nazariyalarni o‘z ichiga oladi va Sent-Derdvi nazariyasi deyiladi. Bu nazariyaga asosan to‘qimada metabolitning oksidlanishi bir yo‘la proton va elektronlarni ajralishi va ularning kislorod molekulasiga birikishi bilan boradi. Ammo elektron va protonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorod bilan birikmay, balki spetsifik fermentlar va kofermentlar ishtirokida sodir bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |