O’zbekiston respublikasi IIV farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi oxunboboyev tumani ichki ishlar bo’limi



Download 179 Kb.
bet14/56
Sana08.01.2022
Hajmi179 Kb.
#332099
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Erkin radikal oksidlanish

Mikrosomal oksidlanish

Umuman olganda hujayrada 2 xil to‘qima nafas olishi mavjud:fosforillanuvchi nafas olish va fosforillanmasdan (erkin) nafas olish.Fosforillanish bilan nafas olish mitoxondriyaning ichki membranasida kechadi va ATF sintezi bilan boradi. Erkin nafas olish zanjiri mitoxondriyaning tashqi membranasida kechadi va bunda energiya issiqlik sifatida ajralib chiqadi.

Ikki turdagi nafas zanjirining bo‘lishi fiziologik ahamiyatga ega.Chunki ba’zi paytlarda organizm ko‘p miqdorda ATFga muhtoj, boshqapaytlarda esa issiqlikka. Bunda organizm bir nafas olish zanjiridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin va organizmni adaptatsiya-kompensatsiya (moslashuv) jarayonlar holatini belgilaydi.

Turli zaharli moddalarni jigarda zararsizlantirilishi o‘ziga xos yo‘llar bilan ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqich endoplazmatik turda boradi, reaksiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi. Ularning kofermenti sitoxrom P-450, b5, gem va vitaminlar hisoblanadi. Sitoxrom P-450 ni bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular substratlarga monandligi bilan farqlanadilar. Quyida jigar mikrosomalarida zaharli moddalarni zararsizlantirilishining birinchi bosqichi keltirilgan .

Bu jarayonlarda reaksiyalarni mikrosomal gidroksilazalar okimonooksigenazalar katalizlaydi. Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik turda ro‘y beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish Yaponiya olimlari T. Omuza va S. Sato (1964) jigardan mikrosomani (silliq endoplazmatik retikulum bo‘laklari – vezikulalarni) ajratib olishga muyassar bo‘lganidan so‘ng rivojlanadi. Endoplazmatik reticulum donador va silliq xillarga bo‘linadi. Donador endoplazmatik reticulum oqsil sintezida faol ishtirok etadi (albuminlar, globulinlar, silliq muskullar oqsili). Membrana yuzasiga ribosomalarni joylanishi endoplazmatik retikulumni kimyoviy va fermentativ tarkibini deyarli o‘zgartirmaydi. Ammo donador membrana maxsus funksiyaga ega bo‘ladi oqsil sintezi markaziga aylanadi.

Silliq endoplazmatik retikulum organizmga tushgan begona moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen substratlar, xolesterin, o‘t kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid gormonlar, prostoglandinlar). Uning donador endoplazmatik retikulumdan asosiy farqi – NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza fermenti bo‘lib, gidroksillash reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomalurning asosiy gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxromP-450-reduktaza kiradi. Mikrosomalarda gidroksillash reaksiyasi monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Bu reaksiya sitoxrom P-450 ishtirokida quyidagi bosqichlarda boradi:

Sitoxrom P-450 fermenti (Fe3+) substrat (S) bilan birikib fermentsubstrat kompleksi hosil qiladi. Sitoxrom P-450 tarkibidagi Fe2+ ga qaytariladi. Bu reaksiyaNADFH-reduktaza ishtirokida borib, u ferment-substrat kompleksiga kislorodni birikishini amalga oshiradi.Bir atom kislorod substratni oksidlanish uchun, yana bir atomi suv molekulasini hosil qilishga sarflanib sitoxrom P-450 tarkibidagi temir yana uch valentlikka (Fe3+) o‘tadi. Oksidlangan substratning eruvchanligi oshadi va metabolitik reaksiya osonlashadi. Sitoxrom P-450 substratning keyingi molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Keltirilgan reaksiyada NADFH2 bilan ta’minlovchi fermentlar:

izotsitratdegidrogenaza;

glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza;

6-fosfoglyuqonatdegidrogenaza.

Sitoxrom P-450 bilan ro‘y beradigan reaksiyalar oraliq va oxiri zaharli moddalar hosil bo‘lishi bilan o‘tadi (H2O2, OH, O2-, CO vaboshqalar). Bu moddalarni zararsizlantirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A, E, C va boshqalar), erkin radikallarga qarshi faollikka ega bo‘lgan mikroelementlar (Zn, Cu, Ni,Se va boshqalar), antioksidant himoya fermentlari (superoksiddismutaza, glutationperoksidaza, katalaza) va fosfolipidlar himoya vazifasini bajaradi.Sitoxrom P-450 ni katalitik faolligi 3 xil yo‘l bilan boshqariladi.Molekula ichida o‘zgarishlar qilib sitoxrom P-450ni substratspetsifikligini o‘zgartirish bilan.Molekulalararo ta’sirlar natijasida sitoxrom P-450 reduktazafermenti faolligini o‘zgartirishi bilan.Sitoxrom P-450 fermenti sintezini kuchaytirish (induksiya) yo‘libilan.Uchinchi boshqaruv yo‘li tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Buning uchun fenobarbital (lyuminal), ziksorin, benzonal kabi dorivor moddalar ishlatiladi.


Download 179 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish