120
T o ‘ r t i n c h i b o ‘ l i m
SUITSIDAL XATTI-HARAKAT
Suitsidal xatti-harakat tushunchasi
Suitsid (o‘zini o‘ldirish) – bu insonning o‘zini hayotdan atayin
mahrum qilishi. O‘zini o‘ldirish ta’rifida suitsidning ikkita asosiy
belgisi bor: obyekt sodir etadigan xatti-harakat hamda uning amalga
oshirgan harakatining oqibatlarini anglashi.
Hozirgi zamon nazariy
konsepsiyasiga muvofiq, suitsidal xatti-harakat shaxsning boshidan
kechirayotgan mikroijtimoiy mojaro sharoitiga ijtimoiy-psixologik
dezadaptatsiyasi (moslasha olmasligi)ning oqibatidir. Barcha
suitsidentlarda, ularga qanday tashxis qo‘yilishidan qat’i nazar,
ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya kuzatiladi. Obyektiv jihatdan
dezadaptatsiya inson xatti-harakatlarining o‘z yaqinlari orasida
o‘zgarishi, o‘zining ijtimoiy vazifalarini muvaffaqiyatli uddalash
imkoniyatining cheklanishi yoki xatti-harakatning patologik transfor-
matsiyasi (shakli o‘zgarishi) kabilarda namoyon bo‘ladi. Dezadap-
tatsiyaning subyektiv ifodasi keng doiradagi va xilma-xil psixoemot-
sional kechinmalar (xavotir, qayg‘u, dil og‘rishi, alam, uyat, g‘azab,
nafrat, adovat)dan to klinik ifodaga ega bo‘lgan
psixopatologik
sindromlar (asteniya, depressiya kabi)larda namoyon bo‘ladi.
Suitsidal xatti-harakat o‘zini o‘ldirishga urinish (parasuitsid) va
yakunlangan suitsidni o‘z ichiga oladi.
O‘zini o‘ldirishga urinish
– suitsidal maqsad uncha katta
bo‘lmagani, noaniq bo‘lgani tufayli fatal (muqarrar) tus olmagan
suitsidal harakat. O‘zini o‘ldirishga urinadigan ko‘pchilik odamlar
o‘zlarining o‘lish istagi borasida bir xil bo‘lmaydilar. Bu qanchalik
g‘alati tuyulmasin, o‘zini o‘ldirishga urinish yashash istagining
kuchliligi va yordamga chaqirish istagining oqibati bo‘ladi. Ba’zi
hollarda suitsidal rejalar va harakatlar boshida
muvaffaqiyatsiz
ko‘rinadi, holbuki subyekt vayronkorroq harakatlar qilishi mumkin
bo‘ladi; bunday urinishlar «soxta suitsid» deyiladi, ko‘p hollarda
kommunikativ xususiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, soxta
suitsidning arzimas tuyulgan xususiyatlari to‘liq tekshirish va
121
davolash uchun sabab bo‘lib xizmat qilishi kerak. Bunday
davolashdan ko‘zlangan maqsad bundan keyingi urinishlarning oldini
olish bo‘lishi lozim, chunki ko‘pgina yakunlangan o‘zini o‘ldirishlar
avvalida muvaffaqiyatsiz urinishlar xronologiyasi kuzatiladi.
Yakunlangan suitsid
suitsidal urinishdan ko‘pgina ko‘rsatkichlari
bilan ajralib turadi. Biroq farqi mutlaq emas, chunki suitsidal
urinishlar ham o‘lish istagi faqat buning erta aniqlangan va samarali
reanimatsiya qilingani oqibatida o‘zini o‘ldirishining
oldi olingan
odamlar harakatlaridan iborat. Bundan tashqari, suitsidal urinishlar
noto‘g‘ri hisob-kitob oqibatida fatal tusga ega bo‘lishi mumkin.
Suitsidal xatti-harakatning ichki va tashqi shakllari farqlanadi.
Suitsidal xatti-harakatning
ichki shakllari
suitsidal fikrlar,
tasavvurlar, shuningdek suitsidal tamoyillarni o‘z ichiga oladi. O‘z
navbatida, suitsidal tamoyillar mo‘ljallar, niyatlarga bo‘linadi hamda
suitsidal fikrlardan ularni amalga oshirishga urinishlargacha bo‘lgan
«old suitsidal davr» hisoblanadi. Uning
davomiyligi daqiqalar
(«o‘tkir presuitsid») yoki oylar («surunkali presuitsid») bilan
hisoblanishi mumkin. Ijobiy presuitsid hollarida suitsidal xatti-
harakat ichki shakllarining rivojlanish jarayoni quyida keltirilgan
bosqichlardan aniq o‘tadi. Ulardan oldin
esa antivital kechinmalar
davri keladi. Ularga hayot mazmunining yo‘qolganiga doir fikr-
xayollar kiradi. Ular «yashashning hojati yo‘q», «yashamayapman,
balki mavjudman» singari iboralarda namoyon bo‘ladi. Bunda hali
o‘z o‘limi haqida aniq tasavvur bo‘lmasa-da, hayotni inkor etish bor.
Birinchi bosqich – o‘zini o‘ldirish mavzuidagi, beixtiyor faollik
sifatidagi, tasavvurlar, fantaziyalar bilan ifodalanadigan passiv
suitsidal fikrlar. «O‘lganim yaxshi», «uxlab qolsang-da uyg‘onma-
sang», «bir nima bo‘lsa-yu, o‘lsam» kabi gaplar aytiladi.
Ikkinchi bosqich – suitsidal o‘ylar, suitsidallik ko‘rinishining faol
shakli, ya’ni o‘zini o‘ldirishga qaratilgan real tamoyil bo‘lib, uning
chuqurligi uni amalga oshirish rejasining ishlab chiqilish darajasiga –
suitsid usullari, harakat vaqti va joyiga parallel tarzda oshib boradi.
Uchinchi bosqich – xatti-harakatning
tashqi shakllariga bevosita
o‘tishga undovchi irodaviy komponentni hal qilish xayoliga qo‘shi-
lishni nazarda tutuvchi suitsidal niyatlar.
122
Suitsidal xatti-harakatning
Do'stlaringiz bilan baham: