Narkotik moddalar iste’mol qilish va narkomanlarni davolashning
hozirgi yo‘nalishlari
Mamlakat aholisiga narkologik yordam berish holatini tahlil
qilish narkomanlar orasida narkologik bemorlarning ro‘yxatga
olingan toifasi ko‘payib borayotganidek ijobiy tamoyil kuzatilayot-
ganidan dalolat bermoqda. Qishloq aholisi orasidagi keksa yoshda-
gilarda O‘rta Osiyo uchun «an’anaviy» bo‘lgan narkotiklar (ko‘knor,
«qora dori», nasha)ni suiiste’mol qilish kuzatilmoqda. Ayni vaqtda
poytaxt va respublika shaharlari aholisiga narkotiklar iste’molchi-
larining «yosharib borayotgani» (17–30 yosh) fonida kuchli ta’sir
etuvchi narkotik moddalar (geroin, kokain) ni suiiste’mol qilish
xosdir.
Narkomaniya va toksikomaniya klinik ko‘rinishlariga ko‘ra
alkogolizmdan ancha farq qiladi. Bundan tashqari, narkomaniyaning
har biri (morfiyli, nashali, barbiturli va h.k.) nafaqat kasallikning
kechish xususiyati, klinik ko‘rinishi bo‘yicha, balki organizmda yuz
beradigan biokimyoviy o‘zgarishlar bo‘yicha ham ajralib turadi.
Alkogolizmga nisbatan narkomaniya va toksikomaniyani davolash
116
o‘xshash jihatlarga ham, muayyan xususiyatlarga ham ega. Narko-
manlar va toksikomanlar hatto ixtiyoriy davolashni istaydiganlar ham
doimo abstinent holatining jismoniy-vegetativ va psixotik krizlari
oldida xavotir va qo‘rquv holatida turadilar. Odatda bular narkotik
moddalardan ajralib qolishdan hamda bunda boshidan kechirishi
kerak bo‘ladigan aniq, og‘ir hissiyotlardan qo‘rqadigan irodasiz
odamlardir. Shu bois, ular davolanishni boshlab tezda ruhi tushib
ketadi va barcha qo‘ldan keladigan vositalar bilan narkotiklar
iste’mol qilishni boshlashga urinadilar. Shu munosabat bilan
bemorlar iste’mol qiladigan narkotik yoki boshqa moddalar olib
kirilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoitlar yaratilgan maxsus shifoxo-
nalar, bo‘linmalar yoki palatalarni tashkil qilish zarur. Xodimlar
rejimli tadbirlardan yaxshi xabardor bo‘lishlari va ularni og‘ishmay
bajarishlari kerak. Bu yerdagi kun tartibi imkon qadar bemorlarning
faol bandligini (ayniqsa kechqurun), nazarda tutishi kerak. Chunki
ular bu vaqtda maqsadga qaratilgan faoliyatga ko‘nikmaganliklari
bois o‘z fikr-xayollari va noxush hissiyotlari bilan yolg‘iz qoladilar.
Ularni bemorlar jamoalariga, mehnat jarayonlariga, madaniy
terapiyaga faol jalb etish, o‘qishga qiziqtirish, ko‘proq yakka
suhbatlarga tortish lozim. Doimo bemorlarning xatti-harakati va
ahvolini hushyorlik bilan kuzatib borish zarur. Agar ma’yus, lanj,
kayfiyati tushgan bemor birdaniga so‘zamol, faol, ko‘tarinki
kayfiyatli bo‘lib qolsa, taqiqlangan yo‘llar bilan narkotik moddani
olish imkonini topganligini taxmin qilish lozim. Narkotik vosita
yetkazib berish manbaini qidirish hamda narkotiklarni bo‘linmaga
yetkazib berayotganlarni qattiq jazolash kerak. Davolashning oxirgi
2–3 haftasi ketayotgan bemorlarga, ya’ni beqaror muvozanatdagi,
narkotiklar iste’mol qilishga bo‘lgan takroriy yengib bo‘lmas istak
(xumor) paydo bo‘ladigan davrda ularga ayniqsa e’tiborli bo‘lish
zarur. Ushbu holatda bemorlar xavotirga tushib qoladilar, bir joyda
o‘tira olmaydilar, davolashni tanqid qilishni yoki, aksincha, o‘zini
yaxshi his etayotganligini, go‘yoki davolanib bo‘lganliklari uchun
kasalxonadan chiqishga harakat qalayotganliklari haqida gapirib,
davolash jarayonini maqtay boshlaydilar. Ba’zi bemorlar boshi
og‘riyotgani, yomon uxlayotgani, tishi og‘riyotgani (o‘ziga xos
alomat) aytib shikoyat qiladilar. Bunday holatlar odatda 2-4 kun
ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |