O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Suitsidal xatti-harakatning ijtimoiy - demografik jihatlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Suitsidal xatti-harakatning ijtimoiy - demografik jihatlari 
O‘zini o‘ldirish hollariga oid statistika o‘lim haqidagi ma’lu-
motnomalarda qayd etilgan xulosalarni hisobga olishga asoslangan. 
Shaxsning jinsi va yoshi aholi o‘rtasida o‘zini o‘ldirishlar ustuvor-
liklarining taqsimlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Yakunlangan 
suitsidlar erkaklarda ayollarga qaraganda to‘rt marta ko‘p uchraydi. 
Turli yosh guruhlarida erkaklar va ayollarning o‘zini o‘ldirish 
darajasi har xil. Biroq 10–14 yoshdagi o‘zini o‘ldirgan qizlarning har 
biriga ayni shu yoshdagi to‘rtta o‘zini o‘ldirgan o‘g‘il bola to‘g‘ri 
keladi. 25–34 yoshdagi erkaklar ayollarga qaraganda olti marta 
ko‘proq o‘zini o‘ldiradilar. 
O‘zini o‘ldirishlarning yosh toifalari 
bo‘yicha statistik taqsimlanishi 30–49 yoshdagilar orasida uning 
darajasi kattaligini ko‘rsatadi. Agar yakunlangan suitsidlarni asosan 
o‘rta va keksa yoshdagilar sodir etsalar, suitsidal urinishlarni tahlil 
qilishda teskari manzara kuzatiladi: suitsidal urinishlarni ko‘pincha 
29 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar va o‘smirlar sodir etadilar. Oxirgi 
o‘n yil ichida o‘smirlar orasidagi suitsidentlar soni ko‘pchilik 
mamlakatlarda uch baravar ko‘paydi. Bolalikdagi (16 yoshgacha 
bo‘lgan) suitsidal xatti-harakatni kattalarnikiga qaraganda boshqa-
charoq baholash zarur. Chunki o‘lim, uning haqiqiyligi va betakror-
ligi tushunchasi ancha kech shakllanadi. D. 
P. 
Philleps, 
L. L. Carstensen (1986) televideniyeda o‘zini o‘ldirishlar haqida 
ko‘rsatuvlar berilganidan keyin o‘smirlar orasidagi suitsidlar soni 
aniq ko‘payganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni keltirganlar. 


128
Ta’kidlash lozimki, keksa yoshdagilarning o‘zini o‘ldirishga 
urinishlari deyarli doimo jiddiy, manipulatsiyalarsiz bo‘ladi, ayni 
vaqtda yoshlardagi suitsidal urinishlar ko‘pincha namoyishkorona 
xususiyatga ega bo‘ladi va o‘zini o‘ldirish niyati jiddiy bo‘lmaydi. 
O‘smirlik va yoshlik davrida o‘zini o‘ldirish haqidagi qaror 
ko‘pincha impulsiv xususiyatga ega bo‘ladi. U keskin yuzaga kelgan 
alam, qasos istagi, uning xatti-harakatini atrofdagilarning salbiy 
baholashiga nihoyatda toqatsizlik ta’sirida kallaga kelishi mumkin. 
Yetuk va ayniqsa keksa yoshda inson o‘ylanmagan, spontan 
harakatlarga uncha moyil bo‘lmaydi. Suitsid g‘oyasi odatda haftalar, 
oylar davomida, ba’zan undan ham ko‘p vaqt mobaynida uni 
chulg‘ab oladi, asta-sekin bu yuzaga kelgan va boshqa yo‘llar bilan 
hal etib bo‘lmayotgan vaziyatdan chiqishning eng oson yo‘li 
ekanligiga ishonchga aylanadi. Shuni ham ta’kidlash zarurki, yosh 
ulg‘aygan sari inson to‘qnashadigan muammolar murakkablashib 
boradi: yaqin kishilarning o‘limi, ajralish va oilaning tarqalib ketishi, 
shuningdek og‘ir kasalliklar unga qattiq ta’sir ko‘rsatadi. Aftidan, 
muammolarning murakkabligi niyatlarning ham jiddiyligini belgilab 
beradi. O‘zini o‘ldirganlar orasida yoshi katta va keksalar ko‘pligi 
shu bilan bog‘liq. Suitsidentlarning 50 % – nikohda turgan, 40 % – 
nikohda turmagan, 10 
% – ajrashgan shaxslar ekanligi ham 
ta’kidlanadi. 
Yakunlangan suitsidlar darajasi to‘liqsiz o‘rta ma’lumotlilar, kasb 
malakasi past bo‘lgan shaxslar orasida ko‘proq. O‘zini o‘ldirishga 
urinishlar darajasi bo‘yicha fuqarolarning quyidagi toifalarini ajratish 
mumkin: talabalar, tibbiyot xodimlari, avtotransport haydovchilari, 
malakasiz ishchilar. 
Atrof muhit tashqi ta’sirining muhim omillaridan biri –
mavsumiylik. Yakunlangan suitsidlar va bunga urinishlarning eng 
ko‘p qismi bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Kuzga borib ular kamayadi, 
dekabr, yanvar oylaridan bahorgacha ko‘payib boradi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish