O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Ko‘rish gallyutsinatsiyalari 
(ko‘zga ko‘rinishlar) oddiy, ya’ni 
noaniq shaklga ega bo‘lishi yoxud hatto shaklsiz bo‘lishi – 
fotopsiyalar 
(uchqunlar, olov, dog‘lar, chaqnashlar, tutun) hamda 
murakkab, hamma narsada, hatto arzimas tafsilotlarda ham aniq 
bo‘lishi – aniq odamlar, hayvonlar, hasharotlar, jihozlar, turli 
mazmundagi sahnalar (dafn marosimlari), tabiiy ofatlar, yig‘ilishlar) 
tarzida bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘rish gallyutsinatsiyalari rangsiz, tabiiy yoki g‘ayritabiiy 
bo‘yoqqa ega bo‘lgan, tabiiy, kichraygan yoki kattalashgan hajmga 
ega bo‘lishi mumkin. Ko‘zga ko‘rinishlar harakatsiz (statik 
gallyutsinatsiyalar) bo‘lishi yoki harakatda ba’zan juda tez bo‘lishi 
ham mumkin. Ular bemordan muayyan masofada paydo bo‘lishi, 
undan uzoqlashishi yoki u tomonga harakatlanishi mumkin. Ko‘rish 
gallyutsinatsiyalarining mazmuni bir xil yoki har xil bo‘lishi 
mumkin.
Bir-birining o‘rniga keluvchi va murakkab mazmunga ega 


53
bo‘lgan ko‘rish gallyutsinatsiyalari 
sahnasimon, 
yoki 
kinematografik 
gallyutsinatsiyalar 
deb ataladi. Agar manzara ko‘rinishlari ko‘p 
bo‘lsa, panorama gallyutsinatsiyalari haqida so‘z yuritiladi.
Ko‘rish gallyutsinatsiyalari deyarli har doim ong xiralashuvining 
u yoki bu darajasida yuzaga keladi. U vahima, qo‘rquv, qahr 
affektlari bilan birga kelishi mumkin; kamroq hollarda zavq-shavq 
yoki qiziqish hislarini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha ko‘rish 
gallyutsinatsiyalari kechga borib yoki tunda kuchayadi. Ular ko‘p 
hollarda sutkaning faqat shu paytida yuzaga keladi. 
Eshitish gallyutsinatsiyalari.
Eng oddiy, nutq bilan bog‘liq 
bo‘lmagan aldovlar (shovqin, ayrim tovushlar, vishillash, o‘q 
ovozlari) 
akoazm 
deb ataladi. Ayrim so‘z va jumlalar eshitilsa
fonemalar 
– verbal eshitish galyutsinatsiyalari haqida so‘z yuritiladi. 
Bemorlar ularni «ovozlar» deb ataydilar. Ovozlar tanish va notanish 
shaxslarga, erkaklar, ayollar, bolalarga mansub; past, baland yoki 
quloqni qomatga keltiruvchi; bir joyda turuvchi, yaqinlashuvchi yoki 
uzoqlashuvchi bo‘lishi mumkin. Ba’zan bitta ovoz (monovokal 
gallyutsinatsiyalar), ikkita ovoz (dialog), ko‘p ovozlar (polivokal 
gallyutsinatsiyalar) eshitiladi. Ovozlar bir-biri bilan gaplashishi, 
bevosita bemorga qaratilgan bo‘lishi mumkin. So‘zlarda ifodalangan 
gallyutsinatsiyalarning mazmuni har xil bo‘ladi: so‘kinish, 
haqoratlash, ayblash, qo‘rqitish, ustidan kulish; himoya, tinchlantirish 
va yupatish; ogohlantirish, buyurish (imperativ gallyutsinatsiyalar); 
bemorlar harakatlarini qayd etuvchi («u eshikni yopdi, chiroqni 
yoqdi, yonboshladi» kabi – sharhlovchi gallyutsinatsiyalar) bo‘lishi 
mumkin. Eshitish gallyutsinatsiyalari odatda xiralashmagan ong 
fonida yuzaga keladi va dastlab ajablanish, hayratga tushish, qo‘rquv, 
ovoz egasini qidirish, qochish, himoyalanish yoki hujum qilish bilan 
kechadi. Hujum o‘ziga qarshi qaratilgan bo‘lishi ham, atrofdagilarga 
qaratilishi ham mumkin (imperativ, «buyuruvchi gallyutsinat-
siyalarda»).
Hid bilish gallyutsinatsiyalari 
– yolg‘ondakam noxush, kamroq 
hollarda yoqimli hidlar (mog‘or, kuyundi, najas, gazlar, gullar, 
tayyorlanayotgan mazali yemish va hokazo). 
Ta’m bilish gallyutsinatsiyalari 
– ovqat yemay turib og‘izda 
yuzaga keladigan noxush yoki yoqimli ta’m hislari. 


54
Taktil (sezgi) gallyutsinatsiyalari 
– terida yoki teri ostida yuzaga 
keladigan noxush hislar (qitiqlash, o‘rmalash, bosim), ular muayyan 
jonsiz narsalar (kristalllar, boshqa jismlarning bo‘laklari) yoki tirik 
mavjudotlar (hasharotlar, mayda hayvonlar va sh.k.) bilan bog‘lanadi. 
Ularning tashqi alomatlarini bemorlar aniq ifodalab beradilar (qattiq, 
kichkina, uzun oyoqchali va h.k.). Agar bunday yolg‘ondakam hislar 
ichki a’zolarda paydo bo‘lsa, visseral gallyutsinatsiyalar haqida so‘z 
yuritiladi. 
Umumiy hissiyot gallyutsinatsiyalari – tana yuzasida yoki ichki 
a’zolarda sezilayotgan noxush hislar u yoki bu begona jism, tirik 
mavjudot kabilar ta’sirining natijasi ekanligiga bo‘lgan ishonch bilan 
bog‘liq. 
Murakkab (kompleks) gallyutsinatsiyalar chog‘ida bemorda 
ularning har xil turlari, masalan, ko‘rish, eshitish va umumiy sezgi 
gallyutsinatsiyalari bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘lishi kuzatiladi. 
Funksional gallyutsinatsiyalar 
sof gallyutsinatsiyalar bilan 
illuziyalar o‘rtasida oraliq maqomga ega. Ular haqiqiy tashqi 
qo‘zg‘ovchi mavjud bo‘lganidagina paydo bo‘ladi va ushbu 
qo‘zg‘ovchi ta’siri ketmaguncha unga qo‘shilib ketmagan holda, 
ya’ni alohida davom etadi. Masalan, bemor haqiqatda ham poyezd 
g‘ildiraklarining taqillashini eshitadi va ayni vaqtda unga «To‘xta! 
To‘xta! To‘xta!» degan so‘zlar eshitiladi; poyezd to‘xtaganida so‘zlar 
eshitilishi to‘xtaydi. 
Soxta gallyutsinatsiyalar 
– bajarilganlik yoki zo‘rlikni his etgan 
holda kechadigan beixtiyoriy idrok etishlar. Ular hissiy jihatdan 
yorqin va aniq bo‘lishi, tashqarida proyeksiya hosil qilishi yoki 
obrazlarning ichki proyeksiyasi ko‘rinishida mavjud bo‘lishi 
(obyektiv emas, balki subyektiv makonda lokallashishi – «fikrda», 
«aqlda», «ichki ko‘z bilan» ko‘rilishi yoki eshitilishi va hokazo) 
mumkin. Haqiqiy gallyutsinatsiyalardan farqli o‘laroq, soxta 
gallyutsinatsiyalar real narsalar bilan aynanlashtirilmaydi, ya’ni 
obyektiv reallik xususiyatiga ega emas. Shu bilan birga, soxta 
gallyutsinatsiyalarga tanqidiy munosabat ham, ularning haqiqatan 
mavjudligiga shubhalanishlar ham mavjud bo‘lmaydi? Soxta 
gallyutsinatsiyalar eshitish, ko‘rish, hid sezish, ta’m bilish, badan 
bilan sezish, umumiy sezgi sohalarida bo‘lishi mumkin va ularga xos 
barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi. Masalan: ko‘rish soxta 


55
gallyutsinatsiyalari sodda va murakkab; rangsiz, tabiiy yoki notabiiy 
bo‘yoqlarga ega bo‘lishi; «fikriy» ovozlar – past va baland ovozli, 
sanoqli va ko‘plab bo‘lishi ham mumkin. Soxta gallyutsinat-
siyalarning ta’sir ko‘rsatish va ta’qib etish singari vasvasa bilan 
qo‘shilishi Kandinskiy-Klerambo sindromini hosil qiladi. 
Gapnogogik gallyutsinatsiyalar 
– uyqudan avval yoki mudroq 
holatda ko‘zlar yopiq bo‘lganida yuzaga keladigan ko‘rish yoki 
eshitish saroblari. 
Gipnogogik gallyutsinatsiyalar 
– uyg‘onish paytida yuzaga kela-
digan ko‘rish, kamroq hollarda eshitish saroblari. 
Senestopatiyalar 
– tananing turli tashqi yuzalarida yoki ichki 
a’zolarda yuzaga keladigan, ko‘p hollarda aniq joyga ega bo‘lmagan 
va aniq ifodalab berish qiyin bo‘lgan har xil noxush, yurakni 
ezadigan va azobli hissiyotlar (tirishish, tortishish, kuydirish, qitiq 
kelishi, og‘riqlar va hokazo). Gallyutsinatsiyalardan farqli o‘laroq, 
ular predmetlik hissiyotiga ega bo‘lmaydi, jismoniy yoki nevrologik 
buzilishlar bilan kechmaydi. 
Metamorfopsiyalar – haqiqatda mavjud narsalarning kattaligi, 
shakli va fazoda joylashuvini noto‘g‘ri idrok etish. Bunda atrofdagi 
narsalar mutanosib, ammo g‘ayritabiiy tarzda kichraygan (mikrop-
siyada) yoki ulkan o‘lchamlargacha kattalashgandek (makropsiyada) 
idrok etiladi. Dismegalopsiyada atrofdagi narsalarning mutanosibligi 
o‘zgargan, qiyshaygan, buralib ketgan, qisqargan, uzaygan, kengay-
gan yoki toraygan tarzda qabul qilinadi. Narsalarning g‘ayritabiiy 
uzoqlashishi yoki, aksincha, yaqinlashishi bilan kechadigan makonni 
buzib idrok etish porropsiya deb ataladi. 
Tana tuzilishining buzilishi 
- makonda badan yoki uning ayrim 
qismlarining shakli, kattaligi va holatini buzib idrok etish. Sezgining 
buzilishi «butun tana keskin kattalashib, bemor joylashgan makonni 
to‘ldirib yuborishi», «til shishib, og‘izga sig‘may ketishi», «kalla 
to‘g‘nog‘ich boshchasidek tuyulishi» kabilarda namoyon bo‘lishi 
mumkin va hokazo.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish