O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Ruhiy kasalliklar simptom (belgi)lari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Ruhiy kasalliklar simptom (belgi)lari 
Terapiya, jarrohlik va boshqa tibbiy fanlar singari, psixiatriya 
ham ikkita katta bo‘lim – umumiy va maxsus bo‘limga ajraladi.
Umumiy psixiatriya – semiotika yoki ruhiy kasalliklar 
psixopatologiyasi alohida belgilar (simptom) va ularning muayyan 
belgilar yig‘indilari (sindromlar)ni har tomonlama o‘rganish vazi-
fasiga egadir. Odatda, ruhiy kasallarni tekshirish simptom va 
sindromlarni aniqlashdan boshlanadi. O‘z-o‘zicha, alohida olingan 
simptom va sindromlar nozologik xususiyatlarga ega emas, ya’ni 
ruhiy kasallikka uzil-kesil tashxis qo‘yish maqsadiga xizmat qila 
olmaydi. Ruhiy kasalliklarda uchraydigan simptom va sindromlar har 
xil ma’no bildirishi bilan ajralib turadi. Simptom faqat sindrom 


51
doirasida baholanganida muayyan ma’noga ega bo‘ladi. Sindrom 
rivojlanishda o‘rganilgan va ruhiy kasallik davomida yuzaga 
keladigan shaxsga xos o‘zgarishlarning xususiyatlaridek muhim 
mezon bilan solishtirilganidagina tashxis qo‘yish ahamiyatiga ega 
bo‘ladi. 
Ruhiy kasalliklar idrok etish, tafakkur, mayl, iroda, xotira kabi 
jarayonlarning buzilishida namoyon bo‘ladi.
Psixiatrlar ko‘p hollarda psixologik terminlardan foydalanadilar, 
ularni kasallikni bildiruvchi ruhiy ko‘rinishlarning simptomlari bilan 
solishtiradilar. Shu bois ruhiy kasalliklar simptomlari psixologik 
emas, balki tibbiy tushunchalar deb hisoblanadi. Ruhiy buzilishlarni 
aniqlash va tasniflashning psixologik prinsipi shartli va nisbiy bo‘lib, 
ta’lim olish chog‘ida o‘zlashtirish oson bo‘lishi uchun qo‘llaniladi. 
Idrokning buzilishlari 
Illuziyalar 
– haqiqatda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarni 
noto‘g‘ri idrok etish bo‘lib, ko‘pincha ko‘rish yoki eshitish bilan 
bog‘liq hamda ko‘pincha o‘zgargan affekt yoki ong fonida yuzaga 
keladi.
Ko‘rish illuziyalari 
– o‘z ko‘rinishlariga ko‘ra oddiy, mazmuniga 
ko‘ra odatiy bo‘lishi mumkin (osilib turgan kiyim inson gavdasi 
sifatida, egilgan shox esa cho‘zilgan qo‘l sifatida ko‘rinadi). Odatda 
yarim qorong‘i sharoitida, yaxshi yoritilmagan joyda, vahima 
kayfiyatda yuzaga keladi.
Obrazli, ba’zan fantastik mazmundagi ko‘rish illuziyalari 
pareydoliyalar 
deb ataladi. Tokchada turgan gul katta hajmdagi 
ekzotik o‘simlik sifatida, atrofidagi narsalar fantastik mavjudotlar 
sifatida idrok etiladi, gulqog‘ozning ayrim naqshlari g‘ayrioddiy 
hodisalar manzaralariga aylanadi. Pareydoliyalar vahima, qo‘rquv 
fonida, ong xiralashuvining dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi.
Eshitish illuziyalari
mazmuniga ko‘ra, oddiy yoki sodda 
(yomg‘ir shovqini pichirlash sifatida, ayrim qattiq tovushlar – o‘q 
ovozi sifatida qabul qilinadi) yoxud murakkab bo‘ladi – subyekt 
verbal tovush illuziyalarida tashqaridan eshitilgan so‘zlashuvlar yoki 
tovushlarda o‘ziga qaratilgan ayrim so‘zlarni eshitadi. Agar 
eshitilayotgan tovushlarda doimiy ravishda butun boshli jumlalar 


52
idrok etilsa, illyuzor gallyutsinoz haqida so‘z yuritiladi. Verbal 
illuziyalar, ayniqsa illyuzor gallyutsinoz odatda ayblovchi yoki tahdid 
soluvchi mazmunga ega bo‘ladi hamda o‘ziga xos kuchli vahima va 
shubhalilik affekti bilan kechadi.
Gallyutsinatsiyalar 
– haqiqiy ta’sirlovchi narsasiz, ya’ni real 
obyektsiz yuzaga keladigan hissiy bilishdagi buzilish shakllaridan 
biri. Gallyutsinatsiyalar makonda idrok etilib, hissiy yorqinlik kasb 
etadi va haqiqatda mavjud bo‘lgan narsalardan ajratib bo‘lmaydi, 
obyektiv voqelik xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Gallyutsinatsiyalar xilma-xil bo‘lib, asosan ularni yuzaga 
keltiruvchi analizatorlar bilan bog‘liqdir. Gallyutsinatsiyalarning 
quyidagi turlari ajratiladi: 
ko‘rish yoki optik gallyutsinatsiyalar; 
eshitish yoki akustik gallyutsinatsiyalar; (verbal gallyutsinatsiyalar)
hid sezish gallyutsinatsiyalari;
ta’m sezish gallyutsinatsiyalari;
taktil yoki sezish gallyutsinatsiyalari;
umumiy hissiyot gallyutsinatsiyalari.
Bundan tashqari, gallyutsinatsiyalar ularning proyeksiyalariga 
hos xusiyatlar, ular rivojlanadigan sharoitlar singari belgilar asosida 
ham ajratilishi mumkin.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish