O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


Mavzu: Fransiya va Ispaniyada Uyg`onish davri adabiyoti



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

Mavzu: Fransiya va Ispaniyada Uyg`onish davri adabiyoti 
Reja:
1. Fransiyada reformatsiya harakati
2. Dastlabki gumanistik qarashlar
3. Fransua Rable ijodi
Adabiyotlar:
103


Aim.uz
1.F.Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006.
2.Servantes. “Don Kixot”. T., 1991.
3.O.Qayumov. Chet el adabiyoti tarixi. T., 1996. 
XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrlarda Fransiyada Uyg`onish davri hukm surdi.
Fransiya Uyg`onish davrining maydonga kelishida Italiyada yuz bergan Uyg`onish davri
samarali ta'sir ko`rsatdi. Fransiya qiroli Karl 8 1494 va uning merosxo`rlari tomonidan
Italiyaga qilingan harbiy yurishlari davrida frantsuzlar o`zlari uchun ko`p ma'naviy oziq
oladilar. Natijada Italiya uslubida ko`plab qurilish inshootlari qurila boshlandi. Parij, Lion
va Navrridagi qator shaharlar Frantsuz Uyg`onish davrining beshiklariga aylandi. Gilom
Byude 1468-1540 tomonidan yangi universitet ochildi. Bu oliygoh XIII asrdan boshlab
ishlab kelayotgan Sorbonni dorilfununidan o`zining yangicha o`qitish tuzumi bilan keskin
farq qilardi. Ma'lumki, Uyg`onish davri o`zining gumanizmi bilan alohida ajralib turadi.
Fransiya Uyg`onish davri gumanizmi ham o`ziga xos xususiyatlari bilan insonni ulug`lab,
uning orzu umidlari uchun kurash olib bordi. Insonparvarlik g`oyasi katolik cherkovining
notug`ri   siyosatiga   qarshi   qaratilgan   bo`lib,   dinni   isloh   qilish   uchun   boshlagan
Reformatsiya   kurashining   bayrog`ini   baland   ko`tardi.   F.Engels   «Roman   xalqlarida
arablardan o`tgan va yangidan kashf etilgan grek falsafasi bilan sug`orilgan quvnoq fikr
erkinligi   tobora   ko`proq   tomir   yoya   boshladi;   bu   erkinlik   esa   18   asr   materializmini
hozirlab   bordi»,-deganda   frantsuz   gumanistlarining   ham   harakatini   ko`zda   tutgan   edi.
Xullas, frantsuz Uyg`onish davrining odimlashida antik dunyo adabiyoti va italiya hamda
boshqa   Ovro`pa   mamlakatlarida   sal   oldinroq   yuz   bergan   Renessans   samarali   ta'sir
ko`rsatdi.   XVI   asrda   o`zining   yanada   gullab   yashnagan   pallasiga   kirgan   frantsuz
Uyg`onish   davrining   Rable,   Maro,   Margarita   Navarraskaya,   Ronsar   kabi   qator   yirik
vakillari   frantsuz   adabiyoti   va   gumanizmini   baland   chuqqiga   ko`tardilar.   Margarita
Angulemskaya frantsuz qiroli Frantsisk 1ning singlisi bo`lib, birinchi eri vafot etgandan
so`ng Navrra qiroli Genrix d Albrega turmushga chiqadi va Margarita Navrraskaya (1492-
1549) nomini oladi. U adabiy tugarak ochib, o`z atrofiga ko`plab adabiyot va madaniyat
vakillarini   to`playdi.   U   ko`pgina   «Dinsizlikda»   ayblangan   protestantchilarga   homiylik
qiladi.   Margarita   turli   adabiy   janrlarda   ijod   qiladi.   Uning   «Xeptameron»   degan
Bokkachchoning   «Dekameron»   asarita'sirida   yozgan   ajoyib-g`aroyib   hikoyalarini   o`z
ichiga olgan. Margarita hammasi bo`lib 72 hikoyani yozib ulgurgan, xolos. Bevaqt o`lim
unga «Dekameron»dagidek 100 hikoya yozishga imkoniyat bermagan.Agar «Dekameron»
da   ko`prok   ajoyib-g`aroyib,   ba'zida   esa   ertaksimon   voqealar   aks   etgan   bo`lsa,
«Xeptameron»   da   ko`proq   oilaviy   maishiy   tomondagi   hayotiy   hikoyalar   bayon
etiladi.Margaritaning   5,   22,   31,   72   novellalarida   monaxlar   fosh   etilsa,   2,   5,   6,   7,
novellalarida xalq ichidan chiqqan jasoratli ayollar hayoti tasvirlanadi.
«Xeptameron» Kotre kurortiga dam olish uchun borgan bir qancha erkak va ayollar
Fransiyaga qaytayotganida yul va ko`priklarni suv olib ketib, falokat yuz berishi voqealari
bilan   boshlanadi.   Falokatdan   qutilib   olgan   5   erkak   va   5   ayol   Natr-Dam   de   Serrans
abbatligida to`planishib hikoya aytish bilan kecha kunduzni o`tkazadilar. To yullar qurib,
ko`priklar tuzatilguncha ular bu yerda qamalib o`tirishga majbur bo`lishadi. Umuman, bu
hodisalar haqiqatan Margarita Navarraskaya va uning qarindosh-urug`larining kurortdan
qaytishida yuz berganligini adabiyotshunoslar ta'kidlashgan.
Margaritaning adabiy to`garagi a'zolaridan Kleman Maro (1496-1544), Bonaventura
Depere (1510-1544) kabi a'zolari ham Uyg`onish davrining ko`zga ko`ringan ijodkorlari
104


Aim.uz
sifatida tanildilar. Ular yaratgan «Lyuben og`a», «Tinchlik Kimvali» kabi asarlarida ham
satira,   ham  yumoristik   lavhalarida   ba'zi   bir   monaxlarning   hatti-harakati   tanqid   qilinib,
adiblarning oddiy mehnatkashga xayrixohlik qilishi sezilib turiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish