Mavzu: Nobel mukofotini olgan adiblar va “Jahon adabiyoti» jurnali
Reja:
1. Nufuzli mukofot sohibi bo`lgan adiblar.
2. “Jahon adabiyoti” jurnali tarjima sohasida ko`prik vazifasini o`taydi.
3. E.Xeminguey, G.Markes, M.Shoxolov asarlarining jahonshumul ahamiyati.
Adabiyotlar
:
1.O.Sharafiddinov. Nobel mukofotini olgan adiblar. T., 2001.
2.Sh.Normatova. Jahon adabiyoti. T., 2008.
3.F.Boynazarov. Jahon adabiyoti. T., 2006.
Jahonda eng yaxshi yozilgan asarlar uchun Alfred Nobel mukofoti ta’sis etilgan.
Dunyoda bundan yuqori adabiy asarlar uchun mukofot yo`q. O`tgan XX asr adabiy
jarayonida bir necha yozuvchilar ana shunday yuksak mukofotga sazovor bo`ldilar. Bir asr
davomida yuzdan ortiq shoir yozuvchilar va tinchlik arboblari ana shunday mukofotga
sazovor bo`ldilar. Ijtimoiy ma’daniy hayotda misli ko`rilmagan chuqur o`zgarishlar
bo`lmoqda. Mamlakatimizda ham xuddi ana shunday jahon adabiyotining hamda MDH
xalqlari adabiyotining yuksak namunalari yaratildi.
Alber Kamyu, Sartr, M.SHoloxov, Boris Pasternak, G.G.Markes, A.Soljenitsey,
E.Xemenguyey kabi shoir va yozuvchilar ana shunday mukofot sohibi bo`ldilar. Xalqlar
o`rtasidagi do`stlik aloqalari va madaniy hamkorlik borasida “Jahon adabiyoti” jurnali
ko`prik vazifasini o`tamoqda. Respublikamizda tarjima qilish uchun to`g`ri yo`l tanlangan.
Shoir va yozuvchilar jahonning eng yaxshi asarlarini o`zbek tiliga tarjima qildilar.
F.Shillerning “Makr va muhabbat” asarini Komil Yashin “Qaroqchilar” asarini,
A.Muxtor Danil Defoning “Robinzon Kruzo” asarini, Yo`ldosh Shamsharov o`zbek tiliga
mahorat bilan tarjima qildi. S.Salimov Gyotening “Mag`ribu-mashriq” devonini o`zbek
tiliga tarjima qildi. Bu borada, Mirzakalon Ismoiliyning xizmatlari katta bo`ldi.
Voynichning “So`na” romanini, V.Ro`zimatov A.Zegersning “Tinchlik” ruhidagi hikoyalar
to`plamini o`zbek tiliga tarjima qildi. Adabiyotshunos olim va mutarjim I.G`afurov Ernest
Xemengueyning “Chol va dengiz”, “Alvido qurol” asarlarini, Q.Mirmuhammedov esa, Jek
Londonning “Martin Iden” romanini mahorat bilan o`zbek tiliga tarjima qildilar.
E.Vohidov Gyotening “Faust” asarini o`zbek tiliga o`girdi. O`zbekiston Xalq shoiri
J.Kamol Shekspirning tragediyalarini ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qildi. Tarjima
sohasida F.Attorning “Ilohiynoma”, Emil Zolyaning “Hamal” romanini M.Yahyoyev
mahorat bilan o`zbek tiliga tarjima qildi.
Shuningdek, Mopassan, Merime, J.London kabi jahon adiblarining asarlari dunyo
kitobxonlarining sevimli asariga aylangan.
Xulosa qilib aytganda, “Sharq yulduzi”, “Jahon adabiyoti” jurnallarining tarjima
asarlari bilan boyib borishi ma’naviy dunyomizni yuqori pog`onaga ko`tarmoqda. “Jahon
118
Aim.uz
adabiyoti” jurnali G`arb adabiyoti va Sharq xalqlari asarlarini noyob durdona sifatida
keng xalq ommasiga yetkazmoqda.
119
Aim.uz
120
Document Outline - JAHON ADABIYOTI FANIDAN
- MA’RUZALAR MATNI
- XIX-XX ASR TOJIK ADABIYOTI
- XX ASR TOJIK ADABIYOTI
- TURKMAN ADABIYOTI
- MAXTUMQULI
- QOZOQ ADABIYOTI
- QIRG`IZ ADABIYOTI
- QORAQLPOQ adabiyoti
- OZARBAYJON ADABIYOTI
- ARMAN ADABIYOTI
- GRUZIN ADABIYoTI
- DOG`ISTON ADABIYOTI
- RASUL GAMZATOV
- UKRAIN ADABIYOTI
- MOLDAVAN ADABIYOTI
- Mavzu: Romantizm adabiyoti
- Mavzu: XIX asr oxiri va XX asr boshlari adabiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |