MIGEL DE SERVANTES SAAVEDRA (1547-1616)
Faqatgina Ispaniya Uyg`onish davrining eng yuksak chuqqisi emas, balki
umumjahon adabiyotining buyuk yozuvchisidir. «Don Kixot» asari Shekspir asarlari bilan
qamoxanglikda umumjahon Uyg`onish davrining eng buyuk asarlari hisoblanadi.
Umuman, Servantes ijodi insoniyat aqliy zakovatining yangi davrga qo`ygan ulkan qadami
edi.
V.Belinskiy Servantesning «Don Kixot» romani bilan badiiy adabiyot, umuman
jahon adabiyoti tarixida yangi zamon boshlanganligini aytib, «U romanning ideal
yo`nalishiga qat'iy zarba berdi va uni boqelik tomon burdi» deb o`rta asr oldi-qochdi ritsar
romanlaridan «Don Kixot» o`zining hayotni haqqoniy tasvirlashi bilan ajralib turishini
ko`rsatgan edi.
Servantes Alkala de Enarss shaharchasida tabib oilasida dunyoga kelgan, 1561-yilda
ularning oilasi madridga kuchdi va u yerda o`qishini davom ettirib, dorilfununni
tamomlaydi. Servantes harbiy xizmat chog`ida Lepanto yaqinidagi turklarga qarshi
urushda qatnashib uch yeridan o`q yeydi. U harbiydan bo`shagandan so`ng, adabiy
faoliyat bilan shug`ullanadi va Filipp 2 ning xotini vafotigacha bag`ishlangan sonetlarini
yozish bilan ijodini boshlaydi.
1575-yilning sentyabrida u ukasi Rodriga bilan qaroqchilar qo`liga tushib qolib
jazoirga olib ketiladi va uning ota-onasi 1580-yil 19-sentyabrdagina uni asirlikdan
qutqarib olishga muvaffaq bo`ladi. Shundan sung u Portugaliyaga boradi, lekin u yerda
ham omadi kelmay 1584-yilda Madridga qaytib kelib Katalina ismli qizga o`ylanadi, va
otasi o`lgach (1585) oila boshlig`i bo`lib qoladi.U soliq yiguvchi bo`lib ishlab yurganda
tuhmat natijasida boshqa bir jinoyatchining o`rniga qamoqqa tushadi, u to`plangan g`allani
notug`ri sarflashda ayblangan edi. Shunday qilib, u ust-ustiga 1592, 1597, 1602 yillarda
ehtiyotsizligi va boshqalarning aybi bilan uch marta qamaladi. Lekin tezda u uchinchi bor
qamoqqa olinganida ozodlikka chiqib, 1604-yilda qirolikning yangi poytaxti Valyadolidga
ko`chib keladi. Shekspir boshiga ana shunday alg`ov-dalg`ov musibatlar tushganida
o`zining mashxur romani «Don Kixot» ning birinchi kismi bosmadan chikdi.
Servantesning «Ibratli novellalar» (1613) hikoyalar to`plami, «Parnasga sayohat» (1614)
poemasi, 1615-yilda esa «Sakkiz komediya va sakkiz intermediya» nomli pesalar tuplami
ham nashr qilinadi.
Servantesning «Don Kixot» romani va yuqorida qayd etilgan boshqa poema,
hikoyalari yozuvchining harbiy hizmat davrida, tutqinlikda, qamoqda va ko`p
muhtojliklarni boshidan kechirgan kishining to`plagan hayoti tajribalari asosida maydonga
kelganligi uchun ham nihoyatda hayotiy va badiiy jihatdan pishiq asarlar bo`lib qolgan.
Servantesning «Don Kixot» romani o`rta asr oldi-qochdi ritsar romanlariga qarshi
parodiya shaklida yozilgan. Servantes bu asari bilan ritsar romanchiligining «Qulay deb
turgan iste'qomini ag`darish»ni maqsad qilib qo`ygan edi. Roman ancha murakkab
syujetga ega bo`lib, unda faqatgina o`rta asr ritsarlik hayoti fosh qilibgina qolmay, balki
yozuvchi o`zi yashab turgan davrning ham birga yaramas illatlarini ham achchiq satira
ostiga oladi, umuman olganda asarda feodal urf-odatlariga qaqshatqich zarba berilgan.
Umuman, Don Kixot obrazi hayotdan, halqdan ajralib qolgan va o`z atrofida yuz
berayotgan voqealarga odilona baho bera olmaslik, uni sezishdan mahrumlikning ramzi
109
Aim.uz
sifatida qaralib, uning kulgili behuda hatti-harakatlari turmushdan ajralib qolishi esa
kitobxonni hayot haqida o`ylashga majbur qiladi.
Romanning bosh qahramoni bo`lmish, Lamanch qishlog`ida istiqomat qiluvchi,
yoshi elliklarga borib qolgan, ozg`in, novcha kambag`allashgan va ovni xush ko`radigan
Kexonadir. U eski ritsar romanlarini o`qiyverib, uyqusizlikdan va ulardagi oldi-qochdi
sarguzashtlardan ta'sirlanib miyasi aynib qoladi va uzicha ritsar bulib qahramonliklar
ko`rsatishga shaylanadi.Uning miyasiga ritsar romanlarida tasvirlanagan va hayot
haqiqatlariga mos kelmaydigan voqealar qattiq o`rnashib qolganligidan u tez-tez
vasvasaga va jazavaga tushadigan bo`lib qoladi. Kexona o`z avlodlaridan qolgan eski
qurol-yarog`qlarni tuzatgan bo`lib, hatto o`ziga temir qalpoq ham topib oladi. Oqsoq, oriq
otiga egar jabduqni urib va o`ziga «Lamanchlik Don Kixot» deb jarangdor nom quyib,
ko`rsatish uchun yulga chiqadi. Ritsar romanlaridan ma'lumki, jahongashta ritsarning
sevgilisi bo`lishi albatta shart edi. Shuning uchun ham Don Kixot o`ziga Toboso
qishlog`ida cho`chqaboqar bo`lib ig`lovchi Aldonso Lorensoni qayliq qilib tanlaydi va bu
qizga o`zicha dabdabali malikalarga hos bo`lgan Dulsineya Toboso deb nom quyadi.
Shunday qilib yoz oyida o`zining tulpori Rosinatga minib, yarog` aslahalarini bo`yniga
taqib olib, qahramonlik safariga otlanadi.Umuman, Don Kixot o`zi yaratgan afsonaviy
hayoliy olamda yashaydi. U ilk bor «Dushman» bilan karvon saroy yonida tuqnashadi,
shundan so`ng yana yulda Toledo savdogarlari bilan to`qnashib, ularni jahongashta
ritsarlar deb bilibularga hujum qiladi va Dulsineyani dunyodagi hamma malikalardan
ko`ra go`zalroq deb ularning tan olishiga majbur qiladi.Don Kixotning ko`ziga yuldagi
shamol tegirmoni dushman, devlar bo`lib ko`rinadi va hokazolar.
Umuman, ritsar romanlariga berilish Don Kixotni tentaksimon-telbaga aylantirib
quygan edi. Shuning uchun ham Don Kixot safardan qaytib qattiq shikastlanib yotganda
uni ko`rgani kelgan o`rtoqlari uning kutubxonasini bosib ketgan son-sanoqsiz ritsar
romanlarini kuchaga uloqtirmoqchi buladilar. Bu esa yozuvchining ham ritsar romanlariga
bo`lgan kuchli nafratining ifodasi ham edi.
Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Don Kixot pok qalbli insonlarni hurmat
qiladi. Uning jonajon do`sti hayotda yashashdan birdan-bir maqsadi biror viloyatga
gubernator bo`lish bo`lgan Sancho Pansaning pokligiga va kuchiga ishonadi.
Don Kixot asta-sekinlik bilan o`ziga kela boshlaydi, lekin ritsar saro`zashtlari
haqida gap ketdiki, tamom yana uning jazavasi tutib, jahongashta ritsar qiyofasiga tushib,
og`ir ahvolda qoladi.
Lekin Don Kixot asta-sekinlik bilan o`zining bu illatidan qutula boradi va o`zini
yo`ldan toydirgan hayoliy vasvasalaridan butunlay qutulishga harakat qila boshlaydi.
«Mening aqlim ravshanlashdi, endi u jaholat o`rab olgan qorong`ilikdan holidirki, badbaxt
va qabih, ritsar romanlarini tinmay o`qish uni zulmat botqog`iga botirgan edi. Men endi
ularning butunlay ba'mani va qalbakiligini ko`rsatmoqdaman, meni birdan-bir
qayg`urtirayotgan narsa shuki, bu xushyorlik menga juda kech keldi, shuning uchun xatoni
tuzatish va jonga mash'al bo`ladigan boshqa kitoblarni o`qish uchun kirishishga endi
menda vaqt yuq» deydi hayotining so`nggida Don Kixot va u yana oddiy Aldonso
Kixanoga aylanadi. Qisqasi, Servantesning tili bilan aytganda Don Kixot tentakday
yashadi va donishmanday o`ldi. Umuman, romanda Servantesning feodal targibotlariga
qarama-qarshi bo`lgan g`oyalari ifodalanib, jamiyatni insonparvarlik nuqtai-nazardan
qayta ko`rish kerakligi ta'kidlanadi. Yozuvchi Don Kixotning ezilganlarga yordam
110
Aim.uz
berishga shoshilishini ko`rsatish orqali Uyg`onish davrida tug`ilib kelayotgan buyuk
gumanistik harakatlarni ulug`laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |