17-DARS. Uglerod va kremniy mavzulari yuzasidan nazorat ishi
Darsning maqsadi: O‘tilgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish.
O‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilimini aniqlashda 20 tadan test topshiriqlari yoki nazariy va hisoblashga doir 3 tadan masalalardan iborat 45 minutlik yozma ishdan foydalanish mumkin.
Yozma ish variantlari:
1-variant.
Uglerod va is gazining qaytaruvchilik xossalarini ifodalaydigan reaksiya tenglamalarini yozing.
Тarkibida 20 % karbonatsiz qo‘shimchalari bor bo‘lgan ohaktoshdan qancha so‘ndirilmagan ohak va n.sh.da o‘lchangan hajm karbonat angidrid olish mumkin?
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonin beradigan reaksiya tenglamalarini yozing.
CaCO3Ca(HCO3)2CaCO3CO2CO
2-variant
0,9 mol kalsiy karbonatga 540 ml 8 % li (q1,04 gml) xlorid kislota ta’sir ettirilganda, qanday gaz va qancha hajmda (n.sh.) ajralib chiqadi?
Kislorodda is gazi yonadi, ammo karbonat angidrid yonmaydi. Nima uchun? Javobingizni izohlang.
10 % li natriy karbonat eritmasini tayyorlash uchun 54 kg kristall sodani (Na2CO310H2O) qancha suvda ertish kerak?
3-variant
Quyidagi sxemani amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarning tengalamalarini yozing.
SiSiO2Na2SiO3H2SiO3SiO2
Тarkibida 2 % qo‘shimchalari bor 20,4 g kaliy gidrokarbonatdan n.sh. da o‘lchangan qancha hajm karbonat angidrid olish mumkin?
Natriy gidrokarbonatni qanday yo‘llar bilan natriy karbonatga aylantirish mumkin. Reaksiya tenglamalarini yozing.
4-variant
20 ta test topshirig‘i
IV guruh bosh guruhchasi elementlaridan qaysi birining yadrosida protonlarga nisbatan neytronlar ko‘p bo‘ladi?
S; 2) Si; 3) Ge; 4) Sn; 5) Pb;
1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,3,5 E) 2,4,5
IV guruh bosh guruh elementlarining qaysilari d-elementlarga kiradi?
C va Si B) Si C) Ge, Sn, Pb D) faqat Pb
d-elementlar oilasiga kirmaydi
Uglerodning sun’iy olingan allotropik shakl o‘zgarishi-karbinning tuzilishi qanday?
tetraedr shaklida
muntazam oltiburchak shaklida
chiziqli ...-CC-CC-CC-...
chiziqli ...CCCCCC...
C va D javoblar to‘g‘ri
Havoda o‘z-o‘zidan alangalanib ketadigan gazni ko‘rsating.
is gazi B) karbonat angidrid C) metan
D) silan E) propan
Oddiy shisha uchun xom ashyo bo‘la oladigan moddalar qatorini ko‘rsating.
Kaolin 2) ohaktosh 3) soda 4) oq qum
5) qo‘rg‘oshin (IV)-oksid 6) dala shpati 7) kaustik soda
2,3,4 B) 1,2,7 C) 4,5,6 D) 2,4,7 E) 4,6,7
Kristallgidrat holidagi natriy karbonatning 11,44 g miqdoridan 4,24 g suvsiz tuz olish mumkin bo‘lsa, kristallgidrat holidagi tuzning formulasini aniqlang.
Na2CO3H2O B) Na2CO32H2O C) Na2CO35H2O
D) Na2CO37H2O E) Na2CO310H2O
Billur shisha tarkibi Na2CO3PbO6SiO2 formulaga to‘g‘ri kelsa, undagi PbO ning massa ulushini aniqlang.
34 % B) 11 % C) 55 % D) 45 % E) 66 %
Karbonat angidridning havoga nisbatan zichligi qanday bo‘ladi?
1,52 B) 1,44 C) 2,2 D) 1,01 E) 1,96
0,2 mol is gazida nechta molekula bor?
1,2021023 B) 0,6011023 C) 1,2021024
D) 0,6011024 E) 2,41023
Quyidagi o‘zgarish natijasida hosil bo‘lgan «Х» moddani aniqlang.
SiMg2SiSiH4SiO2ХNa2SiO3
kalsiy silikat B) kremniy (IV)-oksid C) metakremniy kislotasi
D) kaliy silikat E) natriy gidroksid
Vodorodga nisbatan zichligi 14 ga teng bo‘lgan gazning formulasini aniqlang.
CH4 B) CO C) CO2 D) SiH4 E) C2H6
Kremniy (IV)-oksid quyidagi moddalarning qaysi biri bilan reaksiyaga kirishadi?
natriy gidroksid 2) sulfat kislota 3) natriy karbonat
4) xlorid kislota 5) ftorid kislota 6) ohak
7) vodorod 8) kislorod
1,3,5,6 B) 2,3,4,7 C) 3,5,7,8 D) 4,5,6,7 E) 1,3,6,8
1,12 l karbonat angidridda nechta kislorod atomi bor?
6,021023 B) 0,6021023 C) 3,011022
D) 3,011023 E) 1,2041023
Mg2Si va SiF4 larda Si ning oksidlanish darajalari qanday bo‘ladi?
4 va –4 B) –4 va 4 C) 0 va 4 D) har ikkisida ham –4
E) har ikkisida ham 4
Nima uchun SiO2 qattiq kristall modda?
molekulyar massasi 60 ga teng bo‘lgani uchun
qum bo‘lgani uchun
atom kristall panjaraga ega bo‘lgani va molekulyar massasi 60 m ga teng bo‘lgani uchun
tabiatda ko‘p uchragani uchun
SiO2 qattiq emas, u gaz holida uchraydi
Do'stlaringiz bilan baham: |