Laboratoriya ishi № 18.
Kraxmalning yod bilan ta’sirlashuvi, kraxmalning gidrolizlanishi.
Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyasi.
Probirkaga 4-5 ml suv quyib, ozgina kraxmal qo‘shing va aralashmani chayqating. Hosil bo‘lgan suspenziyani probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani doimo chayqatib turib, oz-ozdan qo‘shing. Hosil bo‘lgan kleysterni 1:20 nisbatda sovuq suv bilan suyultiring va 2 ta probirkaga 3-5 ml dan quying. Bitta probirkaga esa kaliy yodid eritmasidan qo‘shing.
Topshiriq:
Nima uchun ko‘k rang faqat birinchi probirkada paydo bo‘ldi?
Kraxmalning gidrolizi.
Probirkaga kraxmal kleysteridan 2 ml quying, unga 6 ml suv qo‘shing va extiyotlik bilan 0,5-1 ml H2SO4 eritmasidan tomizing. Aralashmani 5 min davomida qaynating, so‘ngra uni natriy gidroksid eritmasi bilan neytrallang va ozroq yangi tayyorlangan mis (II)-gidroksid cho‘kmasidan qo‘shing. Probirkani yana qizdiring.
Topshiriq:
Kraxmal H2SO4 ishtirokida qizdirilganda, unda qanday hodisa sodir bo‘ladi?
Sariq va qizil rangli cho‘kmalar paydo bo‘lishi nimalardan dalolat beradi?
Тegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
Uyga vazifa:
Darslikdagi §46 ni o‘qish hamda savol va topshiriqlarni bajarish.
53-DARS. Masala va test yechish
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish.
1. Qaysi olim birinchi bo‘lib tirik organizmdan olingan moddalarni organik moddalar deb atagan?
A) shved olimi Berselius, 1807;
B) nemis olimi Vyoler, 1824;
C) rus olimi Zinin, 1842;
D) rus olimi Butlerov, 1864;
E) ingliz olimi Dalton, 1805;
2. Quyidagi sonlarning qaysi biri CnH2n2 formulani qanoatlantirmaydi?
A) 5; B) 4; C) 3; D) 12; E) 1,5;
3. C6H14 tarkibli moddaning nechta izomeri bor?
A) 4; B) 5; C) 6; D) 7; E) 8;
4. C va H dan tashkil topgan gazsimon moddaning vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo‘lsa uning formulasini ko‘rsating.
A) C2H6; B) C3H6; C) C3H8; D) C4H8; E) C4H10;
5. Sanoatda metanni kreking usulida parchalab atsetilen olinadi. 0,5 mol metandan (n.sh.) qancha litr atsetilen olish mumkin?
A) 22,3; B) 11,2; C) 5,6; D) 2,8; E) 1,12;
6. 28 % bekorchi jins tutgan 20 g alyuminiy karbidiga mo‘l miqdor suv ta’sir ettirib, qancha litr gaz olish mumkin?
A) 22,4; B) 11,2; C) 5,6; D) 6,72; E) 2,61;
7. Vodorodga nisbatan zichligi 29 bo‘lgan to‘yingan uglevodorodning nechta izomeri bor?
A) 1; B) 2; C) 3; D) 4; E) 5;
8. 10 g suvsiz natriy atsetat natriy gidroksidi bilan birga qo‘shib qizdirilganda necha litr metan olish mumkin?
A) 4,86; B) 2,93; C) 8,26; D) 12,6; E) 3,26;
9. sp2-gibridlanish holatidagi uglerod atomi uchun qanday valent burchagi xarakterli?
A) 105; B) 109; C) 107; D) 120; E) 180;
10. C5H10 tarkibli uglevodorodning ochiq zanjirli nechta izomeri bor?
A) 2; B) 5; C) 6; D) 7; E) 9;
Do'stlaringiz bilan baham: |